Abduqayumov Shohruh Shavkatjon o‘g‘li
Mustaqil o‘zlashtirilgan mavzularning qisqacha bayoni
Zamonaviy ta’lim texnologiyalari va ularni korreksion ta’lim jarayoniga
tatbiq etish
Barkamol shaxsni tarbiyalashda zamonaviy ta’lim texnologiyalardan
foydalanish muhim ahamiyatga ega bo‘lgan vazifalar sarasiga kiradi va ularni har
tomonlama rivojlanishini ta’minlashga ta’lim-tarbiya ishlarini to‘g‘ri yo‘lga
qo‘yishga xizmat qiladi.
Korreksion ta’lim-tarbiya jarayonida dars samaradorligini oshirish, o‘quvchilar
bilimini mustahkamlash, o‘quvchilarning darsga qiziqishlarini oshirishda innovatsion
texnologiyalarni qo‘llash tobora keng tus olmoqda. Bunday texnologiyalarni qo‘llash
ta’lim samaradorligi va ta’sirchanligini oshiradi, o‘quvchilarning o‘qish motivlarini
o‘stiradi.
Innovatsion so‘ziga to‘xtalib o‘tadigan bo‘lsak, “Innovatsiya” inglizcha-
“innovation”-“yangilk yaratish”, “yangilik” ma’nolarini anglatadi. “Texnologiya” esa
yunoncha “texnos” – “san’at”, “mahorat” va “logos” – “fan” so‘zlaridan olinib,
innovatsion texnologiya “ta’lim-tarbiya shakllari, metodlari va usullariga yangicha
yondoshish” degan ma’noni bildiradi. Bunda an’anaviy ta’limdagi kabi bir xillik
asosida emas, balki yangiliklar asosida ta’lim jarayonining ta’sirchanligini oshirishga
qaratilgan ish shakllaridan foydalaniladi. Mashg‘ulotlar jarayonida pedagogik
texnologiyalarga asoslanish va innovatsiyaga intilish, o‘quvchilarni faollashtirishga
qaratilgan turli interaktiv metodlardan foydalanish ta’lim maqsadini muvaffaqiyatli
amalga oshirishga yordam beradi.
Korreksion ta’lim jarayonini innovatsion metodlardan foydalanib tashkil etish
uchun, avvalo, darsning re’jasi va loyihasi aniq ishlab chiqilishi zarur.
Dars loyihasini tuzishda o‘qituvchi o‘zining ish shakllari va o‘quvchilarning
ko‘nikmani egallash jarayonidagi ishlari doirasini aniq belgilab olishi lozim.
Shuningdek, qanday o‘qitish metodlaridan foydalanishi ham muhim ahamiyatga ega.
O‘qitish metodi – ko‘zlangan maqsad yoki rivojlantirilgan aniq bir maqsadga
erishish yo‘lidagi amallar ketma-ketligidir.
Buyuk faylasuf Konfutsiy 2500 yil oldin shunday degan:
“Eshitganimni yoddan chiqaraman, ko‘rganimni eslab qolaman, mustaqil
bajarsam tushunib yetaman”.
Do'stlaringiz bilan baham: |