Mutaxasislikka kirish fanidan mustaqil ish


Download 1.31 Mb.
bet4/6
Sana18.06.2023
Hajmi1.31 Mb.
#1581500
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
Mavzular to\'plami

Rastrli grafika. Rastrii grafika nuqtalar yordamida (qog‘ozda), piksellar (nuqtalar ekranda shunday deb ataladi) hosil qilinadi. Tabiiyki, nuqtalar soni qancha ko‘p bo‘lsa (ular zich qilib joylashtirilsa), unga asoslangan rasm, shakl, grafik va hokazolar shuncha aniq ko‘rinib turadi. Shu munosabat bilan ekranning hal qilish qobiliyati kiritilgan bo‘lib, unda gorizontal va vertikal yo‘nalishlardagi nuqtalar soni muhim rol o‘ynaydi va u ekranning hal qilish imkoniyati deyiladi.
Rastorli grafikada ishlovchi dasturlar (turlari va avzalliklari qo'llanilish sohalari)
Odatda, bunday ko‘rsatkich 640x480, 800x600, 1024x768 yoki bulardan yuqori piksellarda beriladi. Tasvir o‘lchovi hal qilish qobiliyati bilan bog‘liqdir. Bu o‘lcham dpi (dots per inch - nuqtalar soni zichligi) bilan o‘lchanadi. 15 dyuymli (1 dyuym=2,54 sm) monitorda ekran o‘lchovi 28x21 sm ni tashkil qiladi. Buni hisobga olsak, 800x600 pikselli monitorda ekranni tasvirlash qobiliyati 72 dpi ga teng bo‘ladi. Demak, kompyuter xotirasida rangli tasvir ko‘p joy olishini tushunish qiyin emas. Misol uchun 10x15 sm li rasm taxminan 1000x1500 piksellardan iborat bo‘ladi. Agar har bir rangli nuqtani tasvirlash uchun 3 bayt ketsa, bitta o‘rtacha rasmning o‘zi xotirada taxminan 4 min bayt joyni egallaydi. Rastrli grafikaning kamchiligi sifatida shuni aytish mumkinki, tasvimi masshtablashtirish (kattalashtirish, kichiklashtirish) jarayoni natijasida nuqtalar o‘lchovi kattalashishi bilan tasvir aniqligi yomonlashishi mumkin va hatto tasvir tanib bo‘lmaydigan darajaga borishi mumkin. Rastrli grafika elektron (multimedia) va matbaa nashrlarida keng qo‘llaniladi. Nashrlarda turli illyustratsiyalami yaratishda, odatda, skaner orqali olingan raqamli foto yoki videokamera (hozirda bunday fotoapparat va videokameralar keng tarqalmoqda, ammo ulaming baholari hozircha qimmat) yoki rassom, loyihachi tomonidan tayyorlangan tasvirlardan foydalaniladi. Shuning uchun ham rastrli grafikada tahrir qiluvchi dastur vositalaridan keng foydalaniladi. Bu dasturlar, odatda, tasvirlaming aniqroq ko‘rinishida bo‘lishini ta’minlaydi.
Ma’lumki, Intemetda rastrli grafika keng tarqalgan bo‘lib, u bilan ishlash uchun ko‘pincha «Adobe Photoshop» dasturidan foydalaniladi.
«Adobe Photoshop» dasturi Adobe System, Inc kompaniyasi tomonidan ishlab chiqarilgan bo‘lib, ishlatishdagi alohida qulayliklari bilan mashhur.
«Adobe PhotoShop» tasvir tahrir qiluvchisi yordamida fotosuratlarga qo‘shimchalar kiritish, fotosuratdagi dog‘lami o‘chirish va eski rasmlami qayta ishlash va tiklash, rasmlarga matn kiritish, qo‘shimcha maxsus effektlar bilan boyitish, bir fotosuratdagi elementlami ikkinchi fotosuratga olib o‘tish, suratdagi ranglami o‘zgartirish, almashtirish mumkin. Adobe PhotoShop imkoniyatlari keng qamrovli bo‘lib, u gazeta va jumallami turli-tuman rasmlar bilan boyitishda juda katta qulayliklar yaratadi.
«Adobe Photoshop», ayniqsa jurlanistlaming, rassomlaming ijodiy imkoniyatlarini to‘la amalga oshirishlarida yordam beradi. Jumalistika va bevosita matbuot yoki nashriyot sohasiga aloqador bo‘lgan shaxslaming mazkur programma bilan ishlashni bilishi ular uchun qo‘shimcha imkoniyatlami yaratib beradi.

Download 1.31 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling