Mustaqillikka erishish arafasida O’zbekistonning ijtimiy-siyosiy jarayonlari
Download 175.85 Kb.
|
taqdimot
1990-yil mart kunlari Toshkentda on ikkinchi chaqiriq Ozbekiston SSR Oliy sovetining birinchi sessiyasi bolib otdi. 24-mart kuni sessiya respublikalar orasida birinchi bolib Ozbekiston SSR Prezidenti lavozimini tasis etish togrisida qonun qabul qildi.1990 yil 24-mart kuni Oliy Sovet sessiyasida yashirin ovoz berish yoli bilan Islom Abduganiyevich Karimov Ozbekiston Prezidendi etib saylandi.18 Prezidentimiz I.A.Karimov saylanishi bu tub ozgarishlar yasalishiga imkon yaratdi. Ozbekiston fuqoralari kelajak avlodlari hayotining tokisligi, tinchlik osoyishtalik muammolarini izchil hal etishni korsata boshladi.Ozbekiston oldidagi mana shu dolzarb muammolarni hal etishda Prezident lavozimi keng imkoniyat ochar edi.
O’zbek tili-davlat tili. Respublika jamoatchiligi tomonidan allaqachon o’zbek tiliga davlat tili maqomini berish masalasi ko’tarilgan edi. O’zbekistonning sobiq rahbariyati bu masalaga avvallari millatchilik, mahalliychilik deb qarardi, keyinchalik o’zbek va rus tilini teng mavqega ko’tarishga urindi, shu yo’sinda ikki tillik haqidagi qonun loyihasini o’tkazishga harakat qilgan edi. Respublika yangi rahbari jamoatchilik fikrini inobatga oldi, masalani bosiqlik bilan hal qilish yo’lini tanladi. O’zbekiston SSR Oliy Sovetining 1989-yil 21-oktabrda bo’lgan XI-sesiyasida «O’zbekiston SSRning davlat tili haqida» Qonun qabul qilindi. Qonunda O’zbekistonning davlat tili o’zbek tilidir, o’zbek tili Respublikaning siyosiy-ijtimoiy, iqtisodiy va madaniy hayotining barcha sohalarida to’liq amal qiladi, deb belgilab qo’yildi.
1990-yil 19-fevralda «O’zbekiston SSRning davlat tili haqida»gi qonunni amalga oshirish davlat dasturi qabul qilindi. Qonun va davlat dasturiga binoan mehnat jamoalari, o’quv yurtlari, korxonalar va davlat muassasalarida ish yuritish rus tilidan o’zbek tiliga o’tkazila boshlandi. Bu qonunning qabul qilinishi va uning amalga oshirila boshlanishi Respublika ijtimoiy hayotida katta tarixiy voqea bo’lib, mustaqillik sari tashlangan yana bir muhim qadam bo’ldi. Download 175.85 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling