Mutaxassis xodimlarini qayta tayyorlash va malakasini oshirish instituti malaka ishi
Abduqayumov Shohruh Shavkatjon o‘g‘li
Download 1.34 Mb. Pdf ko'rish
|
Shohruxbek Abduqayumov Malaka ishi tayyor 2020
- Bu sahifa navigatsiya:
- Xulosa va tavsiyalar
Abduqayumov Shohruh Shavkatjon o‘g‘li
Xulosa qilib aytadigan bo‘lsak, maxsus maktablarda, balki umumta’lim maktablarida ham mashg‘ulotlar jarayonini interfaol usullarda tashkil etish, ta’lim jarayonini mukammal andoza asosida loyihalashga erishish, mazkur loyihalardan oqilona foydalana olish ko‘nikmalarga ega bo‘lish ta’lim oluvchilar tomonidan nazariy bilimlarni puxta, chuqur o‘zlashtirilishi, ularda amaliy ko‘nikma va malakalarning hosil bo‘lishining kafolati bo‘la oladi. Interfaol metod(usul) tushunchasi ilmiy maqolalar, davriy nashrlar, anjumanlardagi ma’ruzalar va hisobotlarda ham o‘z aksini topmoqda. Keyingi paytlarda ta’lim jarayoni, dars jarayoniga interfaol usullarni jalb qilishga e’tibor va qiziqish kuchaymoqda. Turli fanlarni o‘qitilishida qo‘llaniladigan interfaol usullar katta ahamiyatga ega. O‘zbekiston Respublikasi “Kadrlar tayyorlash” milliy dasturi va “Ta’lim to‘g‘risida”gi qonunda o‘quv jarayoniga ilg‘or pedagogik texnologiyalarni joriy etish mamlakatimiz ta’lim tizimini isloh qilishning asosiy ko‘rsatkichlaridan biri sifatida e’tirof etilishi bejiz emas. Chunki pedagogik texnologiya ta’lim jarayonini inqirozdan holi etish, uni bozor iqtisodi sharoitiga mos holda takomillashtirish va Davlat ta’lim standarti talablariga muvofiq kadrlar tayyorlashning muhim omillaridan biri bo‘lib hisoblanadi. Bugungi kunda yangi interfaol usullar bo‘yicha mashg‘ulotlarni amalga oshirish — bu jahon ta’lim standartlari talablariga mos ravishda dars o‘tish demakdir. Shuning uchun ham keyingi yillarda ta’lim tizimida yangi interfaol usullar bo‘yicha mashg‘ulotlarni amalga oshirishga alohida e’tibor berilmoqda. Yangi pedagogik texnologiya fan sifatida oliy ta’lim tizimidan chuqur o‘rin olmoqda, chunki ta’limga texnologik yondoshuv o‘z samarasini ko‘rsatmoqda. Interfaol usullar ham huddi shu fan tarkibida o‘rganiladi. Yurtimizda qabul qilingan “ Kadrlar tayyorlash” milliy dasturi va “Ta’lim to‘g‘risida”gi qonunda belgilangan yuqori malakali mutaxassislarni tayyorlashda eng ilg‘or ta’lim texnologiyalarini joriy etish dolzarb vazifadir.
|
ma'muriyatiga murojaat qiling