7. O‘qituvchi guruhlar tomonidan tayyorlangan materiallarga izoh berib, ularni
baholaydi va mashg‘ulotni yakunlaydi.
O‘quvchilar bu texnologiya orqali guruhlarda ishlashga o‘rganadilar, o‘tilgan
mavzuni sub’ekt o‘qitish orqali mustahkamlaydilar. Odobnoma darslarida “Buyuk
ajdodlarimiz” haqidagi mavzu bo‘yicha bu texnologiyani qo‘llasak, 1-guruhga
“Bizning ajdodlarimiz”, 2-guruhga “Ajdodlarimiz qoldirgan meroslar”, 3-guruhga
“Ajdodlarga munosib farzand bo‘lamiz”, 4-guruhga “Hozirgi kun avlodlari” mavzusi
bo‘yicha bilganlarini yozish topshirig‘i beriladi. O‘quvchilar bu haqdagi topshiriqni
bajargach, doskaga ma’lumotlar tagma-tag ilinadi. Har bir guruh sardori ma’lumot
berib, o‘z mavzusini himoya qiladi. To‘liq va keng ma’lumot bergan guruh g‘olib
hisoblanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |