Mutaxassislik fanlari bo‘yicha magistraturaga kirish sinovi dasturlari va baholash mezonlari


Download 0.65 Mb.
bet7/22
Sana14.03.2023
Hajmi0.65 Mb.
#1268589
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   22
Bog'liq
Биология Дастур магистр ўзбек 1

3-QISM. GENETIKA


Genetika” faniga kirish.
Genetika fanining predmet va vazifalari. Genetika fanining rivojlanish bosqichlari.Irsiyat va o’zgaruvchanlik qonuniyatlarining ochilishi, fanning rivojlanish tarixi. Biologiya fanlari tizimida genetikaning o’rni. O‘zbekistonda genetik tadkikotlarning yo’lga qo’yilishi va zamonaviy genetikaning rivojlanishi. Genetika fanining asosiy usullari. Genetika fani tarmoqlarining klassifikatsiyasi.
Gen, genom va genetik tahlil.
Gen va genom haqida tushincha. DNK strukturasi va funktsiyasi. Genetik xilma-xillik. DNK replikatsiyasi va rekombinatsiyasining molekulyar biologiyasi. Transmission genetika. Segrigatsiya printsplari. Genetik tahlil qilishning xillari va tahlilning ahamiyati.
G.Mendel kashf etgan irsiylanish qonunlari.
Belgilarining monoduragay, diduragay va poliduragay chatishtirish natijasida olingan F1, F2 avlodlarda irsiylanish qonunlari. F1 duragaylarining bir xilligi yoki dominantlik qonuni. F2 duragaylarida belgilarning ajralish qonuni. Tahliliy chatishtirish va gametalar sofligi gipotezasi. Diduragay va poliduragay chatishtirishdan olingan F2 avlodlarda belgilarning mustaqil holda irsiylanishi. Ikkinchi avlodda ajralishning statistik tahlili. Bir belgi bo’yicha to’liq, ikkinchi belgi bo’yicha to’liqsiz dominantlik holatida belgilarning irsiylanishi. Triduragay chatishtirishda ikkita belgining to’liq va bitta belgining to’liqsiz dominantlik holatida belgilarning irsiylanishi. Mendel konunlarining tsitologik asoslari.
Allel va noallel genlar va ularning o’zaro ta’sirida belgilarning irsiylanishi.
Bir gen allellarining o’zaro ta’sirida belgilarning irsiylanishi. Noallel genlarning o’zaro ta’sirining kopmplementar, epistaz, polimeriya tipida belgilarning irsiylanishi. Strukturaviy va modifikatsion genlar. Pleyotropiya. Mikdoriy belgilar genetikasi. Mikdoriy belgilarning irsiylanishiga ko‘ra genetik tahlillar. Noallel genlar o’zaro ta’sirining kombinirlangan (jamlangan) tipdagi ta’sirida mikdor belgilarining irsiylanishi.

Download 0.65 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   22




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling