Mustaqillikka erishish arafasida O’zbekistonning ijtimiy-siyosiy jarayonlari


Download 175.85 Kb.
bet1/4
Sana20.11.2023
Hajmi175.85 Kb.
#1788529
  1   2   3   4
Bog'liq
taqdimot

Mustaqillikka erishish arafasida O’zbekistonning ijtimiy-siyosiy jarayonlari

  • Reja:
  • 1.XX asr 80-yillari o’rtalarida respublika ijtimoiy-siyosiy, iqtisodiy va manaviy hayotidagi inqirozli holat.
  • 2. XX asr 90-yillariga kelib jahon va sobiq ittifoqdagi o’zgarishlar.
  • 3. O’zbekistonning o’z suvereniteti uchun kurashi
  • 4. O`zbekiston Respublikasi davlati tashkil topganligini e`lon qildi

Farg’ona fojeasi. Qayta qurish millatlararo munosabatlarning keskinlashuvida ham o’z aksini topdi. Uzoq yillar davomida to’planib, shakllangan ijtimoiy-iqtisodiy, siyosiy, madaniy sohadagi muammolarning millatlararo munosabatlarga ta’sir etmasligi mumkin emas edi.

  • Farg’ona fojeasi. Qayta qurish millatlararo munosabatlarning keskinlashuvida ham o’z aksini topdi. Uzoq yillar davomida to’planib, shakllangan ijtimoiy-iqtisodiy, siyosiy, madaniy sohadagi muammolarning millatlararo munosabatlarga ta’sir etmasligi mumkin emas edi.
  • XX asrning 80-yillari oxirida O’zbekistondagi ijtimoiy-siyosiy hayot.Ma`lumki, XX asrning 70-80 yillarida SSSRda iqtisodiyotning rivojlanish sura’ti tobora pasayib, sarf-xarajatlari ortib bordi. Mavjud imkoniyatlarni hisobga olmasdan ishlab chiqilgan ijtimoiy, oziq-ovqat, agrar, energetika, ekologiya va boshqa sohalardagi dasturlar samara bermadi, iqtisodiy ziddiyatlarni chuqurlashtirib yubordi.

1989 yil may-iyun oylarida Farg’ona, Toshkent viloyatlarida va Andijon shahrida millatlararo mojarolar ro’y berdiki, u respublikada va butun mamlakatda g’oyat darajada katta shov-shuvlarga sabab bo’ldi hamda respublikada siyosiy vaziyatning keskin tus olishiga olib keldi. Ma’lumki, ikkinchi jahon urushi yillarida mustabid tuzum tomonidan deportatsiya qilingan bir qator xalqlar qatorida mesxeti turklari ham bo’lib, ular asosan aholi zich yashaydigan Farg’ona viloyatiga, bir qismi Andijon, Namangan va Toshkent viloyatlariga joylashtirilgan, buning oqibatida esa ijtimoiy-iqtisodiy va millatlararo munosabatlarda qo’shimcha muammolar yuzaga kelgan edi. Bu muammoga sovet davlati o’z vaqtida e’tibor bermadi. Aksincha, «rivojlangan sotsializm» davriga kelib SSSRda «milliy masala butunlay hal qilindi» deb «tantana» qilindi.

  • 1989 yil may-iyun oylarida Farg’ona, Toshkent viloyatlarida va Andijon shahrida millatlararo mojarolar ro’y berdiki, u respublikada va butun mamlakatda g’oyat darajada katta shov-shuvlarga sabab bo’ldi hamda respublikada siyosiy vaziyatning keskin tus olishiga olib keldi. Ma’lumki, ikkinchi jahon urushi yillarida mustabid tuzum tomonidan deportatsiya qilingan bir qator xalqlar qatorida mesxeti turklari ham bo’lib, ular asosan aholi zich yashaydigan Farg’ona viloyatiga, bir qismi Andijon, Namangan va Toshkent viloyatlariga joylashtirilgan, buning oqibatida esa ijtimoiy-iqtisodiy va millatlararo munosabatlarda qo’shimcha muammolar yuzaga kelgan edi. Bu muammoga sovet davlati o’z vaqtida e’tibor bermadi. Aksincha, «rivojlangan sotsializm» davriga kelib SSSRda «milliy masala butunlay hal qilindi» deb «tantana» qilindi.
  • Mahalliy yoshlar bilan mesxeti turklar o’rtasida to’qnashuv kelib chiqdi va bu mojaro Farg’ona vodiysida ommaviy tus oldi. Respublikaning siyosiy rahbariyati yuzaga kelgan bu murakkab vaziyatni to’g’ri baholay olmadi. Natijada, oddiy mojaro Farg’ona, Marg’ilon, Toshloq, Qo’qon, Andijon, Namangan, Toshkentda aholining, ayniqsa, yoshlarning ommaviy chiqishlariga, millatlararo to’qnashuvlarga sabab bo’ldi.
  • Islom Karimov Favqulodda holat Davlat Qo’mitasi faoliyatiga o’z munosabatini bildirmagan, qo’rqoq va prinsipsiz mavqeda turgan KPSS Markaziy Qo’mitasi Siyosiy Byurosi va Kotibiyati yuz minglab kommunistlarning sha’ni va qadr-qimmatni zarba ostiga qo’yganini qoraladi. Buning ustiga respublika kommunistlarini chalg’itishga va davlat to’ntarishini qo’llab-quvvatlashga majbur qilishga urinish bo’lganini oshkora aytdi. I. Karimov bundan buyon KPSS Markaziy Qo’mitasi Siyosiy Byurosining tarkibida qola olmasligi to’g’risida bayonot berdi. Mazkur bayonotni O’zbekiston Kompartiyasi Markaziy Qo’mitasi byurosi va Markaziy nazorat komissiyasi rayosati ma’qulladi.

Download 175.85 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling