Mutafakkir allomalarimiz me'rosining farzand kamolotida tutgan o'rni Mundarija: Kirish asosiy qism: I bob Mutafakkir allomalarimiz merosi
Sharq mutafakkirlari va G’arb pedagoglari jamiyatda pedagoglik kasbining tutgan o’rni
Download 53.34 Kb.
|
Mutafakkir allomalarimiz me\'rosining farzand kamolotida tutgan o\'rni
- Bu sahifa navigatsiya:
- Sharq mutafakkirlari mehnat tarbiyasi haqida.
2.2 Sharq mutafakkirlari va G’arb pedagoglari jamiyatda pedagoglik kasbining tutgan o’rni
Sharq mutafakkirlari o’z asarlarida bilish hamda inson aqliy tafakkuri masalalariga alohida o’rin bergan. Xususan, Abu Nasr Forobiy inson tomonidan borliqni anglanishi, tabiat sirlarini anglashida ilm-fanning rolini hal qiluvchi omil sifatida baholaydi. Allomaning fikricha, inson tanasi, miyasi, sezgi organlari u tug’ilganda mavjud bo’lgan bo’lsa, aqliy bilimi, ma'naviyati, ruhiyati, intellektual va axloqiy sifatlari, xarakteri, dini, urf-odatlari, ma'lumoti tashqi olam, ijtimoiy muhit ta'sirida, odamlar bilan tashkil etayotgan munosabatlari jarayonida shakllanadi. Abu Nasr Forobiyning e'tiroficha, inson aqli, fikri uning ruhiy jihatdan yuksalishining mahsulidir. Inson bilimlarni o’zlashtirar ekan, borliqda tirik mavjudotning yaratilish tarixigacha bo’lgan ma'lumotlarni o’zlashtira oladi, ularni yaratadi, ilmiy jihatdan asoslaydi. Allomaning mazkur fikrlarini davom ettirgan holda Abu Rayhon Beruniy quyidagilarni ilgari suradi: «Inson narsa va hodisalarning faqat tashqi sifati hamda xususiyatlari haqida bilim olmay, balki tafakkuri, aqli tufayli narsa va hodisalarni taqqoslaydi, bir-biri bilan solishtirib ko’radi, o’z bilimlarining chinligini aniqlaydi». Mutafakkir, shuningdek, odamlar tomonidan bilimlarni o’zlashtirilib borishi yangi bilimlarning yaratilishiga olib kеlishini aytadi: «Ilmlar ko’pdir. Ular zamoni iqbolli bo’lib, turli fikr va xotiralar ularga qo’shilib borsa, ko’payadi. Odamlarning ilmlarga rag’bat qilishi, ilmlarni va ilm aqllilarini hurmatlashi o’sha iqbolning bеlgisidir. (Ayniqsa) hukmron kishilarning ilm aqllini hurmat qilishi turli ilmlarning ko’payishiga sabab bo’ladi». Abu Ali ibn Sino o’z asarlarida bilim tushunchasiga sharh berish bilan birga bilimning chuqur o’zlashtirilishi donishmandlik ekanligini alohida qayd etadi: «Ilm narsalarning inson aqli yordami bilan o’rganilishidir. Bilim deb esa, narsalarni idrok qilishga aytiladi. Bu shundayki, inson aqli uni xato va yo’ldan toymasdan turib unga erishishi kerak bo’ladigan narsadir. Bordiyu, bu dalillar ochiq-oydin bo’lsayu, isbotlar chinakamiga bo’lsa, u holda bunga xikmat - donishmanlik deyildi». Yusuf xos Hojibning «Qutadqu bilig» («Saodatga boshlovchi bilim») asari ta'bir joiz bo’lsa, bilimning mohiyati, uning ijtimoiy hayotdagi ahamiyati, inson kamolotini ta'minlashdagi roli, yozuvliklarni bartaraf etuvchi vosita ekanligi tog’risidagi qomus sanaladi. Allomaning fikricha, bilimli bo’lish ezgu ishlar tantanasini ta'minlovchi garov bo’lib, uning yordamida xatto osmon sari yo’l ochiladi: Hamma ezguliklar bilim nafi tufaylidur, Bilim tufayli, go’yo ko’kka yo’l topiladi. Ushbu fikrlarni ifoda etganda alloma naqadar haq edi. Zero, oradan to’qqiz-o’n asr vaqt o’tgach, inson nafaqat osmonga ucha oldi, balki koinotni ham zabt etishga muvaffaq bo’ldi. Bahovuddin Naqshbandiy tariqatida avliyolik kuch-quvvatini ezgulikka, ilm-ma'rifatni rivojlantirishga yo’naltirish yetakchi o’rin tutadi. Binobarin, ilm-ma'rifat zulm va bid'atdan forig’ bo’lish yo’lidir. Alloma tomonidan ilgari surilgan «Xilvat dar anjuman», «Safar dar vatan»g’oyalari mavjud bilimlarni suhbat hamda amaliyot yordamida o’zlashtirish maqsadga muvofiqligiga ishoradir. Zero, bahs-munozaralarda, doimiy izlanishlarda xosil bo’lgan ilm puxta va mustahkam bo’ladi. Alisher Navoiy bilimlarni izchil, uzluksiz o’zlashtirish zarurligini uqtiradi. Shuningdek, ilm o’rganish mashaqqatli yumush bo’lib, uni o’rganishda ayrim qiyinchiliklarni yengib o’tishga to’g’ri kеlishi, bu yo’lda chidamli,qanoatli, bardoshli bo’lish orqaligina mukammal bilimga ega bo’lish mumkinligini ta'kidlaydi. Abdulla Avloniy esa inson aqliy kamoloti xususida to’xtalar ekan,quyidagilarni bayon etadi: «Ilm dunyoning izzati, oxiratning sharofatidir. Ilm inson uchun g’oyat muqaddas bir fazilatdur, zeroki, ilm bizga o’z axvolimizni, harakatimizni oyna kabi ko’rsatur, zehnimizni, fikrimizni qilich kabi o’tkir qilur, ilmsiz odam mevasiz daraxt kabidur»8. Alloma bilim insonni jaholatdan qutqarishning eng samarali vositasi ekanligiga ham urg’u beradi: «Ilm bizni jaholat qorong’usidan qutqarur, madaniyat, ma'rifat dunyosiga chiqarur, yomon fe'llardan, buzuq ishlardan qaytarur, yaxshi xulq, odob sohibi qilur. Bugun hayotimiz, salomatligimiz, saodatimiz, sarvatimiz, maishatimiz, ximmatimiz, g’ayratimiz, dunyo va oxiratimiz ilmga bog’liqdur»9. Erkka intilish, ozod yashashga bo’lgan ehtiyoj insonga xos bo’lgan tuyg’udir. Inson o’z vatanidagina ozod va erkin yashay oladi. Shu bois vatan ozodligi uchun kurashish masalasi qadim-qadimdan allomalarning asarlari hamda ezgu g’oyalarni ifoda etuvchi ta'limotlarning bosh mavzusi bo’lib kеlgan. Chunonchi, Hadisi Sharifda Vatanni sevish iymondan ekanligi ta'kidlanadi. Alisher Navoiy quyidagi misralarda Vatandan ayrilish inson uchun og’ir judolik ekanligiga urg’u beradi: G’urbatda harib shodmon bo’lmas emish, El anga shafiqu mehribon bo’lmas emish, Oltin qafas ichra gar qizil gul butsa, Bulbulga tikondek oshiyon bo’lmas emish. Allomaning fikrlarini rivojlantirgan holda vatandan judo bo’lish og’ir judolikkina emas, balki «yuzi qaroliq» ekanligini Zaqiriddin Muhammad Bobur quyidagicha ifodalagan edi: Tole yo’qi jonimga baloliq bo’ldi, Har ishniki, ayladim - xatoliq bo’ldi. O’z yerni qo’yib hind sori yuzlandim, Yo rab, netayin, ne yuz qaroliq bo’ldi. Abdulla Avloniy o’z asarlarida «Vatan» tushunchasiga ta'rif berib, uning ravnaqi uchun kurashish vatanparvar insonga xos xususiyat ekanligi quyidagicha qayd etadi: «Har bir kishining tug’ulub o’sgan shahar va mamlakatini shul kishining vatani deyilur. har kim tug’ilgan, o’sqon yerini jonidan ortiq suyar. xatto bu vatan hissi – tuyg’usi hayvonlarda ham bor. Agar bir hayvon o’z vatanidan - uyuridan ayrilsa, o’z yeridagi kabi rohatda yashamas. ...Biz turkustonliklar va vatanimizni jonimizdan ortiq suyganimiz kabi, arablar Arabistonlarini, qumlik, issiq cho’llarini, eskumular shamol taraflarini, eng sovuq va muzlik yerlarini boshqa yerlardan ziyod suyarlar. Agar suymasalar edi, havosi yaxshi, tiriklik oson yerlarga o’z vatanlarini tashlab xijrat qilur edi»10. Sharq mutafakkirlari mehnat tarbiyasi haqida. Ta'lim-tarbiya tarixiga nazar tashlar ekanmiz, dastlabki xalq og’zaki ijodi namunalaridan tortib, buyuk mutafakkirlar ijodigacha yoshlarni mehnatsevar bo’lib yetishishi, kasb-hunar o’rganish, mehnat ahlini hurmat qilish hamda mehnat insonni ulug’lash masalalariga alohida e'tibor berilganligiga guvoh bo’lamiz. Buni biz turli davrlarda yaratilgan ta'limiy-axloqiy asarlar va xalq og’zaki ijodi namunalari topishmoq, xalq qo’shiqlari, masal, maqol, ertak va dostonlarda mehnat va kasb-hunar odobi, axloqi va qoidalarini o’zlashtirish muhim hayotiy zarur ekanligi ta'kidlanadi. Bundan tashqari «Avesto», Kaykovusning «Qobusnoma», Abu Nasr Forobiyning «Fozil odamlar shahri», Abu Rayhon Beruniyning «Geodeziya», «Minerologiya», Maxmud Qoshg’ariyning «Devonu lug’atit-turk», Yusuf xos Hojibning «Qutadg’u bilig», Alisher Navoiyning bir qator asarlari va shu kabi ma'rifiy meros namunalarida mehnatsevarlik, kasb-hunarning ahamiyati haqida muhim fikrlar bayon etilgan. Bular dastlabki xalq og’zaki ijodi namunalaridagi xalq eposlari, ertak, maqol va topishmoqlardan boshlangan. Mana shunday ertaklardan biri «Aql va boylik» ertagidir. Bunda chol to’rt o’g’liga qarata «Kim aqlli va davlatmand bo’lsa, o’sha oila boshlig’i bo’lib qoladi», degan so’zlariga o’g’illaridan biri zumrad ko’zli oltin uzugi, ikkinchisi zarbof choponini, uchinchisi esa qimmatbaho kamarini ko’rsatadi. Kenja o’g’il esa otasining savoliga «Menda zumrad ko’zli uzuk ham, zarbof chopon ham, qimmatbaho kamar ham yo’q. Lekin mehnatkash qo’lim, botir yuragim, aqlli boshim bor», - deydi va otasi uni oila boshlig’i qilib, uyro’zg’orini meros qoldiradi. Ko’rinib turibdiki, xalq bu ertak vositasida yoshlarga insonni hayotda baxtli qila oladigan narsa mehnat dеgan g’oyani ilgari surgan. Faqat ertaklarda emas, xalq maqollarida ham mehnatsevarlik, mehnatda hamkorlik, mehnatning insonni baxtli-saodatli qilishi ifodalangan. Maslan: Daryo suvini bahor toshirar, Inson qadrini mehnat oshirar. Oltin o’tda bilinar, Odam mehnatda. Mehnatda do’st ortar, g’iybatdan dushman, kabi maqollar shular jumlasidandir. Yusuf xos Hojibning «Qutadg’u bilig» asarida esa shahar va qishloq xalqini ijtimoiy tabaqalarga ajratib, dehqonlar, hunarmandlar, chorvadorlar, olimlar, tabiblar va boshqalar haqida so’zlab, ularning jamiyat hayotidagi o’rniga alohida to’xtalib o’tadi. Turli kasblar, ayniqsa, dehqonchilik, hunarmandchilik va chorvachilikka oid fikrlarini bayon etadi. U dehqon, hunarmand va chorvadorlarni jamiyatning moddiy boyliklarini yaratuvchi sifatida ta'riflaydi. Dehqonlar mehnatini ulug’lash bilan birga, hunarmandlar haqida ham «juda zarur kishilardir ... temirchi, tikuvchi, etikdo’z, suvchi, egarchi, toshchi, o’qchi, kamonchilarning foydasi katta. Ularni sanay berib ko’zim uzayib ketdi. ... Bu dunyoga ular yaxshilik kеltiradilar, Ular juda ko’p ajoyib narsalarni ishlaydilar», - deb o’zining xayrixohligini bayon etadi va hukmron doiralarga mehnatkashlar bilan munosabatda bo’lish shartlari xususida o’z tavsiyalarini bayon qiladi. Download 53.34 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling