Mutaxassis xodimlarini qayta tayyorlash va malakasini oshirish instituti malaka ishi


Abduqayumov Shohruh Shavkatjon o‘g‘li


Download 1.34 Mb.
Pdf ko'rish
bet35/47
Sana05.01.2022
Hajmi1.34 Mb.
#209112
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   47
Bog'liq
Shohruxbek Abduqayumov Malaka ishi tayyor 2020

Abduqayumov Shohruh Shavkatjon o‘g‘li 

                                                                                                                                                                                                                                                               

 

Mustaqil o‘zlashtirilgan mavzularning qisqacha bayoni   

Zamonaviy ta’lim texnologiyalari va ularni korreksion ta’lim jarayoniga 

tatbiq etish 

Barkamol  shaxsni  tarbiyalashda  zamonaviy  ta’lim  texnologiyalardan 

foydalanish  muhim  ahamiyatga  ega  bo‘lgan  vazifalar  sarasiga  kiradi  va  ularni  har 

tomonlama  rivojlanishini  ta’minlashga  ta’lim-tarbiya  ishlarini  to‘g‘ri  yo‘lga 

qo‘yishga xizmat qiladi. 

Korreksion ta’lim-tarbiya jarayonida dars samaradorligini oshirish, o‘quvchilar 

bilimini mustahkamlash, o‘quvchilarning darsga qiziqishlarini oshirishda innovatsion 

texnologiyalarni qo‘llash tobora keng tus olmoqda. Bunday texnologiyalarni qo‘llash 

ta’lim samaradorligi va ta’sirchanligini oshiradi, o‘quvchilarning o‘qish motivlarini 

o‘stiradi. 

Innovatsion  so‘ziga  to‘xtalib  o‘tadigan  bo‘lsak,  “Innovatsiya”  inglizcha-

“innovation”-“yangilk yaratish”, “yangilik” ma’nolarini anglatadi. “Texnologiya” esa 

yunoncha  “texnos”  –  “san’at”,  “mahorat”  va  “logos”  –  “fan”  so‘zlaridan  olinib, 

innovatsion  texnologiya  “ta’lim-tarbiya  shakllari,  metodlari  va  usullariga  yangicha 

yondoshish”  degan  ma’noni  bildiradi.  Bunda  an’anaviy  ta’limdagi  kabi  bir  xillik 

asosida emas, balki yangiliklar asosida ta’lim jarayonining ta’sirchanligini oshirishga 

qaratilgan  ish  shakllaridan  foydalaniladi.  Mashg‘ulotlar  jarayonida pedagogik 

texnologiyalarga asoslanish va innovatsiyaga intilish, o‘quvchilarni faollashtirishga 

qaratilgan turli interaktiv metodlardan foydalanish ta’lim  maqsadini  muvaffaqiyatli 

amalga oshirishga yordam beradi. 

Korreksion  ta’lim  jarayonini  innovatsion  metodlardan  foydalanib  tashkil  etish 

uchun, avvalo, darsning re’jasi va loyihasi aniq ishlab chiqilishi zarur. 

Dars  loyihasini  tuzishda  o‘qituvchi  o‘zining  ish  shakllari  va  o‘quvchilarning 

ko‘nikmani  egallash  jarayonidagi  ishlari  doirasini  aniq  belgilab  olishi  lozim. 

Shuningdek, qanday o‘qitish metodlaridan foydalanishi ham muhim ahamiyatga ega. 

O‘qitish metodi  – ko‘zlangan maqsad yoki rivojlantirilgan aniq bir maqsadga 

erishish yo‘lidagi amallar ketma-ketligidir. 

Buyuk faylasuf Konfutsiy 2500 yil oldin shunday degan: 

“Eshitganimni  yoddan  chiqaraman,  ko‘rganimni  eslab  qolaman,  mustaqil 

bajarsam tushunib yetaman”. 





Download 1.34 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   47




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling