Mutaxassislarini
Maktabgacha ta’lim vaziri A. ShIN
Download 53.5 Kb.
|
1 2
Bog'liqJalilova Farida huquq
- Bu sahifa navigatsiya:
- Ichki ishlar vaziri P. BOBOJONOV
Maktabgacha ta’lim vaziri A. ShIN
Toshkent sh., 2020-yil 17-dekabr, 15-son Sog‘liqni saqlash vaziri A. XADJIBAYEV Toshkent sh., 2020-yil 9-dekabr, 138-son Kelishildi: Qurilish vaziri B. ZAKIROV 2020-yil 23-noyabr Favqulodda vaziyatlar vaziri T. XUDAYBERDIYEV 2020-yil 24-noyabr Ichki ishlar vaziri P. BOBOJONOV 2020-yil 30-noyabr O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha ta’lim vazirligining 2020-yil 17-dekabrdagi 15-son va Sog‘liqni saqlash vazirligining 2020-yil 9-dekabrdagi 138-son qaroriga ILOVA “Maktabgacha ta’lim muassasalarida bolalarning hayoti va sog‘lig‘ini muhofaza qilishni tashkil etish tartibi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi qarorga kiritilayotgan o‘zgartirishlar 1. Qarorda: a) nomi va 1-banddagi “muassasalarida” degan so‘z “tashkilotlarida” degan so‘z bilan almashtirilsin; b) muqaddimadagi “O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 30-sentabrdagi PQ-3305-son “O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha ta’lim vazirligi faoliyatini tashkil etish to‘g‘risida”gi qaroriga muvofiq” degan so‘zlar “O‘zbekiston Respublikasining “Maktabgacha ta’lim va tarbiya to‘g‘risida”gi Qonuni va O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 30-sentabrdagi PQ-3305-son “O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha ta’lim vazirligi faoliyatini tashkil etish to‘g‘risida”gi qaroriga muvofiq” degan so‘zlar bilan almashtirilsin. 2. Ilovada: a) nomidagi “muassasalarida” degan so‘z “tashkilotlarida” degan so‘z bilan almashtirilsin; b) muqaddima quyidagi tahrirda bayon etilsin: “Mazkur Nizom O‘zbekiston Respublikasining “Maktabgacha ta’lim va tarbiya to‘g‘risida”gi Qonuniga muvofiq davlat maktabgacha ta’lim tashkilotlarida (bundan buyon matnda maktabgacha ta’lim tashkiloti deb yuritiladi) tarbiyalanuvchilarning hayotini muhofaza qilish va sog‘lig‘ini mustahkamlashni tashkil etish tartibini belgilaydi.”; v) 1-band quyidagi tahrirda bayon etilsin: “1. Maktabgacha ta’lim tashkilotida bolalarning hayotini muhofaza qilish va sog‘lig‘ini mustahkamlash maktabgacha ta’lim tashkilotining pedagog va tibbiyot xodimlari, shuningdek maktabgacha ta’lim tashkilotiga hududiy sog‘liqni saqlash organlari tomonidan biriktirilgan tibbiyot xodimlari tomonidan amalga oshiriladi.”; g) 2-banddagi “muassasasi rahbari” degan so‘zlar “tashkiloti direktori” degan so‘zlar bilan almashtirilsin; d) 3-banddagi “maktabgacha ta’lim muassasalariga qabul qilishda davlat maktabgacha ta’lim muassasasi rahbari” degan so‘zlar “maktabgacha ta’lim tashkilotlariga qabul qilishda davlat maktabgacha ta’lim tashkiloti direktori” degan so‘zlar bilan almashtirilsin; e) 2 va 3-boblarning nomi, 4, 7, 12 va 20-bandlardagi “muassasasida” degan so‘z “tashkilotida” degan so‘z bilan almashtirilsin; j) 5 va 13-bandlardagi “muassasasining” degan so‘z “tashkilotining” degan so‘z bilan almashtirilsin; z) 6-bandning birinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin: “6. Tarbiyalanuvchi maktabgacha ta’lim tashkilotida bo‘lgan vaqtda sog‘lig‘ining yomonlashuvi, shuningdek boshqa noxush holatlar kuzatilgan hollarda maktabgacha ta’lim tashkiloti xodimlari tomonidan zudlik bilan tibbiyot hamshirasiga, shuningdek tarbiyalanuvchining ota-onasiga yoki ularning o‘rnini bosuvchi shaxslarga xabar beriladi. Bunda tarbiyalanuvchining ota-onasi yoki ularning o‘rinini bosuvchi shaxslar yetib kelgunga qadar tibbiyot xodimi tomonidan birinchi tibbiy yordam ko‘rsatilishi lozim.”; i) 8, 10 va 16-bandlardagi “muassasasi” degan so‘z “tashkiloti” degan so‘z bilan almashtirilsin; k) 9-band quyidagi tahrirda bayon etilsin: “9. Tarbiyalanuvchilar uchun maktabgacha ta’lim tashkiloti hududidan tashqarida sayr yoki ekskursiyalar rejalashtirilganda maktabgacha ta’lim tashkiloti direktori hamda tarbiyalanuvchilarning ota-onalari yoki ularning o‘rnini bosuvchi shaxslar xabardor qilinishi shart.”; l) 11-banddagi “muassasasiga” va “muassasasidan” degan so‘zlar tegishlicha “tashkilotiga” va “tashkilotidan” degan so‘zlar bilan almashtirilsin; m) 14-banddagi “muassasasining” va “muassasasida” degan so‘zlar tegishlicha “tashkilotining” va “tashkilotida” degan so‘zlar bilan almashtirilsin; n) 15-banddagi “muassasalarida” va “muassasasi” degan so‘zlar tegishlicha “tashkilotlarida” va “tashkiloti” degan so‘zlar bilan almashtirilsin; o) 17-banddagi “muassasasining” va “muassasasiga” degan so‘zlar tegishlicha “tashkilotining” va “tashkilotiga” degan so‘zlar bilan almashtirilsin. 3. Mazkur o‘zgartirishlar O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi, Qurilish vazirligi va Favqulodda vaziyatlar vazirligi bilan kelishilgan. (Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 11.01.2 Download 53.5 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
1 2
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling