Mutaxasislikka kirish,, fanning maqsadi talabalarda ishlab chiqarish mehnat faliyatiga
Download 47.02 Kb.
|
Galossariy
Galossariy ,,Mutaxasislikka kirish ,, fanning maqsadi talabalarda ishlab – chiqarish mehnat faliyatiga ko`nikma hosil qilishdan iborat . Mutaxasis – bu moxir tashkilotchi , mehnatni ilmiy asosda tashkil qilish masalasini amalga oshira oladigan xodima hisoblanadi . U odamlar bilan ishlaydi , jamiyatni boshqaradi , jamoa tarbiyasiga tayanib ish ko`radi , uz o`rtoqlarini maslaxatlarga quloiq solidi , qo`lga kiritilgan yutuqlarga tanqidiy yondashadi . Bunday kishi yuqori madaniyatli , keng mulohazatli , tadbirkor o`z ishinig ustasi , jamiyatning xaqiqiy ziyolisidir Maruza - butun o`quv jarayonini muayyan maqsadga yo`naltirish , mantiqan izchil , aniq , ravshan , ishonarli qilib bayon etishning talabalarni mavzu bilan puxta tanishtirishning , ularni bilimga bo`lgan qiziqishni oshirishning , mustaqil ishlarrni boshqarishning yo`nalishlarni , yo`lini belgilab beruvchi , mazkur fanni o`qituvchi bilan talabaning o`zaro aloqda va munosabatda bo`lishining asosiy shakllaridan biridir . Seminar – o`qituvchilarning rahbarligida turli fanlarda muntazzam ravishda uyushtiriladigan o`quv – nazariy mashg`ulotlarning shakllaridan biri bo`lib , fanni chuqur o`zlashtirishga , uning uslublarini puxta o`rganishga , fanga nisbatan talabalarning qiziqishini oshirishga , bilish va fikrlash qobiliyatini o`stirishga uz o`stida mustaqil ishlay olish malakasini rivojlantirishga , birinchi manbalar ustida ishlash usullari bilan tekshirishga , ilmiy – tadqiqot usularida xabardor qilishga qaratilgandir Maxsus kurs yoki seminar- dolzarb ilmiy masalalarni o`qituvchi bilan hamkorlikda ishlab chiqish,talabalarni ilmi – tadqiqot , nazriy imiy muammolarni chuqur o`rganish , hal etish usullari va yo`llari bilan topishtirish shakli hisoblanadi . Laboratoriya ishlari va amaliy mashg`ulotlar – leksiyalar , seminarlar davomida olingan nazariy bilimlarni mustahkamlash , boyitish , ishlab chiqishga tadbiq etishning , talabalarning fikrlash qobiliyatini , dunyo qarashini , mustaqil faoliyatini kuzatish , boshqarish , nazorat qilishning shakllaridan biri hisoblanadi. Kurs ishlari - yuqori malakali muhandislarni tayyorlashda , bilimlarni mustahkamlash , chuqurlashtirish va umumlashtirish , bu bilimlarni aniq vazifalarni hal etishda qo`llay olish malakasini hosil qilishda , talabalarda re`jalarni , hisobotlarni , zarur chizmalarni , uslubiy tavsiyalarni shakllantirishda muhim ahamiyatga egadir . Nazorat ishlari – asosoan sirtqi fakultet talabalari uchun mo`ljallangan bo`lib , ularni mustaqil ta`lim olishga , o`z ustida muntazam ishlashga undaydigan , yo`naltiradigan o`quv tadqiqot mashg`ulotlari shakllaridan biri hisoblanadi . Sirtqi bo`lim talabalari o`quv re`jasida farnlarning deyarli barchasidan bir -ikki nazorat ishlari yozadilar. Diplom ishlari – Universtitda olingan ta`limning so`ngi bosqichi hisoblanadi . Bakalaviriyatda kasbiy ta`lim dasturlari bajarilgach , malakaviy bitiruv ishini yoqlash ham o`z ichiga olgan yakuniy davlat atestatsiyasi bilan tamomlanadi . Konsultatsiya – Universtitdagi o`quv mashg`ulotlarining shakllaridan biri bo`lib, turli nazariy fanlardan leksiyalar o`qib bo`lgach tashkil etiladi Milliy mafkura - milliy ong tushunchalarini chuqur anglash , ilmiy dunyoqarashni shakllantirish , talabalarni vatanga muhabbat , insonparvar , e`tiqod, sadoqat ruhida tarbiyalash. Konspekt – Yozuvning eng muhim shakli kospektdir . Konspekt bu o`rganiliyotgan matrialning qisqacha yaxlit mazmuni bo`lib , u kichik sarlavha va sarlavhagacha bo`linadi . Konspekt tuzish ijodiy jaroyon bo`lib , kishining mantiqiy qobiliyati va nutq qobiliyatini o`stiradi. Qisqacha ma`ruza – Mavzu bilan o`zaro bog`liq bo`lgan bir yoki bir nechta ishning mazmunini umumlashtirib qayta hikoya qilishdir . Qisqacha ma`ruza uchun 10-12 betlik matrealdan bir hajmli sahifa tayyorlab olish yetarlidir . Tezislar – Bu kitob yoki maqolaga muxim fikrlarni mustaqil to`plangan bilimlarni matrealni to`plamasdan qisqa va aniq ta`riflashdir. Tezis rejaga muvofiq xolda savollarga javob tariqasida tuziladi.Tezis rejaga qaraganda manbaning mazmunini mukammalroq bayin etadi . Qisqa yozuv – Bu kitob va maqolalarni mazmunini oddiy ta`riflash , bayon etish va ba`zida uni baholash demakdir . Qisqa yozuvning o`ziga xosligi shundaki , u o`qilgan tekstning mazmunini juda jiddiy o`ylab yozishga talab etadi . Uni o`z so`zingiz bilan Lunda qilib yozishingiz kerak . Qisqa yozuv chorak qog`oz yoki undan hham kamrooq bo`ladi. Adres – Pochta junatmalari ustidagi yozuv bo`lib , unda jo`natma yetib borishi zarur bo`lgan joy, uni oluvchi shaxs yoki muassasa nomi va jo`natuvchi haqidagi ma`lumotlar ko`rsatiladi. Ariza -Muayyan muassasaga yoki mansabdor shaxs nomiga biror iltimos taklif , shikoyat mazmunida yoziladigan rasmiy hujjat . Ariza ijtimoiy hayotda eng ko`p qo`llaniladigan va keng tarqalgan ish qog`ozdir . Bildirishnoma – Muayyan muassasa rahbariga xizmat faoliyati bilan aloqador mixim vazifalar yuzasidan yoki yuqori idora , mansabdor shaxsga biron – bir voqea hodisa haqida xabar beruvchi taqdim etiladigan yozma axborot . Unda odatda bayon qiliinayotgan masalalar bo`yicha tuzuvchi takliflar aks etadi. Buyruq – Davlat boshqaruvi organi rahbarining yakka hokimligiga asoslangan huquqiy jihat , muayyan muassasa oldida turgan asosiy va kundalik vazifalarni hal qilish maqsadida qo`llaniladi . Mohiyat - e`tibori bilan buyruqlar ikkiga bo`linadi։ asosiy faoliyatga oid va kadrlar shaxsiy tarkibiga oid . ular ket a -ket tartibda alohida raqamlanadi va ayrim saqlanadi Ayrim faoliyatga oid buyruqlar doimiy , kadrlarning shaxsiy tarkibiga oid buyruqlar esa 40 -yilgacha mudatda saqlanadi. Farmoyish – Muassasa ma`muriyati , shuningdek bo`limlar rahbarlari tomonidan amaliy masalalar yuzasidan qabul qilinadigan hujjat . Odatda , farmoyishlarda harakat muddati cheklangan bo`lib , uning kuchli bo`limlarning tor doirasiga , ayrim mansabdor shahslar va fuqoralarga taluqli bo`ladi . Farmoyishning matni xuddi buyruqdagi kabi zaruriy qismlardan tarkib topadi . Faqat uni asos qismida ``BUYURAMAN ``so`zi o`rniga `` TAVSIYA QILAMAN `` , ``RUXSAT BERAMAN `` kabi iboralar ishlatiladi . Guvohnoma – Muayyan shaxsning xizmat va boshqa xolatlarini shuningdek , biron ishga vakolatini ko`rsatuvchi hujjat . Xar bir kishi ishga qabul qilinganda kadrlar bo`limi tomonidan guvohnoma oladi. Bunday guvohnoma yonda olib yuirishda moslashtirilib daftarcha shaklida tayyorlanadi Dalolatnoma Muassasa yoki ayrim shaxslar faoliyati bilan bog`liq biron- bir bo`lgan voqea , hodisa , ish- harakatini yoki mavjud holatini takidlash , unga guvohlik berish maqsadida bir necha kishi tomonidan tuzulgan hujjat . Dalolatnoma tuzish xilma -xil holatlarni ko`zlaydi , lekin uning asosiy maqsadi sodir bo`lgan narsa hodisalarni yoki mavjud holatlarni qonuniy – huquqiy jihatdan isbotlash yoki ta`kidlashdir Bir qancha holatllarda dalolatnoma tuzish mahsus huquqiy normalar bilan qat`iy belgillangan . Masalan korxonalarning xisob kitob bilimlari avvaldan belgilangan mazmun va davriylikka asosan tuziladi va ular huquqiy jihatdan muhim o`rin tutadilar . Ishonchnoma Muayyan muassasa yoki ayrim shaxs o`z nomidan ish ko`rish uchun ikkinchi bir shaxsga ishonch bildiradigan yozma vakolatli hujjat . Yo`riqnoma Qonun yoki boshqa me`yoriy hujjatlarni tushuntirish maqsadida chaqiriladigan huquqiy hujjat . Muassasa , mansabdor shaxs va fuqorolarning tashkiliy ilmiy texnikaviy moliyaviy va boshqa maxsus faoliyat tomonlari xususida tartib - qoida o`rnatish maqsadida davlat boshqaruvi organlari tomonidan chaqiriladi . Xalq deputatlari sovetlari ijroiya komitetlari , ularning boshqarma v abo`limlari yo`riqnoma chaqirmaydi . Qoida muayyan qoida tartibni belgilaydi yoki o`rnatilgan me`yordan kelib chiqib bajariladigan faoliyatni ko`rsatadi .﴾ichki tartibot qoidasi , oliy o`uv yurtiga qabul qilish qoidasi. ﴿ Nizom Muassasa yoki uning tarkibiy bo`limlarni tuzilishi , huquqi , vazifalari , burchlari , ishni tashkil qilish tartibini belgiilaydigan huquqiy hujjat . Nizom ayrim mansabdor shaxslar va turli tadbirlarga nisbatan ham tuzulishi mumkin . Ustav . Muayyan munosabat doirasidagi faoliyat yoki biror davlat organi , muassasini tuzulish vazifalarini yo`naltirib turadigan asosiy nizom va qoidalar majmui . Ustav biror organ yoki muassasa vazifalari va huquqiy holatni tavsiflaydigan narmotiv ahamiyatga ega . Binobarin ustav nizomga nisbatna keng tushunchadir . U ko`proq ma`lum bir tarmoq , soxalar yirik bir muassasalar bo`yicha tuziladi. Chunonchi , davlat nashriyoti bo`yicha namunaviy ustav qbul qilingan. Shu asosda xar bir nashriyot o`z nizomini qabul qiladi . Ustavning eng zarurioy qismlari nizomning zaruriy qismlariga o`xshash bo`ladi . Majlis bayoni. Turli yig`lish , kengash va boshqa tur anjumanlarning borishini , majlis qatnashchilsaring chiqishlarini va ular qabul qilgan qarorlarni aniq , siliq holda qayd qiluvchi rasmiy hujjat Malumotnoma . Bo`lgan voqea yoki holatlarni bildirish - axborot berish mazmunida ifodalanadigan hujjat . Malumotnomalar odatda , yuqori idora mansabdor shaxs hamda oddiy kishilar ko`rsatmasiga , talabiga yoki iltimosiga binoan tuziladi ; so`raliyotgan yoki iltimos qilinayotgan axborot va ma`lumotlarni uzida aks ettiradi . Mehnat daftarchasi . Ishchi va xizmatchilarning mehnat faoliyatini ko`rsatuvchi asosiy hujjat . unda mehnat stajining hamma turio belgil;anadi . Shuningb uchun uni tug`ri to`ldirishga , yozuvlarni aniq yozishga alohida e`tibor beriladi . Munosabat belgisi . Xizmat hujjatlari ustiga mansabdor shaxslar tomonidan muayyan fikr bildiriib yoziladigan qaydlar . Bunday qaydlar odatda nihoyatta qisqa lunda shaklda , ko`rsatma tarzida yoziladi ; biror qog`ozga – xos yuqoridan kelgan yo`riqnoma yoki buyruq bo`lsin ,xox u muayyan xodimning talabi yoki shikoyati bo`lsin - munosabat belgisini yozishdan avval rahbar u bilan yaxshi tanishib chiqishi , mohiyatini yaxshi anglashi va ijnrosini to`g`ri belgilashi kerak . Mnosabat belgisi ijrosini vaqti - vaqti bilan nazorat qilib turishga ham e`tibor berish lozim . Tavsifnoma . Ma`lum bir shaxsning mehnat va ijtimoiy faoliyati , shuningdek , uning o`ziga xos xislat va fazilatlarini aks ettiruvchi rasmiy hujjat . Tavsifnoma muassasa mamuriyati tomonidan o`z xodimiga bir qancha maqsadlar uchun beriladi. Taklifnoma . biron bir tantanali tadbirga taklif etish uchun qo`llanuvchi yozma axborot . Taklifnomaning asosiy zaruriy qismlari . Tarjimai hol Ma`lum bir shaxs tomonidan uz shaxsiy hayoti va faoliyati haqida bayon qilingan yozuv . Tarjimai hol bir xil andozaga ega emas , mufassal yoki muxtasar yozilishi mumkin . U muallif tomonidan mustaqil tuziladigan hujjatdir Garchi u erkin tuzilsada , biror tarjima holda ayrim qismlarning bo`lishi shart . Telegramma . Shoshilinch xabarning matnini belgilangan joyga telefon orqali yetkazishdir . Telefon vositasida bo`ladigan bunday muloqot rasmiy hujjat sifatida qabul qilinadi va ish qog`ozining bir turi hisoblanadi Xizmat yozishmalarining boshqa turlari belgilzngan manzilga xabarni o`z vaqtida yetkazishni ta`minlay olmasa , bunday hollarda xabarni zudlik bilan yetkazishda telegrafdan foydalaniladi. Telefonogramma . Shoshilinch xabarning matnini belgilangan joyga telefon orqali yetkazishdir Telefon vositasida bo`ladigan bunday muloqot rasmiy hujjat sifatida qabul qilinadi va ish qog`ozining bir turi hisoblanadi . Xizmat muamalasining bu turi ko`pincha Shahar yoki rayonda joylashgan muassasalar o`rtasida amalga oshiriladi. Tilxat . Ma`lum shaxs yoki muassasadan pul , hujjat qimmatbaxo buyumlar yohud boshqa narsa olganligini tasdiqlovchi rasmiy yozma hujjat . Tilxat birgina nusxada tayyorlanadi xamda pulli va qimmatbaxo hujjat sifatida shakllanadi. Tushunturish xati . Xizmat soxasidagi , xizmatga aloqador masalani , uning ayrim jihatlarini yozma izohlovchi va muassasa rahbariga yoki yuqori tashkilotga yo`llanuvchi hujjat. Xizmat xatlari . Muassasalar orasida xizmat aloqalarini amalga oshiruvchi asosiy hujjatdir . Xat orqali bajariladigan maslalalar ko`lami juda keng bo`lib , bunday yozishmalar vositasida turli ko`rsatmalar , so`rovlar, tushunturishlar , javoblar, iltimoslar , takliflar , xabarlar , kafolatlar beriladi yoki qabul qilib olinadi . Mazmun jixatdan turlicha bo`lgan bunday hujjatlar umumlashtirilgan xolda xizmat xatlari deb yuritiladi Xizmat xatlari tashkilotda ish yuritish jarayonida qo`llanuvchi hujjatlarning umumiy miqdoriga nisbatan 80 foizni tashkil qiladi Da`vo xati . Ma`lum bir muassasaning boshqa bir idora yoki transport tashkilotlariga nisbatan talab va e`tirozlari bayon qilingan xatlar - da`vo xatlari yoki da`vonomalar deb yuritiladi. Da`vo xatlar ijara muddati , qurulish ishlari ,ijara , yuk tashish va shu kabi bir qancha ishlar bo`yicha tuzulgan shartnomalar bajarilmay qolgan o`z qonuniy huquqlarini va manfatlarini himoya qilish maqsadida tuzulida . Ilova xati. Xatni qabul qilib oluvchilarni jo`natilgan hujjatlar haqida yozma xabardor qilish uchun qo`llanuvchan qisqacha xabar qog`ozdir . Ilova xati ish yuritishda keng tarqalgan . Muassasalarda bunday xatlar shartnoma loyihalarni ,ziddiyatli majlis bayonlarini , da`vo materiallarini jurnalistda qo`llaniladi . Iltimos xati . Muassasalarda ma`lum bir ishni amalga oshirish yoki tugatish maqsadida boshqa bir muassasalarga rasmiy xat orqali iltimos xat vositasida bajariladi . Iltimos xat xizmat xatlari orasida eng ko`p tarqalgan turlardan hisoblanadi . Iltimos xatlari xam boshqa xatlari ham boshqa xatlar kabi muassasalarning mos ish qog`oziga yoziladi va albatta junatilish sanasi va jo`natma tartib raqami ko`rsatiladi. Kafolat xati . Muayyan bir shart yoki vadani takidlash maqsadida tuziladi . Xatlarning bu turi qoidaga ko`ra bajariladigan ish uchun xaq tulashda , ishning bajarilish muddati xaqda , turar joy bilan ta`minlashda , ishga qabul qilishda , bajarilgan ishning sifatida xaqida kafolat berish uchun tayyorlanadi va tashkilot yoki alohida shaxslarga jo`natiladi. So`rov xati . Javob talab qiladigan bunday yozishmalarda ma`lumotlar , hujjatlar yoki boshqa zaruriy narsalar so`raladi . Birgina xatda turli masalalarga doir bir necha so`rovlar aks etmasligi kerak . Bayon qilinayotgan masalalar aniq va ravshan bo`lishi lozim faqat shu xoldagina yo`llangan so`rovga tez va mukammal javob olish mumkin . Tasdiq xati . Ma`lum bir muassasa tomonidan yuborilgan iltimos va so`rovlarga javob tarzda yoziladigan xatlarning bir turidir . Bunday xat matnida qo`llanuvchi asosiy so`zlardan biri ``tasdiqlamoq fe`lidir . Farmoish xati . rasmiy hujjatdir . Farmoyish xatlar xizmat aloqalarining ko`pgina sohalarda qo`llaniladi . Ularning asosiy vazifasi aynan bir xil mazmundagi xabarnni bir necha manzillarga yetkazishdir . Eslatma xati . Jo`natilgan iltimos va so`rov xatlarga javob olinmasa , shuningdek tuzulgan shartnomalar muddati buzulganda yoki unga amal qilinmagan xollarda eslatma xat yuboriladi. Shartnoma . Ikki yoki undan ortiq tomonning grajdanlik huquqlari va majburiyatlarini belgilash , o`zgartirish yoki to`xtatish yo`lidagi kelishuvlar umumiy qilib aytganda , shartnoma tomonlarning biron – bir munosabatlar o`rnatish haqidagi kelishuvni qayd etuvchi va bu munosabatlarni tartibga soluvchi hujjatdir . E`lon. Ko`pchilik yoki ma`lum guruxdagi shaxslarni yaqin orada bo`ladigan biron -bir tadbir majlis , uchrashuv , suhbat , shuningdek , ishga o`qishga qabul qilish va boshqalar xaqida xabardor qilishga qo`llanuvchi yozma axborot . Xisobat . Muayyan vaqt uchun re`jalashtirilgan ish yoki vazifa , topshiriqlarning bajarilishi , amaliy dolzarb ishlar , xizmat va imiy safarlar yakuni xaqida ma`lumot beruvchi hujjat . Xisobotda keltirilgan ma`lumotlar aniq , ishonarli hamda ishlab chiqarish , ijtimoiy – siyosiy axamiyatga moilik bo`lishi kerak. ADABIYOTLAR RO`YXATI 1 . Oliy ta`lim . Me`yoriy xujjatlar to`plami . /S.S. G`ulomov taxriri ostida Tuzivchilar B.X.Rustamov, SH.D.Jonboyev va boshqalar . Toshkent ; ,,Sharq `` 2001.-672 6. 2. O`zbekiston Respublikasi Oliy ta`limning me`yoriy hujjatlar / нормативни документь вуший образвани Республик Узбекистан./ Akad T.T.Reskiyev taxriri ostida – Toshkent / ,, Matbaa tongi ,, 2001.,-138 b 3. O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkasining ,, Oliy ta`limning davlat ta`lim standartlarini tasdiqlash to`g`risidagi ,, 2001 yil 16 -avgustdagi 343 – son qarori 4. C Oliy ta`lim tizimini isloh qilish bo`yicha me`yoriy hujjatlar 1 qism , Toshkent / Oliy va o`rta maxsus maktab muammolari instituti 1998.-136 b 5. Ismatov A.A.Otako`ziyev , T.A.Ismoilov , N.P.Mirzoyev , F.M . Noorganik materiyallar kimyoviy texnologiyasi Toshkent ; ,, Uzbekistan ,,2002.336 b 6. . Ismatov A.A Silikat va qiyin eriydigan nometal materiyalar texnologiyasi .Toshkent ; TKTI .2003 -403 b 7. Bobkova N.M Dyatlova , E. M. Ko`nitskaya T.S .Obvdaya texnologiiya silikitov , Minsk ; vyushaya shkola 1987. 288s 8. Obshaya texnologiya silikatov Pod obsh . red Poshenko A.A Keiv Vygshaya shkola 1983. 408s O`ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY MAJLIS QARORI ,,TA`LIM TO`G`RISIDA,, GI O`ZBEKISTON RESPUBLIKASI QONUNINI AMALGA KIRITISH TARTIBI HAQIDAGI O`zbekiston Respublikasining Oliy Majlisi QAROR QILADI ® ,, Ta`lim to`g`risida,, gi O`zbekiston Respublikasining Qonuni e`lon qilinadigan kundan e`tiboran amalga kiritilsin . ® Belgilab qo`yilsinki,, Ta`lim to`g`risida,, gi O`zbekiston Respublikasining Qonunning ummumiy o`rta ta`lim olishga , uch yillik akademik litsiylarda va kasb hunar kollejlarda o`qishga hamda oliy ma`lumotli mutaxasislar tayyorlashga ta`luqli 12 , 13 va 14 – moddalardagi qoidalar Kadrlar tayyorlash milliy dasturida belgilangan mudatlarda joriy etiladi / ® O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi hukumat qarorlarini ,, Ta`lim to`g`risida,, gi Qonunga muvofiqlashtirsin , vazirlar va idoralar mazkur qonunga zid bo`lgan o`z normativ hujjatlarini qayta ko`rib chiqishlari va bekor qilishlarini ta`minlansin . ® Belgilab qo`yilsinki Qonun hujjatlari ,, Ta`lim to`g`risida,, gi Qonunga muvofiqlashtirilgunga qadar O`zbekiston Respublikasi amaldagi Qonun hujjatlarining mazkur qonunga zid bo`lmagan qismini qo`llaniladi . ® 1992 -yil 2 -iyulda Qabul qilingan ,, Ta`lim to`g`risida,, O`zbekiston Respublikasi Qonuni ﴾ O`zbekiston Respublikasi Oliy kengashining Axborotnomasi , 1992 -yil No-9 , 342 -modda ;1993 -yil No- 6 , 268 -modda ﴿ o`z kuchini yo`qotgan deb hisoblansin . O`zbekiston Respublikasi Oliy majlisining Raisi E.XALILOV Toshkent shahri , 1997 yil 29 avgust UMUMIY NAZORAT SAVOLLARI 1 . Mutaxasislikka kirish fanining maqsadi va vazifalari nimalardan iborat . 2. Mutaxasis deganda nimani tushunasiz 3. Oliy o`quv yurtlari ``Mutaxasislikka kirish fani ``qachondan beri kiritilgan 4. Talabalarning huquqlari nimadan iborat . 5. Talabalarning vazifalari nimadan iborat. 6. Talabalarning ikkinchi oliy ma`lumot olish huquqlari qanday amalga oshiriladi. 7. ``Kadrlar tayyorlash Milliy Dasturi to`g`risida``gi Qonun qachon qabul qilingan 8. Talabalar bilimini nazorat qilish qanday amalga oshiriladi 9. Talabalar o`quv tadqiqot ishlarining shakllari va tarbiyaviy ahamiyati 10. Talabalar o`quv tadqiqot ishlarining shakllari va tarbiyaviy ahamiyati. 11. O`quv jarayonida axborot qidirish va unda kutubxona ma`lumoti biografik axborotning roli . 12. Talabalarning ilmiy tadqiqot ishlarining vazifalari. 13. ``iqtidorli talabalar `` ilmiy jamiyati , uning maqsadi va talabalarni ilmiy – tadqiqot ishlariga jalb etishdagi o`rni 14. Talabalar ilmiy tadqiqot ishlarining turlari , tashkil etish va bajarish shakllari 15. Talabalarning o`quv jarayonida bo`sh vaqtlarini mazmunli o`tkazish shakllari . 16. Madaniy dam olish . Manavi – ma`rifiy tadbirlarda talabalarni faol ishtrok etishini ta`minlash. 17. Talabalar jamoat tashkilotlarining o`rni va mohiyati / 18. Bibliografiya tarixi xaqida axborot bering . 19. Bibliografiya metodikasi nimalardan iborat. 20. Mahalliy va o`lka bibliografiyasi nimadan iborat. 21. Kutubxonashunoslik fanlarining vazifalasi nimadan iborat . 22. Bugungi kunda O`zbekistonda kutubxonachilik qanday darajada olib borilmoqda 23. O`quv jarayonida kitobning ahamiyati qanday . 24 O`tmishdagi donishmandlarning kitobga bo`lgan qiziqishlari qanday bo`lgan . 25. Alomalarimiz nima uchun kitobni ilm – fanni egallsh kaliti deb ataydilar . 26. Adabiyotlarni mustaqil o`rganishda qaysi qoidalarga rioya qilish kerak 27. Adabiyotlarni mustaqil o`rganishda qaysi qoidalarga rioya qilish kerak 28. Mashhur kishilarning kitob haqidagi hikmatlaridan misol keltiring . 29. Kitob bilan ishlash bosqichlari nimadan iborat . 30. Konspekt qanday yoziladi . 31. Tezislar qanday yoziladi . 32. O`zbek tilida ish yurutish deganda nimani tushunasiz. 33. Ish yuritishda kerakli bo`lgan assosiy hujjatlar nimalardan iborat bo`ladi . 34. Ma`muriy boshqarish faoliyatidagi kerakli hujjatlar . 35. Farmoyish hujjatlari nimalardan iborat . 36. Xizmat xatlari nimalardan iborat . 37. Tashkilotlarning tarixiy takrorlash metodlariga nimalar kiradi . 38.Ekspiremintning xususitlari nimalardan iborat . 39. Tabiiy eksperiment deganda niamni tushunasiz. 40. Talabalarning rasionolizatorlik va ijodkorlik deganda nimani tushunasiz 41. Talabalarning ITI da ishtrok etishi nimalarni o`z ichiga oladi . 42. Talabalarni mustaqil ta`limi qanday rasmiylashtiriladi . 43. Laboratoriya ishlarini qanday jihozlanadi . 44.Universitet qachon tashkil etilgan 45. Oliy Ta`lim nechta pog`onada iborat 46. Rektorat nima , rektor kim 47. Universitetda nechta prorector bor va ular kimlar 48. Dekanat nima , Dekan kim 49. Fakultetda nechta kafedra bor, nomlari va kimlar boshqaradi. Download 47.02 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling