1. Qum ishlab chikarish texnologiyasi shag‘al ishlab chiqarish texnologiyasi
Download 42.17 Kb.
|
1. Qum ishlab chikarish texnologiyasi shag‘al ishlab chiqarish t-fayllar.org
- Bu sahifa navigatsiya:
- 2. SHag‘al ishlab chiqarish texnologiyasi 3.To‘ldiruvchilar xajmini tekis o‘zgarishi 1. Qum ishlab chikarish texnologiyasi
1. Qum ishlab chikarish texnologiyasi shag‘al ishlab chiqarish texnologiyasi To‘ldiruvchilar xajmini tekis o‘zgarishi 13-14-15-ma’ruza: Qum ishlab chikarish texnologiyasi. SHag‘al ishlab chiqarish texnologiyasi Reja: 1. Qum ishlab chikarish texnologiyasi 2. SHag‘al ishlab chiqarish texnologiyasi 3.To‘ldiruvchilar xajmini tekis o‘zgarishi 1. Qum ishlab chikarish texnologiyasi Ochiq konlarda qumni qazib olishda turli tipdagi ekskavatorlar, skreperlar va boshqa mashinalar ishlatiladi. Eng ko‘p bir cho‘michli to‘g‘ri kurakli ekskavatorlar (cho‘mich sig‘imi 0,25-15m3) qo‘llaniladi. Bunday ekskavatorlarning cho‘michi balandligi 6-30m bo‘lib, qazish radiusi 6-40m ni tashkil etadi[4]. To‘g‘ri kurakli bunday ekskavatorlar ishlash pog‘onasining pastki maydonida transport vositalari bilan bir qatorda joylashadi. Ekskavator–draglaynlar bir kovshlidan shunisi bilan farq qiladiki, ularning cho‘michi katta belkurakli tipda bo‘lib, o‘qda kanatlarda osilgan bo‘ladi. Draglayn o‘zi turgan joyning pastki qismini qaziydi, shu sababli konning yuqori maydonida ishlaydi. Ko‘p cho‘michli ekskavatorlar hozirda eng ko‘p ishlatiladi. Zanjirli ko‘p kovshli ekskavatorlar konveyr shaklidagi to‘xtovsiz harakatlanuvchi cho‘michlardan iborat. CHo‘michlarni bo‘shatish lentali transporterga tashlash bilan bajariladi. CHo‘michlarning sig‘imi katta emas, lekin zanjirda ularning soni 40 donagacha etadi. SHu sababli ularning to‘xtovsiz harakatida yuqori mahsuldorlikka erishiladi. Zanjirli ekskavatorning ramasi turli burchaklarda joylashgan bo‘lishi mumkin, ya’ni ekskavator turgan joy darajasida va ish pog‘onasining pastki yoki yuqori qismida joylashadi. Agar qum koni bir jinsli bo‘lmay, qavatma-qavat yuzaga kelgan bo‘lsa, donalari yirikligi bilan farq qilsa, u holda ko‘p cho‘michli ekskavatorda qazib olishda qumning donadorlik tarkibi mo‘tadillashtiriladi, bu esa ijobiy faktor hisoblanadi. Zanjirli ekskavatorlar o‘rniga ko‘p cho‘michli rotorli ekskavatorlar ham ishlatiladi, ularning ichki organlariga o‘q yaqinida aylanuvchi rotorli cho‘michlar osilgan xalqa kiradi. CHo‘michlardagi qazib olingan qumlar o‘q ichida joylashgan lentali transportyorga yuklanadi va bunker, transport vositalari yoki maxsus chuqurlarga uzatiladi. Rotorli ekskavatorlarda qumni qavatma-qavat ishlash oson kechadi. Ko‘p cho‘michli ekskavatorning bir cho‘michlidan afzallik tomoni: qazish ishlarini uzluksiz davom ettirish, transport vositalarini bir xil to‘ldirish, 1t massa uchun ishlab chiqarishning katta mahsuldorligi, energiyaning kam solishtirma sarfi. Qum konini qayta ishlash geologik qidiruvga asoslangan va tuzilgan karta bo‘yicha bajariladi. Qumning sifatini va bir jinsliligini sistematik nazorat qilinadi. Sifati past qum uchastkalari qayta ishlanmaydi yoki maxsus chuqurlarga to‘kiladi. Qum koni uchun asosiy transport turi tirkamali va yarim tirkamali avtosomosvallar va avtotyagachlar hisoblanadi. Bundan tashqari elektromotorli samosval-trolleyvozlar, o‘zi to‘kar tirkamali traktorlar, temir-yo‘l transportlari (motovozlar, elektrovozlar, qum to‘kar vagonlar va platformalar), kanatli osma yo‘llar kiradi. Ko‘p hollarda lentali transportyorlardan iborat to‘xtovsiz harakatlanuvchi konveyr transportini rotorli yoki zanjirli ko‘p cho‘michli ekskavatorlar bilan birga qo‘llash o‘ta samarali hisoblanadi. Konveyr transportini ishlatish ekskavatorlar ishlashini uzluksizligini ta’minlaydi, ularning mahsuldorligini 35-50% ga oshiradi, boshqarish va ishlab chiqarishni avtomatlashtirish imkonini beradi. Olingan qumning tannarxini va kapital harajatlarni pasaytiradi. Kon ichida va undan tashqarida ko‘p kilometrli konveyr transportidan foydalanish imkoniyati mavjud. Suvli konlarda mavjud suv ostidagi qumlarni qazib olish ekskavator-draglaynlarda, kanatli skreyperlarda amalga oshiriladi va eng samaralisi bu gidromexanizatsiyalashgan qazib olish hisoblanadi. Suv ostidagi qum konlarini qayta ishlashda suzuvchi uskunalardan tuproq so‘ruvchi snaryadlar keng ishlatiladi. Ularda ponton mavjud bo‘lib, ma’lum vaziyatga troslar, langarlar va qoziqsimon uskunalar yordamida joylashtiriladi. Pantonda tuproq so‘ruvchi markazdan qochma tipdagi nasos mavjud bo‘ladi. Suv ostiga tuproq so‘ruvchi uskuna va zarur holda mexanik bo‘shatgich tushuriladi. Tuproq so‘rgich va bo‘shatgich birga ishlaydi, chunki bo‘shagan qum suv bilan birga trubada suvli aralashma ko‘rinishida so‘riladi, suzuvchi aralashma uzatuvchi yordamida yig‘iladi. Markazdan qochma tuproq so‘rgichlardan tashqari qum suvli aralashmani qazib olishda gidroelevatorlar ishlatiladi. Qum suvli aralashmalar qirg‘oq bo‘yidagi maxsus ombor maydonchasida yig‘iladi, u erdagi suv havzaga qaytariladi. Bunda bir vaqtning o‘zida qumni chang va gilsimon qo‘shimchalardan tozalash, boyitish va fraksiyalash ishlari bajariladi. Qumni gidromexanizatsiyalashgan qazib olish faqat daryo yoki boshqa suv havzalarida emas, balki suvli tekislik konlarida ham ishlatish mumkin. Suv yuzasidan yuqorida joylashgan qum konlarini qayta ishlash gidromonitorlarda bajariladi. Gidromonitor o‘zida boshqariladigan trubali stvol va ohirida tor nasadkani mujassamlashtiradi. Nasos yordamida yaqin masofadagi suv havzasidan uzatilgan suv gidromonitordan katta tezlikda tomchilab otiladi. Tog‘ konlari sanoatida ishlatiladigan gidromonitorlar o‘ta mustahkam tog‘ jinslarini buzish xususiyatiga ham ega. Qumni olishda suvning 0,3-0,5MPa bosimi etarli bo‘ladi. Maxsus chuqurlikka suv-qumli aralashma o‘z og‘irligida harakatlanadi, agar qiyalik yoki tuproq so‘ruvchi bo‘lsa trubalar yordamida uzatiladi. SHag‘al deb, yirikligi 5mm dan (ba’zida 3 mm) 70mm (ba’zida undan ham yuqori) gacha tog‘ jinsi tosh bo‘laklariga aytiladi[4]. SHag‘al donasi yuqori darajali jinslar bo‘lgan granitlar, gneyslar, diabazlar, oxaktoshlar va qum-tuproqlardan iborat bo‘ladi. Dengiz qirg‘oqlarida va daryo havzalarida mavjud shag‘al donalari o‘ta silliq yuzali bo‘lib, tuxumsimon yoki oval disk shaklida bo‘ladi, betonda sement toshi bilan yomon bog‘lanadi. SHu sababli, shag‘al tosh mustahkamlik chegarasi 30MPa dan ortiq bo‘lmagan betonlarda qo‘llanadi. SHag‘alning yirik fraksiyalari chaqiq tosh olish uchun maydalashda ishlatiladi. Ba’zi holatlarda shag‘alning yumaloq shakldagi donasi chaqiq toshga nisbatan samaralidir. Masalan, ishlab chiqarish jarayonida o‘ta harakatchan va yuqori joylashuvchan beton qorishmasi olish mumkin. Download 42.17 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling