Mutaxassis xodimlarini qayta tayyorlash va malakasini oshirish instituti malaka ishi


Abduqayumov Shohruh Shavkatjon o‘g‘li


Download 1.34 Mb.
Pdf ko'rish
bet37/47
Sana05.01.2022
Hajmi1.34 Mb.
#209112
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   47
Bog'liq
Shohruxbek Abduqayumov Malaka ishi tayyor 2020

Abduqayumov Shohruh Shavkatjon o‘g‘li 

                                                                                                                                                                                                                                                               

 

O‘quvchilarni guruhga bo‘lish jarayonida ― “enerjayzer” (“energizer” inglizcha 



so‘z  bo‘lib,  “kuch”  -    degan  ma’noni  bildiradi.  Maqsadli  enerjayzerlar  dam  olish 

daqiqasini o‘tashi bilan birga ishtirokchilarni kichik guruhlarga bo‘lishga ham xizmat 

qiladi) mashqlaridan foydalanish mumkin. 

Bunda  stol  ustiga  3-4  xil  mevalarning  rasmlari  teskari  holda  qo‘yiladi. 

O‘quvchilar bu rasmlarni navbatma-navbat oladilar. Uzum rasmini olgan o‘quvchilar 

bir guruh, pomidor rasmini olgan o‘quvchilar ikkinchi guruhni, olma rasmini olgan 

o‘quvchilar esa uchinchi guruhni tashkil etadi. Har bir jamoa o‘ziga ajratilgan joyga 

borib o‘tiradi. Demak, o`quvchilar uch guruhga bo‘linadi. 

Bundan  tashqari  o‘quvchilarni  guruhlarga  bo‘lishda  xatti-harakatlardan 

foydalanish  ham  mumkin.  Bunda  o‘qituvchi  o‘quvchilarning  quloqlariga  sekin 

cholg‘u  asboblarining  nomini  aytib  chiqadi  (masalan:  doira,  rubob,  nay,  g‘ijjak) 

O‘quvchilar  shu  cholg‘ularning  chalinish  xatti-harakatlarini  bajarib,  guruhlarga 

bo‘linadilar. Bu guruhlarda turli metodlardan foydalanib, munozarali masalalarni hal 

etishda,  bahs-munozaralar  o‘tkazishda  yoki  o‘quv  re’jasi  asosida  biror  bo‘lim 

o‘rganib  bo‘lingach,  umumlashtiruvchi  darslarda  qo‘llash  mumkin.  Bunday 

metodlarning  barchasida  ham  o‘qituvchi  va  o‘quvchi  o‘rtasidagi  hamkorlik, 

o‘quvchining ta’lim jarayonidagi faol harakati nazarda tutiladi. 

Quyida ana shunday metodlardan ayrimlarini e’tiboringizga havola etamiz: 

“Charxpalak”  metodidan  ona  tili  darslarida  “So‘z  turkumlari”  mavzusini 

mustahkamlashda  foydalanish  mumkin.  Bunda  o‘quvchilarni  istalgan  metodingiz 

bilan guruhlarga bo‘lib olishingiz mumkin. Masalan, “Mevalar salati”, “Guruhlarga 

bo‘lishda xatti-harakat”. O‘qituvchi guruhlarga qog‘oz tarqatadi va har bir guruhga 

topshiriq  beriladi.  1-guruh  ot  so‘z  turkumig  kiruvchi  so‘zlar,  2  guruh  sifat  so‘z 

turkumiga kiruvchi so‘zlarni, 3-guruh fe’l so‘z turkumiga kiruvchi so‘zlarni, 4-guruh 

son so‘z turkumiga kiruvchi so‘zlarni yozadilar. Ularga vaqt beriladi, vaqt tugagach, 

guruhlar qog‘ozlarini almashtiradilar, ya’ni bir-birlari bilan, o‘z-o‘zidan savollar ham 

almashadi,  endi  o‘quvchilar  boshqa  guruh  yozgan  so‘zlarni  yozmasdan  boshqa 

so‘zlar topib yozishlari talab etiladi. Shu tariqa qog‘ozlar “Charxpalak” misoli aylanib 

keladi.  Bu  metod  o‘quvchilarni  juftlikda  ishlashga,  bir-birining  fikrini  tinglashga, 

so‘z  turkumlarini  farqlay  olishiga,  ijodiy  fikrlashga,  barcha  o‘quvchilarning  faol 

qatnashishlariga yordam beradi. 

“Hamma hammaga o‘rgatadi” mashqidan foydalaish boshlang`ich sinflarda ham 

qo‘l  keladi.  Buni  barcha  fanlarga  moslab  o‘tkazish  mumkin.  Matematikada 

mustahkamlash darslarida o‘qituvchi mavzularga doir ma’lumotlarni qisqacha yozib 

keladi.  Masalan,  uzunlik  birliklariga  millimetr,  santimetr,  detsimetr,  kilometrlar 

kiradi.  Hamma  tomonlari  teng  to‘rtburchak  kavadra  deyiladi  va  hokazo.  Bu 

ma’lumotlar  o‘quvchilarga  tarqatiladi.  Ular  o‘zlaridagi  ma’lumotlarni  o‘qib, 




Download 1.34 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   47




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling