Mutaxassislar mehnat sharoiti va ularning jismoniy tayyorgarligiga qo‘yiladigan talablar


Tushlik tanaffus vaqtida jismoniy tarbiya


Download 181 Kb.
bet10/13
Sana19.04.2023
Hajmi181 Kb.
#1363007
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13
Bog'liq
Ishlab chiqarishda kasbiy amaliy jinmoniy tayyorgarlik

Tushlik tanaffus vaqtida jismoniy tarbiya
Tushlik tanaffus paytida faqat passiv dam olishgina emas, balki hayot tonusini va kayfiyatni ko‘tarish hamda ishlab chiqarish ritmiga tezroq kirishish maqsadida dam olish, tiklanish jarayonlarini faollashtirish maqsadga muvofiqdir. Buning uchun quyidagi mashq majmualari qo‘llaniladi: sportcha yurish, sport o‘yinlari va mustaqil mashg‘ulotlarning boshqa ayrim shakllari. Bu vositalarni qo‘llash tushlik tanaffus uzoq davom etib, ovqatlanish qisqa vaqt talab qiladigan hollarda o‘zini oqlaydi.
Majmua sekin sur’atda chuqur nafas olish va katta mushak guruhlarini bo‘shashtirish orqali bajariladigan 5-6 mashqdan iborat. Bu mashqlar tinch, passiv dam olishdan keyin ish boshlanishidan 5-10 daqiqa oldinroq qulay holatda 3-4 daqiqa davomida bajariladi.
Sportcha yurish avvaliga sekin, keyinchalik esa o‘rtacha sur’atda bajariladi. Shug‘ullanuvchilar nafas olishga alohida e’tibor qaratishlari lozim. Yurishning davomiyligi – 10-20 daqiqa. Tushlik tanaffus paytida engil sport o‘yinlarini (badminton, stol tennisi) o‘ynash faqat xizmatchilardagi tiklanish jarayonlarigagina ijobiy ta’sir ko‘rsatib qolmay, balki ularda ijobiy hissiyotlar va yaxshi kayfiyat paydo bo‘lishiga ham xizmat qiladi. Bunday o‘yinlarda jismoniy va asabiy yuklamalarni charchash alomatlari paydo bo‘lishiga yo‘l qo‘ymaydigan holatda me’yorlash kerak. O‘yinlarning davomiyligi 15-20 daqiqadan oshmasligi hamda ular ish boshlanishidan 5-10 daqiqa oldinroq tugatilishi kerak. Bundan keyin 2 -4 daqiqa davomida xotirjamlik bilan yurish va katta mushaklarni bo‘shashtirish orqali bir necha nafas olish mashqlarini bajarish maqsadga muvofiq. Yengil sport o‘yinlarini aqliy mehnat qiluvchi xizmatchilarning tushlik tanaffusiga kiritish tavsiya etiladi.
Shuningdek, tushlik tanaffus paytida ayrim mustaqil jismoniy tarbiya tadbirlari: o‘z-o‘zini uqalash, suv muolajalari, autotreninglar ham qo‘llanadi. Ishlab chiqarish sharoitlarida o‘z-o‘zini uqalash ayrim organlar (qo‘llar, oyoqlar, gavda) ish qobiliyatini umumiy tiklash vositasi sifatida, shuningdek, mehnatning noqulay ta’sirlari oldini olish maqsadlarida qo‘llanadi.O‘z-o‘zini uqalash, odatda, bevosita ish joyida amalga oshiriladi, biroq maxsus salomatlik xonalarida ham tashkil etilishi mumkin. Bunday xonalarda, shuningdek, fizioterapiya va suv muolajalari ham taklif etilishi mumkin.

Download 181 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling