Mutaxasislikka kirish asoslari


Download 146.38 Kb.
Sana16.11.2023
Hajmi146.38 Kb.
#1781062
Bog'liq
PPB 23 05 XOLMAMATOVA DILDORA

Milliy tarbiya asoslar

  • 23 PPB 05 gurux talabasi: Xolmamatova Dildora
  • O’qtuvchi: Ergashova Guzal

Mavzu: MILLATLARARO MULOQAT MADANIYATI

Millatlararo muloqot madaniyati – shaxsning boshqa xalqlarga ularning vakillari bilan bilvosita yoki bevosita muloqot tarzida namoyon boʻladigan odob-axloq majmui. Millatlararo muloqot madaniyati insonning umumiy madaniyatining tarkibiy qismidir. Millatlararo muloqot madaniyati millatlararo munosabat jarayonida namoyon boʻladi. Bu jarayonda oʻz millatining vakili sifatida u muayyan ijtimoiy vazifani bajaradi

 Natijada shaxs ijtimoiylashuv jarayonida oʻz xalqi uzoq tarixiy rivojlanish jarayonida toʻplagan maʼnaviy qadriyatlar, odob-axloq, muomala madaniyati, mezonlarini oʻzlashtiradi. Ikki millat ikki madaniyat, ikki tilga mansub kishilar oʻrtasidagi muloqotda ana shu farqlar namoyon boʻladi. Bu – obyektiv holat. Agarda suhbatdoshlar bir-biriga yaqin, faol bordi-keldi qilib kelayotgan xalqlar vakillaridan iborat (masalan, oʻzbek, tojik, qozoq, qirgʻiz, turkman va hokazo) boʻlsa, farq asosan tilda namoyon boʻladi.

Bir-biridan jugʻrofiy jihatdan uzoq masofada yashayotgan millatlar vakillari oʻrtasidagi muloqotda bir-birini anglash murakkabroq kechadi. Ular nafaqat bir-birining tiliga tushunmaydi, balki imo-ishoralarning oʻziga xosligi tufayli bir-birining xatti-harakatlarini ham toʻgʻri talqin eta olmaydi. Bu esa baʼzan nooʻrin kuduratlarga, tushunmovchiliklarga olib kelishi mumkin.

Masalan, Lotin amerikaliklar va Yevropa xalqlari vakillari muloqot paytida suhbatdoshining koʻzlariga tik qarab turadi, Osiyoda esa suhbatdoshning koʻziga tik qarab turish beadablik hisoblanadi. Shu bois turli millatlarga xos mansub kishilarning bir-birining urf-odat, anʼana va qadriyatlarini bilishi, ularga nisbatan yuksak hurmat-ehtirom millatlararo muloqot madaniyatining rivoji va takomillashuvida hal qiluvchi ahamiyat kasb etadi.

Etiboringiz uchun raxmat


Download 146.38 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling