Mutaxasisligi


Fosforitlarning fizik-kimyoviy va mexanik xossalari


Download 62.78 Kb.
bet10/11
Sana05.01.2022
Hajmi62.78 Kb.
#204916
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
Masobirova D (ITI)

11
Fosforitlarning fizik-kimyoviy va mexanik xossalari

Markaziy Qizilqum fosforitlaridan yangi navli fosforli o‘g‘itlar olishning fizik-kimyoviy asoslarini yaratishda, me’yoriy - texnik hujjatlarni ishlab chiqish va sanoat miqyosida ishlab chiqarishni tashkillashtirishda xomashyo va tayyor mahsulotlarning fizik-kimyoviy va mexanik xossalari haqidagi ma’lumotlar zarurdir. Chunki bu tavsifnomalar xomashyolarni qayta ishlash uchun qurilma va uskunalar o‘lchamini to‘g‘ri hisoblash bilan birga ulardan unumli foydalanishga imkon beradi. Fosforit zarrachalarining oquvchan sharoitdagi harakatchanligi uning uyma zichligi orqali ifodalanadi. U xomashyo saqlanayotgan hajmdagi va shuningdek bunker va siloslardan bo‘shatilayotgandagi harakatning asosiy ko‘rsatkichlarini hisoblashda zarur bo‘ladi. Asosiy xomashyo bunkerlari va idishlari o‘lchovlarini, uni tashuvchi moslama va qurilma quvvatlarini hisoblash uchun uyma zichlik ko‘rsatkichi aniqlanadi. Namligi 1,15% bo‘lgan boyitilmagan fosforit unining uyma zichligi 1,07 g/sm3 ga teng. Xomashyo tarkibidagi namlikning 2,45% gacha ortishi uning uyma zichligini 1,13 martaga oshiradi. Ushbu bog‘liqlik past navli fosforit va fosforit changi namunalarida ham nomoyon bo‘ladi. Sochiluvchan modda zarrachalari harakati ularning erkin yuzada hosil qilgan tabiiy qiyalik burchagiga bog‘liqdir. Past sifatli fosforit namunasida esa buning aksi, chunki uning donadorlik tarkibi fosforit changidan keskin farq qiladi. Qadoqlash qurilmalarini loyihalash va tanlashda fosforit zarrachalarining oquvchanligi katta rol o‘ynaydi. Ma’lum miqdordagi xomashyo namunalarini 4 mm diametrga ega bo‘lgan voronkadan oqib tushish vaqti oquvchanlikni ifodalaydi. Tajribalar faqatgina namligi 2,10 % gacha bo‘lgan boyitilmagan fosforit uni oquvchan ekanligini ko‘rsatadi. Buni quyidagicha izohlash mumkin. Past sifatli fosforitdagi zarrachalar o‘lchamining kattaligi hisobiga oquvchanligi oshadi va aksincha chang fraksiyasi zarrachalarining o‘ta mayin bo‘lishi natijasida ular voronka devorlariga yopishishi hisobiga oquvchanligi kamayadi.




Download 62.78 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling