Muste davrining xususyatlari
Download 376.19 Kb.
|
Muste davri Muhammad
- Bu sahifa navigatsiya:
- Odamlarning mehnat faoliyati va uning kengaya borishi, atrof-muhit haqidagi tushunchalarga ega bo’lishi ularning fikrini o’zgartiradi.
O’zbekistonda must’e davri yodgorliklariga Teshiktosh, Obiraxmat, Xo’jakent, Amir Temur g’ori, Qizilqum, Zirabuloq...kabi joy makonlarini kiritish mumkin. O’zbekistonda topilgan must’e davri yodgorliklari ichida Teshiktosh g’ori alohida ahamiyatga ega. Teshiktosh g’ori 1938 yilda A.Okladnikov tomonidan o’rganilgan. Teshiktosh g’oridan 9 yashar bolaning mozori - qabri topilgan. Bola skleti chuqurcha qazib unga chalqanchasiga yotqizilgan. Qabrning atrofi hayvon shoxlari (6 juft) bilan o’ralgan.
Must’e davri yodgorliklari nafaqat ochiq manzillarda, balki g’orlarda, shuningdek tosh konlari bo’lgan ustaxonalarda ham aniqlangan. Yuqorida keltirilgan manzillardan tashqari Toshkent vohasida Xo’jakent g’ori, Samarqanddagi Omonqo’ton, Takalisoy, Zarafshonda Uchtut, Ijond tosh konlari ham arxeologlar tomonidan o’rganilgan.
Must’e davri odamlari tabiat hodisalari bo’lgan kun bilan tun almashishi, momaqaldiroq, vulqon otilishi, zilzila va... boshqalar haqida bosh qotirgan va ularga sig’inganlar. Hatto ular tug’ilish, o’lim va narigi dunyo kabi tushunchalarga o’zlarini munosabatini bildirgan. Masalan, Teshiktosh g’oridan topilgan qabrda dafn etilgan bola qanday falokatga uchraganini ko’rish mumkin: 9-10 yoshli bola yirtqich hayvon ovi paytida qoyatoshdan yoki boshqa sharoitda yiqilgan va og’ir jarohat olib halok bo’lgan.
Download 376.19 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling