g g g g g g g g g g g g
Abduqayumov Shohruh Shavkatjon o‘g‘li
Shaxs va narsalarning belgisini bildirgan so‘zlar sifat deyiladi. Sifatlar qanday?,
qanaqa? so‘roqlariga javob bo‘ladi. Sifatlar shaxs, narsa-buyumning fe’li, xususiyati,
rang- tus, maza-tam, shakl-hajm va shu kabilarni bildiradi.
137- mashq. (shartini o‘quvchilardan biri o‘qiydi).
O‘qing. Sifatlarni so‘roq yordamida aniqlang va yozing. Ularning tagiga
to‘lqinli chiziq chizing.
Toshkent
Toshkent – O‘zbekistonning poytaxti. Toshkentda ko‘p qavatli binolar, keng
ko‘chalar va chiroyli xiyobonlar bor. Salqin oromgohlarda dam olish uchun qulay
sharoitlar yaratilgan. Zamonaviy mehmonxonalar, jahon andozalariga mos binolar
shahrimiz ko‘rkiga ko‘rk qo‘shmoqda. U tobora go‘zal va obod bo‘lmoqda. Toshkent
do‘stlik va tinchlik shahridir.
Matndagi bitta gapni o‘qib tushuntirib beraman.
Masalan: Qanday? – keng.
O‘quvchilar berilgan mashqni doskaga chiqib bajaradilar va daftarlariga
yozadilar.
Topshiriqni to‘g‘ri bajargan guruhlarga “Rag‘bat” beriladi.
Mavzuni mustahkamlash maqsadida “baliq ovi” deb nomlangan didaktik o‘yin
o‘ynaymiz. Bunda guruhlardan bittadan ovchi kelib, baliq tutadi. Baliqlarning
orqasida sifat so‘z turkumiga oid so‘zlar bor. Ana shu so‘zlar qatnashgan gap
tuzadilar.
Masalan: chiroyli, ozoda.
O‘quvchilar navbatdagi topshiriqni oladilar. Darsni mustahkamlash qismida
klaster usulidan foydalanadilar. Buning uchun har ikki guruhga oldindan tayyorlab
qo‘yilgan jadval taqdim etiladi.