Abduqayumov Shohruh Shavkatjon o‘g‘li
2. Maxsus ta`lim jarayoniga interfaol usullarni tatbiq etish
Maxsus maktablarda bugungi kunda o‘qitish tеxnologiyalarni – interfaol usullarni
amaliyotga tatbiq etish zaruriyati tug‘ildi. Maxsus ta’lim tizimida faoliyat
ko‘rsatayotgan o‘qituvchi o‘qitish texnologiyalar, ta’lim-tarbiya jarayonini
faollashtirish usullari va o‘qitiladigan fanlar bo‘yicha sifatli bilim, ko‘nikma va
malakalari hosil qiluvchi o‘qitish usullarini qo‘llay bilishi lozim. U interfaol
usullarning mohiyati, maqsadi va vazifalarini o‘rganib chiqib, ular haqida ilmiy
asoslangan ma'lumotlar, amaliy yo‘llanmalar ishlab chiqishi, ilg‘or o‘qitish va
axborot texnologiyalarini o‘zlashtirganidan so‘ng, uni ta’lim tizimiga joriy eta olishi
kerak.
Maxsus maktablarda interfaol usullarni o‘quv jarayoniga tatbiq etish yo‘larini
kengaytirish, bu yo‘nalishda ilg'or o‘qitish tajribalari tatbiq etish, har bir fan bo‘yicha
bu sohada aniq re’jalarni tuzish va amalga oshirish, darslik, o‘quv qo‘llanma, dastur
tayyorlash, ilmiy-metodik ishlarda o‘quv-tarbiya jarayoniga zamonaviy axborot
texnologiyalarini keng joriy etishni rivojlantirish, ularni axborot vositalari bilan
ta'minlash hamda kommunikatsion tarmoqlarga bog‘lash eng muhim vazifa
hisoblanadi.
Maxsus maktab muassasalaridagi o‘quv-tarbiya jarayonida interfaol usuli,
hamkorlikda o‘qitish texnologiyasi, didaktik o‘yin texnologiyalar, muammoli ta’lim
texnologiyalaridan foydalanish yo‘llari ishlab chiqildi.
O‘quvchilarda darslik va qo‘shimcha adabiyotlar bilan mustaqil ishlash
ko‘nikmalari, ijodiy va mustaqil fikrlashni rivojlantirish maqsadida interfaol
usullardan foydalaniladi. Interfaol usullarning o‘ziga xos jihati shundaki,
o‘rganilayotgan mavzu bo‘yicha o‘quvchilarning mustaqil va ijodiy ishlashiga imkon
beradi. O‘quvchilar bunday usullar yordamida mustaqil va ijodiy ishlab
mashg'ulotlardan ko‘zlangan maqsadga erishadilar.
Do'stlaringiz bilan baham: |