Mutaxasisligi
Qizilqum fosforitlari majmuasi
Download 62.78 Kb.
|
Masobirova D (ITI)
5
Qizilqum fosforitlari majmuasi Qizilqum fosforit majmuasi — fosforit konsentratlari ishlab chiqaradigan zamonaviy yirik konboyitish korxonasi. Boyitilmagan fosforit uni, kuydirilgan fosforit konsentrati va boshqalar mahsulotlar ishlab chiqaradi. Navoiy konmetallurgiya kombinati (NKMK) ning Markaziy kon boshqarmasi (Zarafshon shahri) tarkibiga kiradi. Majmuaga Oʻzbekiston Respublikasi hukumatining 1997-yilda Markaziy Qizilqumdagi Jeroy Sardara fosforit koni (mineral zaxirasi 223,9 mln. tonna, 100% li P2O5 miqdori 45,5 mln. tonna) negizida Qizilqum fosforit majmuasini barpo etish toʻgʻrisidagi qaroriga koʻra asos solindi, korxona qurilishi va fosforit konini oʻzlashtirish NKMK ga topshirildi. Shu yilning oʻzida majmuaning birinchi navbatini qurish va Toshkura konida fosforit rudalari qazib olish boshlandi. 1998-yil aprelda majmuaning yillik loyiha quvvati 300 ming tonna 16— 18% li P2O5 (boyitilmagan fosforit uni) boʻlgan birinchi navbati mahsulot ishlab chiqara boshladi. Ikki yildan kamroq muddatda majmua birinchi navbatining birinchi bosqichi qurilishi tugallandi. Natijada Respublika korxonalarida oddiy ammoniylashgan superfosfat va ammofos ishlab chiqarish uchun chetdan fosorit xom ashyosini sotib olish toʻxtatildi. Majmuada 1998-2001 - yillarda "quruq" va "hoʻllangan" usullarda fosforitni boyitishning kombinatsiyalashgan texnologiyasi ishlab chiqildi, tarkibida 26-28% P2O5 boʻlgan kuydirilgan fosforit konsentratini ishlab chiqarish, oʻzlashtirildi. NKMK mutaxassislari va Oʻzbekiston Fanlar Akademiyasi (FA) olimlari bilan hamkorliqda tarkibida fosfori kam boʻlgan fosforitlardan fosforli kompleks va organikmineral oʻgʻitlar ishlab chiqarish dala sharoitlarida agrokimyoviy sinovdan oʻtkazish texnologiyasini yaratish, ularni sanoat miqyosida joriy etishgacha boʻlgan ishlar amalga oshirildi. 2002-2003 - yillarda tarkibida 12- 15% P2O5 boʻlgan kambagʻal fosforitlardan organikmineral oʻgʻitlar (superfosfat va azosuperfosfat) ishlab chiqarish ning soddalashtirilgan texnologiyasi yaratildi va respublika kimyo sanoati korxonalarida joriy etildi ("Navoiy elektrokimyo zavodi" aksiyadorlik jamiyati, “Samarqand kimyo zavodi” va boshqalar). 2004-yilning noyab oyida Respublika hukumatining maxsus qaroriga koʻra, 2004-2006-yillarda Qizilqum fosforit majmuasining birinchi navbatini kengaytirish va rekonstruksiya qilish loyihasining ikkinchi bosqichini amalga oshirish va yuvilgan kuydirilgan (28% li P2O5 ) hamda yuvilgan quritilgan (20% gacha P2O5) konsentratlari ishlab chiqarish ga oʻtish, majmuaning yillik quvvatini 800 ming tonna fosforit mahsulotiga yetkazish ishlari boshlandi. 6
Download 62.78 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling