Mutaxassislik fanlari bo‘yicha magistraturaga kirish sinovi dasturlari va baholash mezonlari
Download 0.65 Mb.
|
Биология Дастур магистр ўзбек 1
- Bu sahifa navigatsiya:
- Taqrizchilar
KIRISH Imtixon dasturi 5140100-Biologiya kunduzgi ta’lim yo‘nalishi bitirgan talabalarning 5A140-Biologiya mutaxassisligi bo‘yich magistraturaga o‘qishga kiruvchilar uchun “Botanika”, “Zoologiya”, “Genetika”, “Odam va hayvonlar fiziologiyasi” fanlari bo‘yicha egallagan bilim va malakalarini baholash uchun tuzilgan. Botanika fanining biologiya fanlari tizimidagi o‘rni. O‘simliklar hujayrasi, o‘simliklar to‘qimalari, vegetativ va generativ organlari, changlanish va urug‘lanish jarayonlari, mevaning hosil bo‘lishi, tarqalishi o‘simliklarning hayotiy shakillari, tuban o‘simliklar - suv o‘tlari, zamburug‘lar va lishayniklar, yuksak o‘simliklar sistematikasi - tur, turkum, oila, o‘simliklarning tabiatdagi va inson hayotidagi ahamiyati, o‘simlik jamoalari, fitotsenozning tuzilishi va o‘zgarishi, o‘simliklar qoplamining klassifikatsiyasi. Yuksak o‘simliklarning hozirgi zamon sistemalari. Yuksak o‘simliklar sistematik guruhlarining ierarxiya printsipi. Sistematik (taksonomik) birliklar to‘g‘risida tushuncha. Xalqaro botanika nomenklatura Kodeksi. Zoologiya fanining ob’ektlari va predmeti. Fanning maqsad va vazifalari. Zoologiya fanining boshqa fanlar tizimida tutgan o‘rni. Fanning rivojlanishidagi asosiy bosqichlar va uning shakllanishiga katta hissa qo‘shgan olimlar. O‘zbekistonda zoologik tadqiqotlarning rivojlanishi. Hayvonlarning hozirgi zamon zoologik sistematikasi, asosiy sistematik birliklar. Genetika fanining predmeti, vazifalari va tadqiqot metodlari, rivojlanishining qisqacha tarixi, irsiylanish va irsiyat qonuniyatlari, irsiyatning xromosoma nazariyasi; irsiyatning molekulyar genetik asoslari, o’zgaruvchanlik va uning tiplari, populyatsion va evolyutsion genetika asoslari; odam genetikasi, tibbiyot genetikasi masalalari. Odam va hayvonlar fiziologiyasi fanining predmeti, vazifalari va tadqiqot metodlari, rivojlanishining qisqacha tarixi, odam va hayvonlar organizmi gomeostazini ta’minlovchi nerv va gumoral boshqaruv mexanizmlar, organizm faoliyatining yashash tarzi va muhitga bog‘liqligi. Download 0.65 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling