19
Intellektual-bilish malakalari
Bolalarning kuz faslida tabiatdagi o‗zgarishlar, kuzda ob-havo turlicha
bo‗lishi, bog‗ va poliz ekinlari
haqidagi tushunchalari, qushlar hayotiga
qiziqishlarini rag‗batlantirish.
Ijtimoiylashuv, kattalar va tengdoshlar bilan muloqot
Bolada tengdoshlari bilan o‗zaro samimiy, do‗stona
muloqotga kirishish,
bir-birini hikoyasini diqqat bilan, qiziqish bilan tinglash, o‗rtoqlariga nisbatan mehrli
munosabatda bo‗lishni tarbiyalash.
Kerakli jixozlar:
―Oltin kuz‖ mavzusida rasmlar
Ta'limiy faoliyatning borishi:
Tarbiyachi ta'limiy faoliyatning kirish qismida kuz faslida tabiatdagi o‗zgarishlar,
kuzda ob-havo turlicha bo‗lishi, ba'zan
kuz faslida quyosh nur sochib, osmon
musaffo va tiniq bo‗lishi, ba'zan osmon bulutlar bilan qoplanishi,
sovuq shamol
esishi, tez-tez yomg‗ir yog‗ishi, kuzda daraxtlarda barglar qizg‗ish-sariq tusga
kirishi, yerga to‗kilishi, qaldirg‗och, ko‗k qarg‗a, turna kabi qushlar uchib ketishi,
bog‗larda
kuzgi mevalar pishib yetilishi, paxtazorlarda paxtalar oppoq bo‗lib
ochilishi, dala va bog‗larda ish qizg‗in bo‗lishi, kuzgi meva, poliz ekinlari yig‗ib
olinishi haqida gapirib suhbatni boshlaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: