Mutaxassislar mehnat sharoiti va ularning jismoniy tayyorgarligiga qo‘yiladigan talablar


Download 181 Kb.
bet7/13
Sana19.04.2023
Hajmi181 Kb.
#1363007
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   13
Bog'liq
Ishlab chiqarishda kasbiy amaliy jinmoniy tayyorgarlik

Jismoniy tarbiya pauzasi
Jismoniy tarbiya pauzalari charchashning rivojlanishiga yo‘l qo‘ymaslik, organizmning funksional holatini yaxshilash, ishchi ritm, sur’at, diqqat-e’tibor konsentratsiyasini yuksak darajada saqlab turish, gavdaning ishchi vaziyati va kasbiy faoliyatning salbiy oqibatlarini bartaraf etish, harakat tanqisligini ma’lum darajada bartaraf etish maqsadida o‘tkaziladi.
Gigienik gimnastikadan farqli o‘laroq, jismoniy tarbiya pauzasi bevosita mehnat faoliyati jarayonida, odatda, ish smenasining birinchi va ikkinchi yarimlarida ikki martadan bajariladi. Jismoniy tarbiya pauzasi, hal qilinadigan asosiy vazifalardan kelib chiqqan holda, ishchilarda charchoqning rivojlanishi arafasida yoki ish qobiliyati pasayishining birinchi alomatlari paydo bo‘lishi bilanoq o‘tkazilishi kerak. Muddatidan oldin jismoniy mashqlar majmuasini o‘tkazish ish ritmining buzilishiga va ish qobiliyatining pasayishiga olib kelishi mumkin. Odatda, jismoniy tarbiya pauzalari tushlik tanaffusdan yoki ish smenasi tugashidan 1–2 soat oldin o‘tkaziladi. Agar jismoniy tarbiya yo‘riqchisi har bir aniq ishlab chiqarish uchastkasidagi ishchilar ish qobiliyatlarining o‘zgarishi asosida ish ko‘rsa, yanada ijobiyroq holat kuzatiladi.
Quyidagi uslubiy qoidalarga rioya qilinganda, jismoniy tarbiya pauzasining foydasi ortadi:

      • mashg‘ulotlarni o‘tkazish vaqti charchoqning dastlabki alomatlari paydo bo‘lish lahzasi bilan aniq mos tushishi kerak;

      • jismoniy mashqlar to‘g‘ri bajarilishi, mashg‘ulotlar jonli, qiziqarli tarzda, musiqa sadolari ostida o‘tkazilishi kerak;

      • majmualardagi yuklama shug‘ullanuvchilarning yoshiga, jinsiga, jismoniy tayyorgarlik darajasiga va salomatlik holatiga bog‘liq holda tabaqalashtirilishi kerak;

      • kunning ikkinchi yarmida jismoniy tarbiya pauzasini o‘tkazishda uning yuklamalari yig‘indisi kunningbirinchi yarmidagi yuklamadan 30–40 % kam bo‘lishi kerak.

Mashg‘ulot o‘tkazishning guruhli usulida shug‘ullanuvchilar uch guruhga bo‘linadilar. Birinchi guruhga deyarli sog‘-salomat kishilar, ikkinchisiga salomatlik holatida deyarli sezilmaydigan og‘ishlari bor shaxslar, uchinchisiga esa yoshi katta odamlar va salomatlik holatida jiddiy og‘ishlari bor shaxslar kiritiladi. Agar majmuadagi ayrim mashqlarni bajarishda yuklama qiymati birinchi guruh vakillari uchun 100 % ni tashkil etsa, u holda ikkinchi guruh uchun 90 %, uchinchisi uchun esa 80 % bo‘lishi kerak.
Jismoniy tarbiya pauzalari uchun majmua mashqlarini tanlash quyidagilarga bog‘liq holda amalga oshiriladi:
a) majburiy ish vaziyati (pozasi) va texnologik jarayon sababli vujudga keladigan salbiy ta’sirlarni kamaytirishi;
b) mehnat jarayonida ishtirok etayotgan mushak tizimlari va organlarning dam olishlariga xizmat qilish darajasi;
v) harakatsiz mushaklarga qancha yuklama berishi.
Jismoniy tarbiya pauzalaridagi mashqlarni o‘rtacha va tez sur’atda bajarish kerak. Mashqlar majmuasini har to‘rt haftada almashtirib turish tavsiya etiladi. Umumiy holda yuklama mashqlar majmuasining o‘rtasida ortadi, keyinchalik pasayadi.
Kasbga bog‘liq holda jismoniy tarbiya pauzalarining namunaviy majmualari ishlab chiqilgan. SHu bilan birga, hamma kasblar mehnat turiga qarab to‘rtta guruhga bo‘linadi:

Download 181 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   13




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling