Mutaxassis xodimlarini qayta tayyorlash va malakasini oshirish instituti malaka ishi
Abduqayumov Shohruh Shavkatjon o‘g‘li
Download 1.34 Mb. Pdf ko'rish
|
Shohruxbek Abduqayumov Malaka ishi tayyor 2020
Abduqayumov Shohruh Shavkatjon o‘g‘li
o‘rganadilar. Ma’lum vaqtdan keyin yonidagi o‘rtog‘i bilan bir-birining ma’lumotini o‘rganadi. Belgilangan vaqt tugagach, 4 ta o‘quvchi bir biriga ma’lumotlarini o‘rgatadilar. O‘qituvchi tomonidan vaqt belgilanib, vaqt tugaganligi, endi yonidagi sherigiga o‘rgatishini eslatib, aytib boradi. Mashq tugagach, o‘qituvchi quyidagi savollar bilan o‘quvchilarga murojaat qilishi mumkin: ushbu mashq sizga nimasi bilan yoqdi va nimalari foydali bo‘ldi? (O‘quvchilar o‘z javoblarini aytadilar). Bu mashq orqali o‘quvchilar o‘tilgan mavzularni yodga oladilar. O‘zlashtirmagan o‘quvchilar bo‘lsa, ular ham bilib oladilar. «Aql charxi» usulida o‘quvchilarning mantiqiy fikrlash qobiliyatlari, nutqi rivojlanadi, tez va to‘gri javob berish malakasi shakllanadi. Bu mashqda ikki yoki uchta o‘quvchidan iborat guruhlar ishtirok etadi. Birinchi o‘quvchi mavzuga oid terminlardan birini aytadi, ikkinchi o‘quvchi birinchi o‘quvchi aytgan terminni qaytaradi va o‘zi ham bitta termin aytadi. Uchinchi o‘quvchi avvalgi ikkita terminni qaytaradi va bitta termin qo‘shib aytadi. Navbat birinchi o‘quvchiga keladi. Qaysi o‘quvchi adashib ketsa yoki, aytilgan terminni qaytarib aytsa, o‘yindan chiqadi. Bu o‘yinni tashkil etishda – maqsad aniq bo‘lishi va o‘quvchilarning qaysi bilim, ko‘nikma va malakalarni egallashlariga e’tibor qaratilishi lozim. Masalan: ot – so‘z turkumiga tegishli so‘zlarni ayting: 1-o‘quvchi: bulbul. 2-o‘quvchi: bulbul-qarg‘a. 3-o‘quvchi: bulbul-qarg‘a-mushuk. 1-o‘quvchi: bulbul-qarg‘a-mushuk-ota. 2-o‘quvchi: bulbul-qarg‘a-mushuk-ota-opa. 3-o‘quvchi: bulbul-qarg‘a-mushuk-ota-opa-uka va hokazo. Xuddi shu taxlitda “So‘z turkumlari”, “Otlarning egalik qo‘shimchalari bilan qo‘llanilishi”, “Otlarning kelishik qo‘shimchalari bilan qo‘llanilishi”, “Ot yasovchi qo‘shimchalar” va boshqa mavzularni o‘rganishda ham bu mashqdan foydalanish mumkin. Bu mashqlar takrorlash va umumlashtirish darslarida qo‘l keladi. Darslarda bunday metodlarni qo‘llash bola shaxsiga munosabatni yanada yaxshilaydi, turli xarakterdagi bolalar bilan ham til topa olishni uddalaymiz. Ular guruhlarda ishlash orqali bir birlarining fikrlarini tinglaydilar, ma’qullaydilar va hamjihatlikka o‘rganadilar. |
ma'muriyatiga murojaat qiling