32
xususiyatlari bilan birga ularning ichki, zaruriy bog’lanishlarini, munosabatlarini bilib boramiz.
Predmet va hodisalarning xususiyatlarini ketma-ket o’rganib, ular haqida
turli abstraktsiyalar
hosil qilamiz. Bu abstraktsiyalar hukmlar yordamida ifodalanadi. Bilimlarimiz turlicha bo’lgani
uchun, ularni ifodalaydigan hukmlar ham har xil bo’ladi. Ba’zi hukmlarda aniq, tekshirilgan
bilimlar
ifodalansa, boshqalarida xususiyatning predmetga xosligi taxmin qilinadi, ya’ni noaniq
bilimlar ifodalanadi.
Hukmlar nisbatan tugal fikrdir.
Unda konkret predmet bilan uning konkret belgisi haqida
bilim ifoda qilingan bo’ldi.
Hukmlar voqelikka mos kelish darajasiga ko’ra
chin,
xato va
noaniq (ehtimol, taxminiy)
bo’ladi.
Ob’ektiv voqelikka mos kelgan, uni to’g’ri ifodalagan hukmlarchin, mos kelmaganlari
xato bo’ladi. Ayni vaqtda chinligini ham, xatoligini ham aniqlab bo’lmaydigan hukmlar –
noaniq
hukmlar mavjuddir.
Hukmlar tilda gaplar orqali ifodalanadi.
Hukmmantiqiy kategoriya bo’lsa,
gapgrammatik
kategoriyadir. Hukmlar asosan darak gap orqali ifodalanadi. Faqat darak gaplardagina fikr tasdiq
yoki inkor holda bo’ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: