Mutaxassis xodimlarini qayta tayyorlash va malakasini oshirish instituti malaka ishi


Abduqayumov Shohruh Shavkatjon o‘g‘li


Download 1.34 Mb.
Pdf ko'rish
bet13/47
Sana05.01.2022
Hajmi1.34 Mb.
#209112
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   47
Bog'liq
Shohruxbek Abduqayumov Malaka ishi tayyor 2020

Abduqayumov Shohruh Shavkatjon o‘g‘li 

                                                                                                                                                                                                                                                               

 

ishning  natijasini  baholash  kabilarga  ham  ahamiyat  berish  muhim 



hisoblanadi. 

“Interfaol”  tushunchasiga  to‘xtalib  o‘tadigan  bo‘lsak,  interaktiv  (interfaol)  – 

ingiliz tilidan olingan so‘z bo‘lib, “interact” – “inter”-o‘zaro, “act”-“harakat qilmoq” 

ma’nosini anglatadi. Umumlashtirib aytganda esa “interaktiv” (interfaol) – “o‘zaro 

harakat qilmoq” degan ma’noni bildiradi. 

Interfaol  usullar  tevarak-atrofdagi  dunyoni  bilishning  umumiy  qonuniyatlarini 

tushunishga  bog‘liqdir,  yani  ular  falsafiy  fikrlarni,  ta’lim  jarayonining  mohiyati  va 

tamoyillari to‘g‘ri anglash natijasidir. 

Ta’lim  usullari  o‘quv  materiali  mazmunida  ifodalangan  ilmiy  fikr  mantig‘iga 

bog‘liqdir.  O‘quv  materialining  mazmuni  tobora  chuqurlashib,  murakkablashib  va 

ilmiy tus olib boromoqda, shuning uchun interfaol usullar ilmiy bilishning mantiqi va 

usullariga tobora ko‘proq bog‘liq bo‘lib qolmoqda.  

Interfaol  usul  psixologik  asosga  ega.  Bolaning  o‘quv  materialini 

o‘zlashtirishdagi  yosh  imkoniyatlari  va  uning  yetuklik  darajasi  o‘qitish  va  o‘qish 

usullariga juda katta tasir ko‘rsatadi. O‘quvchilarning fikrlash faoliyatini va shaxsiy 

xususiyatlarini  yaxshi  bilish  o‘qitishning  samaraliroq  usullarini  topish  imkonini 

beradi. 

Interfaol  usullar  o‘sayotgan  organizmning  anatomik-fiziologik,  biologik 

xususiyatlariga  ham  bog‘liqdir.  O‘quvchilarning  bilish  faoliyatini  tashkil  qilishda 

ularning  yoshiga  xos  biologik  o‘sishni  hisobga  olish  kerakki,  ta’limning  ko‘pgina 

jihatlari  ish  qobiliyati,  charchash,  ijodiy  kayfiyat,  jismoniy  sog‘liq,  maktabdagi 

gigiena sharoitlari aynan shu o‘sishga chambarchas bog‘liqdir. 

Interfaol  usullar  nazariy  jihatdan  yaxshi  asoslangan  bo‘lishi,  pedagogik 

nazariyadan  kelib  chiqishi  kerak,  ammo,  interfaol  usullar  amalda  qo‘llanilmasa, 

foydasiz bir narsaga aylanadi. 




Download 1.34 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   47




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling