Mutaxassisligi magistranti Ro’zmetov Xursandbek Hayitboyevichning magistrlik dissertasiyasiga rahbar xulosasi mavzu


Download 60.7 Kb.
bet3/3
Sana17.06.2023
Hajmi60.7 Kb.
#1521510
1   2   3
Bog'liq
Taqrizlar

TAQRIZ

Mavzu: Tuyamo'yin o’zan suv ombori loyqa bosishini O’ng qirg’oq suv olish inshooti ishlashiga ta’siri.
Mavzuning dolzarbligini, tarkibi va ahamiyatini asoslash: Mazkur dissertatsiya ishi Tuyamo’yin O’zan suv ombori loyqa bosishini O’ng qirg’oq suv olish inshooti ishlashiga bo’lgan ta’sirini o’rganishga qaratilganligi bilan dolzarbdir. Mazkur inshootda bugungi kunda ahvol juda yomonlashayotganligi sababli uning loyqa bosish holatini dala sharoitlarida o’rganish va tahlil qilish zarur ekanligi bilan ham ushbu dissertatsiya amaliy ahamiyatga ega hisoblanadi.
2. Ishda foydalanilgan adabiyotlarga baho berish: Magistrlik dissertasiyasini bajarishda Prezident va hukumat qarorlari, Suv xo’jaligi vazirligi ma’lumotlaridan, texnik adabiyotlardan, “Tuyamo’yin gidrouzelidan foydalanish boshqarmasi” ma’lumotlaridan, loyihalash institutlari loyihaviy materiallaridan, me'yoriy hujjatlardan va informasion manbaalardan, internet ma’lumotlaridan yetarli darajada, to’g’ri va o'rinli foydalanilgan.


3. Ilmiy munozara yuritish qobiliyatiga baho berish:
Ishlarni bajarish, texnologik jarayonlarini tanlash va ularni ekspluatasiya qilishda ilmiy munozara yuritish elementlari bor.


4. Xulosa va takliflarning aniqliligi va dalillarning asoslanganligi:
Mazkur ishdagi xulosa va takliflar aniq ob’yektlar uchun, me'yoriy hujjatlar
bo’yicha bajarilgan texnologik hisob kitoblarga asoslanib ishlab chiqilganligi sababli ushbu magistrlik dissertatsiyasi aniq va dalillarga asoslangan hisoblanadi.


5. Jadval va grafiklar, chizmalar sifatiga berilgan baho, ishni rasmiylash tirishning talab darajasiga javob berishi: Magistrlik dissertasiyasida jadvallar, sxemalar va chizmalar yuqori saviyada rasmiylashtirilgan. Chizma va sxemalar asosan kompyuter dasturlarida bajarilgan. MD yozuv-matn qism, kirish, I-bob. Tuyаmо’yin о’zаn suv оmbоri vа О’ng qirg’оq suv оlish inshооtining jоylаshishi vаzifаlаri vа аhаmiyаti, 2-bob Tuyаmо’yin о’zаn suv оmbоri О’ng qirg’оq kаnаlining lоyqа bоsish sаbаblаri vа bugungi kundаgi jоriy hоlаti 3-bob Dаlа kuzаtuvlаri nаtijаlаri, tаhlili vа mаzkur muаmmоning yеchimi bо’yichа tаvsiyаlаr, umumiy xulosalar va takliflar foydalanilgan manbaalar ro'yxati va ilovalardan iborat bo'lib, talab darajasida rasmiylashtirilgan va asosiy natijalar bo'yicha slaydlar yordamida taqdimot va avtoreferat tayyorlangan
6. Ishdagi kamchiliklar: 1. Jadvallarda mayda xatoliklar mavjud, 2. Kanal ko’ndalang kesimi chizmasida kamchiliklar bor, chizma sifati qoniqarli emas.
7. Muallifning qaysi taklifini ishlab chiqarishga joriy etish maqsadga muvofiq:
Xulosa qismidagi tavsiyalarni ishlab chiqarishga joriy qilish mumkin.
8. Ishning qo'yilgan talab darajasiga mos kelishi to'g'risida umumiy xulosa:
Umumiy xulosa qilib aytganda, mazkur ishda topshiriq varaqasida belgilangan barcha vazifalar to’la yoritilgan, qo’yilgan maqsadga erishilgan, matn va chizmalar yukori darajada rasmiylashtirilgan. Magistrlik dissertasiyasi rasmiy himoyaga tayyor.
Rasmiy himoyadan so'ng, X. Ro’zmetovga 70730901 «Gidrotexnika inshootlari» mutaxassisligi bo’yicha magistr akademik darajasi berilishi tarafdoriman.

Taqrizchi: “TAQU” “Gidrotexnika inshootlari, zamin va poydevorlar” kafedrasi professori ___________ X.Fayziyev



11. 05. 2022 y.
Toshkent-2023
Download 60.7 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling