Qadimgi faylasuflarning tabiat haqidagi tushunchalari. O`rta va uyg`onish davrida biologiya fanlari ahvoli. Qadimgi Sharq va Yunon-Rim faylasuflarining tabiat haqidagi tushunchalari. Reja
Download 112.5 Kb.
|
1 2
Bog'liq2-seminar mavzusi
- Bu sahifa navigatsiya:
- Tabiat to’g’risida qadimgi sharq mamlakatlaridagi tasavvurlar
- Tabiat haqida qadimgi Yunoniston va Rimdagi tasavvurlar
Qadimgi faylasuflarning tabiat haqidagi tushunchalari. O`rta va uyg`onish davrida biologiya fanlari ahvoli. Qadimgi Sharq va Yunon-Rim faylasuflarining tabiat haqidagi tushunchalari. Reja: Tabiat to’g’risida qadimgi sharq mamlakatlaridagi tasavvurlar Tabiat haqida qadimgi Yunoniston va Rimdagi tasavvurlar XVIII-XIX asrlarda evolyutsion qarashlarning rivojlanishi. O’rta asrlarda O’rta Osiyoda tabiat haqidagi tushunchalarning rivojlanishi J. Kyuvening qiyosiy anatomiya va paleontologiyadagi ishlari. Hayvonlarning bir reja asosida tuzilganligi haqida E.Sent-Iler Kreatsionizm bilan transformizm o’rtasidagi kurash. Tabiat to’g’risida qadimgi sharq mamlakatlaridagi tasavvurlar Organik olamning tarixiy rivojlanishi haqidagi ta’limot XIX asr o’rtalarida yaratilgan bo’lsada, biroq evolyutsion ta’limotga doir ba’zi malumotlar, g’oyalar juda qadimgi davrlarga borib taqaladi. Organik olamning paydo bo’lishi to’g’risidagi tasavvurlar ko’p jihatdan tirik tabiatni bilish darajasiga bog’liq. Inson tabiatni ijtimoiy mehnat faoliyatining dastlabki qadamlaridanoq o’rgana boshlagan. Uning bu sohadagi tajribasi, bilimi foydali o’simliklarni topish va ekish, yovvoyi hayvonlarni ovlash va xonakilashtirish jarayonida tobora ortib borgan, takomillashgan. Keyinchalik bu bilimlar turli tarixiy davr va ijtimoiy formatsiyalarda amaliy biologiya, tibbiyot, qishloq xo’jalik sohasi bo’yicha sekin-asta kengaya borgan. Qadimgi sharq mamlakatlarida quldorlik bo’lsada, lekin bu vaqtda yozilgan ba’zi asarlarda olamning moddiyligi, tabiat qonunlarining tabiiy xarakteri va tirik mavjudotlarning tabiiy ravishda vujudga kelishiga mansub ayrim fikrlar uchraydi. Chunonchi, Qadimgi Misrda mashhur bo’lgan «Arfist qo’shig’i» nomli asarda jon abadiy emasligi, haqida fikr yuritiladi. Qadimgi misrliklarga ko’p shifobaxsh o’simliklar, davolash vositalari, gigiyena qoidalari ma’lum bo’lgan, jarrohlikning nisbatan yuksak rivoji esa anatomiya asoslarini bilishga imkon berdi. Qadimgi Misrda eramizdan 3000 yil muqaddam bug’doyning 3 turi, arpaning 3 turi, tariq, no’xat, zig’ir, tok va boshqa o’simliklar ekilgan. rivojlanish darajasi nisbatan yuqori ekanligidan dalolat beradi Hindistonliklarning eramizgacha bo’lgan davrdagi VIII asrda yozilgan «Hayot kitobi» nomli asarida olamning moddiyligi va uning 5 ta element (yer, suv, olov, havo, efir) dan iboratligi haqida fikr yuritiladi. Tirik tabiatni o’rganish ishlari tibbiyot talablariga mos ravishda olib borilgan. Shu sababli ular 760 ta xilma-xil shifobaxsh o’simlikni bilganlar. Murtakning rivojlanishi ustida olib borilgan dastlabki kuzatishlar ham qadimgi hindilarga tegishlidir. Bu o’sha davrda Hindistonda anatomiya, embriologiya kabi fanlarning. Qadimgi Xitoyda ham tabiatshunoslik birmuncha rivojlangan. Qishloq xo’jaligida almashlab ekish joriy etilgan. Yerlarni o’g’itlashda, sug’orishda birmuncha yutuqlar qo’lga kiritilgan. Eramizdan 3000 - 4000 yillar ilgari hayvonlarning yangi zotlarini (ot), o’simliklarning navlarini (manzarali o’simliklarni) chiqarishda tanlash usuli qo’llanilgan. Qadimgi Xitoy tibbiyotida qo’llanilgan davolash usullarining ba’zilari (ninaterapiya, kuydirish yo’li bilan davolash) hozirgacha ham ahamiyatini yo’qotgani yo’q. Eramizdan oldin 298 - 238 yillarda yashagan xitoylik faylasuf Syun Szi odam bilan hayvonlar o’rtasidagi farq haqida gapirib, inson aql-idrokka ega, jamiyatda yashab, o’z harakatlarini birlashtiradi, bu esa o’ziga qaraganda kuchliroq bo’lgan hayvonlar ustidan hukmronlik qilishga, ulardan o’z maqsadlarida foydalanishga imkon beradi, degan edi. O’simliklar bilan hayvonlar olamini xitoylar qadimdan o’rganganlar. Ularning klassifikatsiyasi eramizgacha bo’lgan ikkinchi asr oxiri birinchi asr boshlarida yashagan Djouli asarlarida uchraydi. U o’simliklarni 5 guruhga — danaklilar, qo’zoqlilar, sharbatlilar, yotib o’suvchilar va butalarga bo’lgan. Hayvonlar ham 5 gruppaga bo’lingan. Ular jun bilan qoplanganlar, qanotlilar, zirh bilan qoplanganlar, tangacha bilan qoplanganlar va chig’anoq bilan qoplanganlar deb nomlangan. Qadimgi xitoylarning tasavvuriga ko’ra, organizmlarda bir formaning boshqa formaga o’tishi nihoyatda turli-tumandir. Tabiat haqida qadimgi Yunoniston va Rimdagi tasavvurlar Qadimgi sharq madaniy merosi Qadimgi Yunoniston fani va madaniyati rivojiga o’z ta’sirini ko’rsatgan. Shu sababli ham Qadimgi Yunoniston tabiatshunos faylasuflaridan Fales, Anaksimandr asarlarida sharq diniy afsonalari bilan bir qatorda, tabiiy bilimlar asosida rivojlangan yangi ijtimoiy xo’jalik amaliyoti ham o’z ifodasini topgan. Ular barcha borliq asosida dastlabki materiya yotadi, tabiat doimo harakatda bo’ladi, o’zgaradi, degan g’oyani ilgari surdilar. Eramizgacha bo’lgan 530—470 yillarda yashagan Geraklit barcha borliq va tafakkur asosini qarama-qarshiliklar kurashi tashkil etadi, koinot yaratilmagan u olov, havo, suv va yerning bir-biriga aylanishi natijasidir, degan. Organizmlarning tabiiy ravishda vujudga kelishi g’oyasi keng o’rin oladi. Masalan, Fales barcha tiriklik suvdan, Anaksimen hayvonlar va odam dastlabki loyqadan, Anaksimandr esa hayvonlar namlikdan vujudga kelgan, odam dastlab baliqlarga o’xshagan ular esa o’z navbatida boshqa hayvonlar turidan paydo bo’lgan, degan fikrlarni quvvatlaganlar. Keyinchalik Qadimgi Yunon olimlaridan Levkipp (eramizgacha bo’lgan 500—440 yillar) va Demokrit (460—370 yillar) atomistik nazariyani yaratdilar. Bu nazariyaga ko’ra, koinot jismlari, Yer, undagi barcha borliq, shu jumladan, tirik organizmlar atomlardan tashkil topgan. Demokrit fikricha, namlik va loyqadan tabiiy yo’l bilan tirik organizmlar paydo bo’lgan. Eramizdan oldin V asrda yashagan vrach va shoir Empedokl (eramizgacha bo’lgan 483—423 yillar) tabiatning asosini 4 element (suv, yer olov va havo) tashkil etadi, ular doimiy, yo’qolmay bir-biriga qo’shiladi va yana ajraladi, deb e’tirof etgan. Shunday qo’shilish natijasi muvofiq va nomuvofiq bo’lishi mumkin. Organlarning bir-biri bilan muvofiq qo’shilishidan normal organizmlar paydo bo’ladi va ular yashayveradi, nomuvofiq qo’shilishidan esa anormal organizmlar vujudga kelib, ular tezda nobud bo’ladi. Yuqorida keltirilgan misollardan ma’lumki, qadimgi yunonlarda tabiat to’g’risidagi bilimlar cheklangan, tor doirada bo’lsada, lekin ular yirik falsafiy masalalarga yo’naltirilgan. Yunon olimlaridan Gippokrat (eramizgacha bo’lgan 460—477 yillar) va uning shogirdlari tibbiyot nazariyasini yaratishda biologiya bilimlaridan keng foydalanganlar va tajriba va kuzatishlar olib borganlar. O’sha davrda anatomiya-fiziologiya sohasidagi ma’lumotlar uncha puxta bo’lmasligiga hamda ichki organlarning tuzilishi va funksiyasi haqidagi tasavvurlarda kamchiliklar mavjudligiga qaramay, gippokratchilar biologiyaga oid ko’p masalalarni hal etishga harakat qildilar. Ayniqsa, Gippokratning irsiyatga doir fikrlari diqqatga sazovordir. Uning irsiyat haqidagi tasavvuriga ko’ra, erkak va ayolning urug’i butkul organizmdan hosil bo’ladi. Baquvvat organizmdan kuchli, nimjon organizmdan kuchsiz nasl rivojlanadi. Agar ota organizmning urug’i ona organizmnikiga qaraganda bir necha marta ko’p bo’lsa, nasl otaga, agar onaniki ko’p bo’lsa, onaga o’xshash bo’ladi. Qadimgi Yunonistonda tabiatshunoslikning rivojlanishi birinchi muallim nomini olgan Aristotel (eramizgacha bo’lgan 384—322 yillar) hayvonlar klassifikatsiyasining asosini tuzgan, qiyosiy anatomiya, embriologiya sohasida dastlabki fikrlarni bayon etgan hamda organlar korrelyatsiyasi va tabiatdagi asta-sekin rivojlanish to’g’risida ba’zi fikrlarni ilgari surgan. Uning fikricha, tabiat sekin-asta jonsiz narsalardan hayvonlar tomon rivojlanadi. Bu jarayonlar uzluksiz bo’lganligi uchun ular o’rtasidagi chegarani aniqlash qiyin. Aristotel — hayvonlarning 500 ga yaqin turini bilgan hamda hayvonot olamining klassifikatsiyasiga asos solgan olim. U hayvonlarni klassifikatsiyalashda ularning ayrim xossalariga emas, balki ko’p belgilariga e’tibor berish kerakligini e’tirof etgan. U barcha hayvonlarni 2 ta guruhga — «qonlilar» va «qonsizlar»ga bo’lgan. Bu guruhlar hozirgi «umurtqali» va «umurtqasiz» hayvonlarga to’g’ri keladi. «Қonlilar»ni 5 ta «katta avlod»ga ajratgan. Aristotelning katta avlodlari umurtqali hayvonlarning hozirgi sinflariga to’g’ri keladi. «Қonsizlar»dan unga faqat 130 tur ma’lum bo’lgan. Olimning uqtirishicha, bir qancha formalar (meduza, aktiniya, dengiz yulduzlari va bulutlar) tuzilishiga ko’ra, oraliq xarakterda bo’lib, bir tomondan, shilliq qavatlilarga, ikkinchi tomondan esa o’simliklarga yaqin turadi. Shuning uchun ham Aristotel ularni zoofitlar deb atagan. Aristotelning «Hayvonlar tarixi», «Hayvonlar tanasining qismlari haqida», «Hayvonlarning paydo bo’lishi haqida» nomli asarlarida klassifikatsiya asoslari, har bir hayvonlarning tuzilishini qiyoslash prinsiplari, antik embriologiya asoslari yoritilgan. U Aflotun idealizmini tanqid qilsada, materiya passiv, harakatlanish kuchiga ega emas, lekin unda aktivlik, rivojlanish imkoniyatlari bor, shu imkoniyatlarning ro’yobga chiqishi uchun shakllantiruvchi manba — entelexiya zarur, degan fikrni bayon etgan. Entelexiya bu ma’lum maqsadlarni ko’zlovchi sabab, rivojlanishning ichki maqsadlarini amalga oshiruvchi dastlabki kuchdir. Binobarin, Aristotelning tabiiy-ilmiy asarlari u materialistik oqim bilan idealistik oqim o’rtasidagi beqaror dualistik oqim ekanligidan dalolat berdi. Aristotelning «Hayvonlarning paydo bo’lishi» haqida nomli asarida chog’ishtirma anatomiya usulining ajoyib namunasini ko’rish mumkin. Uning uqtirishicha, embrion ma’lum izchillikda rivojlanadi, oldin zoofitlarga, keyin umuman hayvonlarga, so’ngra o’z turiga xos tuzilishga, belgilarga va nihoyat shaxsiy xossalarga ega bo’ladi. Bu muloxaza bo’lajak organizmning belgi-xossalari urug’ yoki tuxumda oldindan shakllangan bo’ladi, degan g’oyaga Aristotel qarshi ekanligidan dalolat beradi. Shunga o’xshash misollarga asoslanib, olim barcha hayvonot olamining tuzilishi bir ekanligini ta’kidlaydi. Uning qayd qilishicha, qonli hayvonlarning hammasida ichki organlar o’zaro o’xshash va bir xilda Aristotelning shogirdlaridan biri bo’lgan Teofrast (eramizgacha bo’lgan 372—287 yillar) botanika sohasida diqqatga sazovor ishlar qilgan. U o’simliklarning 400 dan ortiq turini o’rganib, ularning organlari tuzilishini, fiziologiyasini tasvirlab bergan hamda o’simliklarning joylashgan bo’ladi. Odam bilan to’rt oyoqli hayvonlar tuzilishida ham o’zaro o’xshashlik mavjud. Bir organda yuz bergan o’zgarish, boshqa organda ham o’zgarish vujudga keltiradi. Harakat bir xil formalarning abadiy o’rin almashinishidan iborat. Lekin organik olamning evolyutsiyasi tabiiy tarixiy jarayon ekanligi haqidagi g’oya Aristotel uchun yotdir. Yer yuzida asta-sekin yangilanish jarayoni ham ro’y beradi. amaliy ahamiyati haqidagi ma’lumotlarni to’plagan. Teofrast o’simliklarning bir turi boshqa turga aylanishi mumkin, degan fikrni quvvatlagan. Levkipp va Demokritning izdoshi bo’lgan Epikur (eramizgacha bo’lgan 341—270 yillar) barcha organizmlarning tanasi mayda, bo’linmas atom zarrachalaridan iborat. Ularning qo’shilishi va ajralishi tufayli olam vujudga keladi va yo’qoladi. Jon ham atomlardan tashkil topgan.Tabiatdagi hamma narsa tabiiy sabablarga ko’ra ro’y beradi, degan fikr bilan maydonga chiqadi. Epikurning tabiat haqidagi falsafiy qarashlarida rivojlanish g’oyasining elementlari uchraydi. Eramizdan oldin tabiiyot fani Rimda ham birmuncha rivojlangan. Epikurning izdoshi Lukretsiy Kar (eramizgacha bo’lgan 99—55 yillar) tabiatga antiteleologik jihatdan yondashgan. U falsafadagi afsonaviy qarashlarga qarshi chiqib, tabiat doimo rivojlanishini, unda sifat o’zgarishlari ro’y berishini birinchi mualliflar qatori e’tirof etgan. Agar Qadimgi Yunon falsafasi harakat bir xil formalarning ma’lum doira ichidagi o’rin almashinishidan iborat deb tushungan bo’lsa, Lukretsiy harakat ma’lum davrda ro’y beradigan tarixiy o’zgarishlardan iborat, deb qayd qilgan. U bir tur boshqa turga aylanishini tan olmasa-da, lekin tabiatda moslashmagan organizmlar nobud bo’lishini, o’zi va naslini oziq bilan ta’minlaydigan, dushmanlardan himoya qila oladigan organizmlar yashab qolishini ta’kidlagan edi. Lukretsiyning «Moddalar tabiati to’g’risida» degan asarida grek falsafasining barcha ijodiy tomonlari o’z ifodasini topgan. Unda keyinchalik rivojlangan barcha dunyoqarash tiplari murtak holida bayon etilgan. Lukretsiy Aristotel teleologiyasiga qarama-qarshi pozitsiyada turgan. Shunday qilib, qadimgi zamon tabiatshunos faylasuflari kelajak fanlarning rivoji uchun zarur bo’lgan bir qator xulosalarni ilgari surganlar. Ular dunyo qanday bo’lsa, uni xuddi shunday anglashni, dunyoning birligi va umumiyligi haqidagi g’oyani targ’ib etganlar. Download 112.5 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
1 2
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling