Mutaxassislar mehnat sharoiti va ularning jismoniy tayyorgarligiga qo‘yiladigan talablar


Fuqarolik aviatsiya xizmati mutaxassislarining mehnat sharoiti ham


Download 26.58 Kb.
bet4/6
Sana18.06.2023
Hajmi26.58 Kb.
#1561719
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
AMALIY KASBIY MASHQLAR

Fuqarolik aviatsiya xizmati mutaxassislarining mehnat sharoiti ham o‘ziga xosdir. Mexanik va radistlar yil davomida ochiq havoda har xil ob-havo sharoitida ishlaydilar. Ularning barcha faoliyati, asosan, 15 metr balandlikda, chegaralangan tayanch maydonida (narvonda) o‘tadi. Ishchi holati bir xil va noqulay (cho‘kka tushib o‘tirib, bukilgan holatda, qo‘llari yuqoriga ko‘tarilgan va hokazo), uzoq vaqt zo‘riqish bilan o‘tadi. Smena davomida muhandislar, texnik xodimlar, rahbarlar ko‘p yuradilar. Shuning uchun ularning mehnat sharoiti har tomonlama jismoniy tayyorgarlikni, asosiy muskul guruhlari kuchini, ayniqsa, maxsus chidamlilikni, uzoq vaqt davomida o‘ziga xos ishlarni bajara olish ko‘nikmasini, egiluvchanlikni talab qiladi.
Elektr tarmoqlarida ishlovchilar mehnati. Bu kasb egalaridan yuqori darajadagi jismoniy va ruhiy tayyorgarlik talab etiladi. Shuningdek, yuqoriga tirmashib chiqish, chegaralangan tayanch maydoni bo‘ylab siljish, yuklarni olib o‘tish, o‘zini o‘zi muhofaza qilish, chidamlilik, kuch, chaqqonlik, aniq harakat koordinatsiyasi va reaksiyasiga, jasurlik, vestibulyar barqarorlik, o‘zgaruvchan ob-havo sharoitida ishlash malakasiga ham ega bo‘lishi lozim.
Ko‘p yillik amaliyot va o‘tkazilgan sinovlarning ko‘rsatishicha, energiya tarmoqlarida ishlovchilar yuqori kasbiy salohiyatga erishishlari uchun alpinizm, gimnastika, sport o‘yinlari, yakka kurash, og‘ir atletika bilan doimiy shug‘ullanib turishlari kasbiyamaliy samara beradi.
ABT (avtomatik boshqarish tizimi), EHM mutaxassislarining mehnati o‘ziga xos bo‘lib, ular turli jihozlar yordamida ishlarni uzoq vaqt kuzatish va nazorat ishlari katta oqimida axborotlarni qayta ishlash va murakkab bo‘lgan harakatlarni tez va aniq hamda sezilarli darajada emotsional-irodaviy zo‘r berish bilan bajarishlari lozim.
Kasblar orasida doimiy qo‘l barmoqlari zo‘riqishi bilan ishlaydigan hisoblash mashinasi operatorlari, pianinochi, tikuvchi, telegrafchilar bor. Bunday kasb vakillarining barmoqlari doimiy zo‘riqish bilan ishlashi natijasida qo‘l muskullarida, panja va barmoq bo‘g‘inlarida og‘riq paydo bo‘ladi. Bunday holatlar yuz bermasligi uchun ishonchli vosita o‘zini o‘zi uqalash, maxsus jismoniy tayyorgarlik hisoblanadi. Ular chidamlilik, egiluvchanlik va barmoqlar harakatchanligining rivojlanishiga, inson ish qobiliyatining oshishiga ta’sir ko‘rsatadi.
O‘rta maxsus ta’lim muassasalari o‘quvchilari — bo‘lajak texniklar, operatorlar, pedagoglar, tibbiyot hamshiralari va boshqa kasb egalari — KAJTning asoslarini hamda jamoa bilan mashg‘ulotlarni uyushtirishni bilishlari muhimdir.

Download 26.58 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling