Muste davrining xususyatlari


Download 376.19 Kb.
bet2/4
Sana11.01.2023
Hajmi376.19 Kb.
#1087846
1   2   3   4
Bog'liq
Muste davri Muhammad

Must’e davrida tabiatning keskin o’zgarishi odamlar faoliyatida, hayotida katta muammolarni keltirib chiqardi. Avvalgi issiq iqlim o’rniga muz sovug’i - havoning keskin o’zgarishi yashash zaruratini qiyinlashtirdi. Ko’plab odamlar sovuqdan qirilib ketadi. Tabiat bilan kurashib, mol terilaridan kiyimlar tikib, ochiq manzilgohlardan baland g’orlarga joylashgan odamlar jon saqlab yangi sharoitga ko’nika boshlagan.

  • Must’e davrida tabiatning keskin o’zgarishi odamlar faoliyatida, hayotida katta muammolarni keltirib chiqardi. Avvalgi issiq iqlim o’rniga muz sovug’i - havoning keskin o’zgarishi yashash zaruratini qiyinlashtirdi. Ko’plab odamlar sovuqdan qirilib ketadi. Tabiat bilan kurashib, mol terilaridan kiyimlar tikib, ochiq manzilgohlardan baland g’orlarga joylashgan odamlar jon saqlab yangi sharoitga ko’nika boshlagan.
  • Gorlarga joylashgan odamlarni uzoq vaqt kollektiv mehnat faoliyati bog’lab kelgan. Ularning asosiy xo’jalik mashg’uloti – ovchilik bo’lib, u ehtiyojni qondirishdagi asosiga aylandi.

Must’e bosqichi ibtidoiy jamiyat ishlab chiqaruvchi kuchlari rivojlanishida katta ahamiyat kasb etadi. Chunki bu davrda o’zining ishlab chiqarish funktsiyalariga ko’ra turli tuman bo’lgan tosh qurollar paydo bo’ladi. Hozirgi kunda must’e madaniyat qurollarining 60 turi topib o’rganilgan.

Demak, must’e o’ziga xos arxeologik bosqich bo’lib, u miloddan avvalgi 100-40 ming yilliklarni o’z ichiga olib, kishilik madaniyati rivojlanishida katta ahamiyatga ega bo’lgan.

  • Demak, must’e o’ziga xos arxeologik bosqich bo’lib, u miloddan avvalgi 100-40 ming yilliklarni o’z ichiga olib, kishilik madaniyati rivojlanishida katta ahamiyatga ega bo’lgan.
  • O’tgan ma’ruzada inson omil davrida olovdan foydalanganligi haqida gapirgan edik. Lekin must’e davriga qadar u faqat tabiiy olovdan foydalangan. Olov turli yo’llar bilan uzoq vaqt o’chirilmay saqlangan. Must’e davrida odamlar yog’ochni-yog’ochga ishqalash yo’li bilan sun’iy olov hosil qilgan. Xatto qirish yoki tarashlash tufayli yog’och qipig’ini hosil qilishgan, qipik ishqalanish tufayli qizib, tutagan. Uning ustiga tez o’t oladigan yog’och qovuqlari tashlanib, puflash orqali yondirilgan.
  • Ammo olov hosil qilishning qadimgi usuli katta bardoshni va ko’nikmani talab etgan. Olov hosil qilish mahoratini hamma ham birday egallay olmagan.

Must’e yodgorliklari Markaziy Osiyo hududlarida keng o’rganilgan. Must’e yodgorliklarini o’rganish 1938 yildan boshlagan bo’lib, hozirgi kunda Markaziy Osiyoda 300 ga yaqin must’e makonlari aniqlangan. Uning 100 ga yaqini arxeologlar tomonidan keng o’rganilgan. O’zbekiston, Qozog’iston, Turkmaniston, Tojikiston hududlarida must’e yodgorliklari mavjud. O’rta tosh asri-must’e davri arxeologik yodgorliklari O’zbekiston hududida ham mavjud bo’lib, bu davrda yashagan ajdodlarimiz antropogenez shajarasida neandertal odami nomi bilan ma’lumdir.

Download 376.19 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling