Mutaxassislar mehnat sharoiti va ularning jismoniy tayyorgarligiga qo‘yiladigan talablar


II BOB. MEHNAT FAOLIYATI TARTIBIDA JISMONIY TARBIYA


Download 181 Kb.
bet6/13
Sana19.04.2023
Hajmi181 Kb.
#1363007
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13
Bog'liq
Ishlab chiqarishda kasbiy amaliy jinmoniy tayyorgarlik

II BOB. MEHNAT FAOLIYATI TARTIBIDA JISMONIY TARBIYA
2.1 Gigienik gimnastika.
Ijtimoiy tadqiqotlar sport bilan shug‘ullanuvchilarning mehnat unumdorligi sport bilan shug‘ullanmaydigan shaxslarning mehnat unumdorligidan 3-8% ga yuqori ekanligini ko‘rsatadi. Butun mamlakat miqyosida shuning o‘zi katta iqtisodiy foyda beradi.
Bevosita mehnat tartibida jismoniy tarbiya vositalaridan foydalanish muhim ahamiyatga ega. Sakkiz soatli ish kuni ancha sezilarli charchashga olib keladi, shu sababli ish kuni davomida kuchni saqlash uchun mehnat va faol dam olishni optimal navbatlash tartibini yaratish kerak. Faoliyatning bir turidan boshqasiga yoki jismoniy mashqlarni bajarishga o‘tish charchagan organizmning tiklanishiga qulay imkoniyat yaratadi.
Mehnat tartibiga u yoki bu jismoniy tarbiya turini kiritish ish qobiliyati dinamikasiga bog‘liq holda aniqlanadi. Insonning ish qobiliyati ish kuni davomida tebranib (o‘zgarib) turadi. Dastlab u past (ishga kirishish davri) bo‘ladi, keyin ko‘tariladi va yuqori darajada (mustahkam ish qobiliyati davri) saqlanadi, undan keyin yana pasayadi (kompensatsiyalangan charchash davri). Bunday o‘zgarish bir ish kuni davomida ikki marta – tushlik tanaffusgacha va undan keyin takrorlanadi.
Ba’zan ish kunining oxirida ish qobiliyatining bir oz ortishi kuzatiladi (24- chizma).

b1 b2
a1 v1 a2
v2 g









Kun davomida ish qobiliyatining o‘zgarish dinamikasi (G.G.Sanoyan bo‘yicha). a1- boshlang‘ich ishga kirishish; b1-yuqori va doimiy ish qobiliyatini ko‘rsatish davri; v1- ish qobiliyatining birinchi pasayish davri; a2-qayta ishga kirishish davri; b2- ish qobiliyatining nisbatan turg‘unlik davri; v2- ish qobiliyati pasayishining kuchayib borishi; g-oxirgi davri.

24-chizma

Ish qobiliyati fazalarining ketma–ketligi ish kuni davomida turli shart-sharoitlarga bog‘liq bo‘ladi. Bunday sharoitlarga quyidagi tashqi omillar: ishlab chiqarish faoliyati xususiyati, ma’naviy-ruhiy yuklama, gigienik shart-sharoitlar, ishchining malakasi va mahorati, jinsi, ish staji va organizmining jismoniy holati kiradi. Ichki omillar, birinchi navbatda, organizmning turli organlari va tizimlarining holatini o‘z ichiga oladi.


Ish kuni davomida ish qobiliyati o‘zgarishining (ko‘rsatilgan tipik variantdan tashqari) quyidagi beshta asosiy variantlari o‘zaro farqlanadi:

    1. engil jismoniy yuklama bilan, konveyerda – uning optimal tezligida ishlaganda ish qobiliyatini doimo oshira borish;

    2. kunning birinchi yarmida ish qobiliyatini oshirish, keyinchalik yuqori darajada nisbatan stabillik va asta–sekinlik bilan pasaytirish; bunday vaziyat murakkab boshqaruv pultida xizmat ko‘rsatuvchi xodimlarga xos;

    3. kunning birinchi yarmida va tushlikdan keyin ham charchashning nisbatan tez o‘sib borishi; bunday vaziyat jismoniy mehnat bilan shug‘ullanganlarda kuzatiladi;

    4. tezkorlik bilan yuqori ish qobiliyatiga erishish, keyin uning pasayishi va ish kunining qolgan qismida past darajada saqlanishi; bunday vaziyat ishchining kuchaytirilgan diqqat-e’tibori hamda qo‘llar bilan tez va aniq harakatlar qilishi jarayonida, o‘ta yuqori jismoniy kuchlanish bilan ishlaganida vujudga keladi;

    5. ish kunining deyarli boshida birdaniga ish qobiliyatining keskin pasayishi; bunday hol o‘z mazmuniga ko‘ra murakkab ishdagilarga yoki oddiy, biroq tezkor tempda ishlaydiganlarga xos.

Biroq ishlab chiqarishning aniq bo‘limida ish qobiliyatini optimallashtirish vositalarini tanlashda uning faqat ish smenasi davomida emas, balki sutka davomida, hattoki hafta davomida o‘zgarishini ham inobatga olish kerak.
Ko‘p yillik tajriba va ilmiy tadqiqotlar boshlang‘ich gimnastika ta’siri ostida moslashish davrining qisqarishi, organizmda fiziologik jarayonlar sodir bo‘lishining tezlashishi, organizmning ish bajarishga tayyorlik darajasi ortishidan dalolat beradi. Masalan, yuqori malakali ishchilarning kun tartibiga boshlang‘ich gimnastika kiritilganidan keyin moslashish davri 60 daqiqadan 30 daqiqagacha qisqaradi. SHu bilan bir vaqtda, dastlabki yarim soat davomidagi mehnat unumdorligi 13,2 % ga ortadi.
Agar bevosita ish qobiliyati pasayishi arafasida jismoniy tarbiya tanaffusi yoki jismoniy tarbiya daqiqasi o‘tkazilsa, u holda bu tadbir bilan ish qobiliyatini oldingi erishilgan darajasida ancha uzoq vaqt saqlab turish mumkin.
Masalan, konveyerda ishlaydigan tikuvchilarning ish unumdorligi jismoniy tarbiya tanaffusi o‘tkazilganidan keyin bir soat davomida bunday tanaffus o‘tkazilishidan oldingisiga nisbatan 6 %ga yuqori bo‘lgan.
Umuman, jismoniy tarbiyani turli shakllarda ishlab chiqarishga tatbiq qilish mehnat unumdorligining ortishi, ishchi va xizmatchilar jismoniy rivojlanishining yaxshilanishi, ishlab chiqarishdagi shikastlanishlarning kamayishi, shug‘ullanuvchilarning kayfiyati ko‘tarilishida ifodalanadi.
Mehnatni dam olish bilan navbatlashning optimal, ilmiy asoslangan tartibi butun ish kuni (smenasi) davomida o‘ta charchashga o‘rin qoldirmay, yuksak ish unumdorligini saqlash imkoniyatini beradi. Namunaviy mehnat va dam olish tartiblari 7- ilovada keltirilgan.
Ishlab chiqarish sohasida jismoniy tarbiyani yanada rivojlantirish mashg‘ulotlarini tashkil etish va o‘tkazish usullarining yangi shakllarini ilmiy asoslanishi; funksional musiqadek, suv muolajasidek, o‘z – o‘zini uqalashdek, o‘z – o‘zini ruhiy boshqarishdek nomaxsus ta’sir vositalari singari jismoniy tarbiya vositalaridan foydalanish; qisqa muddatli mashg‘ulotlar samaradorligini oshirish uchun xizmat qiladigan yordamchi snaryadlarni va maxsus qurilmalarni qo‘llash; noqulay ish shart – sharoitlarida va uzluksiz texnologik jarayonlarda jismoniy tarbiyaning kichik ko‘rinishlarini tadbiq etish; mashg‘ulotlarning individual shakllarini qo‘llash jismoniy tarbiya bilan mehnatni ilmiy tashkil etishning turli shakllari o‘rtasidagi yanada mustahkam aloqa bilan bog‘liq.
Mehnatni ilmiy tashkil etish tizimida jismoniy tarbiyaning quyidagi shakllarini o‘zaro farqlaydilar: boshlang‘ich gimnastika, jismoniy tarbiya tanaffusi (pauza), jismoniy tarbiya daqiqasi, mikropauza, tushlik tanaffus paytida jismoniy tarbiya mashqlarini bajarish. Bunday shakllarning barchasi mehnat kuni tartibida jismoniy tarbiya tadbirlarining tizimini tashkil etadi.
Mehnat xususiyatlariga, xizmatchilarning kasbiy charchash xususiyatiga bog‘liq holda turli kasb guruhlari uchun ish smenasi davomida jismoniy tarbiya shakllarini navbatma-navbat o‘zgartirib, ularni takrorlanishi, mashg‘ulotlar mazmuni, tarkibi, ta’sir vositalari va b. jihatidan turli variantlarda qo‘llash mumkin. Mehnatning turli jarayonlarida jismoniy tarbiyaning uzoq davom etmaydigan shakllaridan (jismoniy tarbiya daqiqalari, miropauzalar) ko‘proq foydalanish maqsadga muvofiq, shu bilan birga, oqimlar va konveyerlardagi uzluksiz texnologik jarayonlarda mashg‘ulotlarning individual shakli ancha foydali hisoblanadi.
Gigienik gimnastika quyidagi vazifalarni echishga xizmat qiladi: organizmning asosiy fiziologik (mushak, asab) tizimlarini ishga tayyorlashni tezlashtirish; xizmatchining hissiy tonusini ko‘tarish; organizmning mehnat faoliyatiga moslashish fazasi davomiyligini qisqartirish; butun mehnat kuni mobaynida yuksak ish qobiliyatini saqlashga xizmat qilish.
Gigienik gimnastika ish kunining boshida 4-10 daqiqa davomida o‘tkaziladi. Uni faqat birinchi smenadagina emas, balki ikkinchi smenada ham o‘tkazish maqsadga muvofiq. SHu bilan birga, kechki smenadagi kirishish gimnastikasi organizmning mehnat jarayonida asosiy yuklama tushadigan organlari va tizimlari faolligini oshirishga yo‘naltirilgan bo‘lishini inobatga olish kerak.
Gigienik gimnastikada mehnat jarayonida bajariladigan harakatlar xususiyatiga mos jismoniy mashqlardan foydalanish tavsiya etiladi. SHuning uchun mashqlarni tanlashda mehnat jarayoni harakatlarini yaxshi o‘rganish va jismoniy tarbiya mashqlari majmuasiga shunday mashqlarni kiritish kerakki, ular organizmning aniq mehnat turi jarayonida etakchi rol o‘ynaydigan fiziologik funksiyalarini tezlashtirishga yordam bersin.
Xususan, boshlang‘ich gimnastikada harakat sur’ati o‘sib boruvchi mashqlardan foydalanish lozim. Shu bilan birga, harakatlarning ishchi sur’atini tez o‘zlashtirish uchun oddiydan ancha yuqori sur’atni rivojlantirish tavsiya etiladi.
Mehnat xususiyati va shart-sharoitlariga bog‘liq holda gigienik gimnastika jismoniy mashqlari majmuasining quyidagi uchta varianti o‘zaro farqlanadi: chigal yozish mashqlari, profilaktik faol dam olish va yaxlit ta’sirli mashqlar majmuasi.
Chigal yozish mashqlari variantidan og‘ir jismoniy mehnat bilan shug‘ullanadigan ishchilar uchun majmualar tuzishda foydalaniladi. Ularga mehnat jarayonida asosiy yuklama tushadigan mushak guruhlarini ketma-ket jadal faoliyatga jalb qiladigan, koordinatsiyasi bo‘yicha oddiy dinamik mashqlar kiritiladi. Mashqlarni bajarish sur’ati – o‘rtacha yoki tezkor. Mashqlar majmuasida yuklama asta-sekinlik bilan ortib boradi va majmua oxirida minimumga tushadi.
Profilaktik dam olish varianti harakatlanish stereotipi aniq qayd etilgan (masalan dastgohda ishlovchi) ishchilar uchun gigienik gimnastika majmuasi asosini tashkil etadi. Mehnat operatsiyalarida bevosita ishtirok etuvchi mushak guruhlari faoliyatini jalb etadigan dinamik mashqlardan foydalaniladi. Majmuaning o‘rtasigacha jismoniy yuklama tobora orttirilib, keyin asta-sekinlik bilan pasaytirib boriladi. Harakatlanish sur’ati – o‘rtadan yuqori. To‘g‘ri nafas olishga, mushaklarning cho‘zilishiga va harakatchanligining ortishiga e’tibor qaratish kerak.
Yaxlit ta’sir ko‘rsatuvchi variant mehnat faoliyati uzoq muddat kuchli diqqat-e’tiborni talab etadigan (aqliy mehnat xizmatchilari, transport haydovchilari, konveyer xizmatchilari va b.) xizmatchilar uchun mo‘ljallangan. Mashqlar, asosan, bo‘lajak ishlab chiqarish faoliyatida bevosita band bo‘lmagan mushak guruhlariga, organizmning tizim va organlariga ta’sir etadi. Bunday mashqlar murakkab koordinatsiyali bo‘ladi, chunki qo‘llar, gavda, oyoqlarning qo‘shimcha harakatlarini o‘z ichiga oladi va diqqat-e’tiborning jamlanishini talab qiladi. Sur’at – oldingi ishdagi singari. Mehnati aniq harakatlar bilan bog‘liq bo‘lgan shaxslar uchun (masalan, mayda mexanizmlarni yig‘uvchi yoki transport haydovchilari) maksimal jismoniy yuklama birinchi mashqlarga to‘g‘ri keladi. Qolgan kontingent uchun katta yuklama majmuaning 4-6-mashqlariga to‘g‘ri keladi.
Gigienik gimnastika majmualarida quyidagi jismoniy mashq guruhlari qo‘llanadi: kerishish (cho‘zilish), yon tomonga egilishlar, o‘tirib turishlar, hamla qilish, sakrashlar, sport yurishi, yugurish, oldinga egilish, bo‘shashish elementlari ishtirok etgan siltanish harakatlari, orqaga egilishlar, qo‘l va elka kamari mushaklarini bo‘shashtirish, koordinatsiyaga, aniqlikka va diqqat-e’tiborga yo‘naltirilgan mashqlar.
Turli kasb egalari uchun boshlang‘ich gimnastika majmualarini tuzishda mehnat faoliyatining quyidagi xususiyatlarini inobatga olish tavsiya etiladi:
1) ishlash (o‘tirib, turib) holatini, gavda vaziyatini (egilgan yoki to‘g‘ri, erkin yoki kuchlanishli);
2) ish harakatlari (tezkor yoki sekin, kuchlanishli yoki kuchlanishsiz, katta yoki kichik amplitudali, simmetrik yoki asimmetrik, bir xil yoki turli xildagi harakatlar va b.);
3) mehnat faolligi xususiyati (harakatlar aniqligi, harakatlarning takrorlanuvchanligi, reaksiya tezligi, diqqat-e’tiborning kuchliligi va konsentratsiyasi, sezish organlariga yuklama, mehnatning bir maromliligi va b.);
4) sub’ektiv ko‘rsatkichlar bo‘yicha charchashning darajasi va xususiyati (diqqat-e’tiborning tarqoqligi, mushaklarda og‘riq sezish, bosh og‘rishi, asabiylashish va boshqalar);
5) jismoniy mashqlar bilan shug‘ullanuvchilar orasida salomatligida og‘ishi bo‘lgan shaxslar mavjudligi (ular uchun xususiy mashqlar tanlash maqsadga muvofiq);
6) sanitariya-gigienik omillar (yoritilganlik, shovqin, keragidan ortiq gaz mavjudligi).

Download 181 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling