Abduqayumov Shohruh Shavkatjon o‘g‘li
Baho bergan xudo daho ham bergan,
Ulug‘ zot silagan kitoblaring bor.
Tabarruk izingdan adashtirmasin,
O‘zbegim, o‘zingdan adashtirmasin.
-
O‘quvchilar biz hozir “Diyorim” she’rini tingladik. Ushbu she’rda qanday
g‘oya ilgari suriladi?
O‘quvchilar: Vatanga bo‘lgan muhabbat, vatanga sodiqlik.
O‘qituvchi: Juda tog‘ri, Siz o‘quvchilarning vazifangiz nimalardan iborat?
- maktabga muntazam kelish, darslarda faol qatnashish
- bo‘sh vaqtdan unumli foydalanish
- fan to‘garaklariga qatnashish
O‘qituvchi: Juda to‘g‘ri, sizlar maktabda a’lo baholarga o‘qib, kelajakda yaxshi
kasb egalari bo‘lishingiz zarur. Vatan sizlarga bergan non-tuzini oqlashingiz kerak.
Kelajakda o‘z yo‘lingizni topib ketishingizda ona tili fanining juda katta ahamiyati
bor. Chunki biz xatosiz va chiroyli yozishni ona tili darslarida o‘rganamiz. To‘g‘rimi?
Demak, darsimiz ona tili.
Do'stlaringiz bilan baham: |