Mutaxassis xodimlarini qayta tayyorlash va malakasini oshirish instituti malaka ishi
Abduqayumov Shohruh Shavkatjon o‘g‘li
Download 1.34 Mb. Pdf ko'rish
|
Shohruxbek Abduqayumov Malaka ishi tayyor 2020
Abduqayumov Shohruh Shavkatjon o‘g‘li
O‘quvchilarni guruhga bo‘lish jarayonida ― “enerjayzer” (“energizer” inglizcha so‘z bo‘lib, “kuch” - degan ma’noni bildiradi. Maqsadli enerjayzerlar dam olish daqiqasini o‘tashi bilan birga ishtirokchilarni kichik guruhlarga bo‘lishga ham xizmat qiladi) mashqlaridan foydalanish mumkin. Bunda stol ustiga 3-4 xil mevalarning rasmlari teskari holda qo‘yiladi. O‘quvchilar bu rasmlarni navbatma-navbat oladilar. Uzum rasmini olgan o‘quvchilar bir guruh, pomidor rasmini olgan o‘quvchilar ikkinchi guruhni, olma rasmini olgan o‘quvchilar esa uchinchi guruhni tashkil etadi. Har bir jamoa o‘ziga ajratilgan joyga borib o‘tiradi. Demak, o`quvchilar uch guruhga bo‘linadi. Bundan tashqari o‘quvchilarni guruhlarga bo‘lishda xatti-harakatlardan foydalanish ham mumkin. Bunda o‘qituvchi o‘quvchilarning quloqlariga sekin cholg‘u asboblarining nomini aytib chiqadi (masalan: doira, rubob, nay, g‘ijjak) O‘quvchilar shu cholg‘ularning chalinish xatti-harakatlarini bajarib, guruhlarga bo‘linadilar. Bu guruhlarda turli metodlardan foydalanib, munozarali masalalarni hal etishda, bahs-munozaralar o‘tkazishda yoki o‘quv re’jasi asosida biror bo‘lim o‘rganib bo‘lingach, umumlashtiruvchi darslarda qo‘llash mumkin. Bunday metodlarning barchasida ham o‘qituvchi va o‘quvchi o‘rtasidagi hamkorlik, o‘quvchining ta’lim jarayonidagi faol harakati nazarda tutiladi. Quyida ana shunday metodlardan ayrimlarini e’tiboringizga havola etamiz: “Charxpalak” metodidan ona tili darslarida “So‘z turkumlari” mavzusini mustahkamlashda foydalanish mumkin. Bunda o‘quvchilarni istalgan metodingiz bilan guruhlarga bo‘lib olishingiz mumkin. Masalan, “Mevalar salati”, “Guruhlarga bo‘lishda xatti-harakat”. O‘qituvchi guruhlarga qog‘oz tarqatadi va har bir guruhga topshiriq beriladi. 1-guruh ot so‘z turkumig kiruvchi so‘zlar, 2 guruh sifat so‘z turkumiga kiruvchi so‘zlarni, 3-guruh fe’l so‘z turkumiga kiruvchi so‘zlarni, 4-guruh son so‘z turkumiga kiruvchi so‘zlarni yozadilar. Ularga vaqt beriladi, vaqt tugagach, guruhlar qog‘ozlarini almashtiradilar, ya’ni bir-birlari bilan, o‘z-o‘zidan savollar ham almashadi, endi o‘quvchilar boshqa guruh yozgan so‘zlarni yozmasdan boshqa so‘zlar topib yozishlari talab etiladi. Shu tariqa qog‘ozlar “Charxpalak” misoli aylanib keladi. Bu metod o‘quvchilarni juftlikda ishlashga, bir-birining fikrini tinglashga, so‘z turkumlarini farqlay olishiga, ijodiy fikrlashga, barcha o‘quvchilarning faol qatnashishlariga yordam beradi. “Hamma hammaga o‘rgatadi” mashqidan foydalaish boshlang`ich sinflarda ham qo‘l keladi. Buni barcha fanlarga moslab o‘tkazish mumkin. Matematikada mustahkamlash darslarida o‘qituvchi mavzularga doir ma’lumotlarni qisqacha yozib keladi. Masalan, uzunlik birliklariga millimetr, santimetr, detsimetr, kilometrlar kiradi. Hamma tomonlari teng to‘rtburchak kavadra deyiladi va hokazo. Bu ma’lumotlar o‘quvchilarga tarqatiladi. Ular o‘zlaridagi ma’lumotlarni o‘qib,
|
ma'muriyatiga murojaat qiling