Malakaviy amalimyot jarayonda talabalar quyidagi ishlarni bajarishlari lozim:
Malakaviy amaliyot o‘tkazgan talim muassasalaridagi o‘quvchilar tarkibi bilan tanishish, ularning tayyorgarligi (meditsina kartochkasi, shaxsiy gigiena buyumlari, kerakli buyumlar, o‘quv mashg‘ulot qurollari va hokazolar. Bilan taminlanganligi) aniqlaydilar;
Har bir bolaning shaxsiy qiziqishi va xususiyatlarni aniqlash, kundalik haftalik, ish rejalar tuzish;
Bolalar bilan mustaqil ishlash, ularni turli ko‘rsatmalr bilan tanishtirish, guruh to‘grarak majlisi, turli ko‘rik musobaqalar, ertalabki saflanishni o‘tkazish ishlarini tashkil etish;
Turistik yurishlar uyushtirish va o‘tkazish. Bu jarayonda joyni to‘g‘ri va aniq belgilash ko‘nikmalarini egallash;
Turli ijtimoiy - siyosiy, manaviy axloqiy mavzularda suhbatlar o‘tkazish vaqtli matbuot, radio, televidenie eshittirishlari bilan tanishtirsh, sport o‘yinlari, taniqli olimlar, shoirlar, sportchilar, mehnat faxriylari bilan uchrashuvchilar tashkil etish;
Yaqin atrofdagi ishlab chiqarish korxonalari, xo‘jliklardagi mehnat jarayonlari bilan tanishtirish;
Tabiatga sayr qildirish, jonli tabiat bilan tanishtirish, jonliburchaklar tashkil etish, o‘lkashunoslik materiallari, o‘simlikllardan namunalar yig‘ishga o‘quvchilarni o‘rgatish;
Bolalar yoshiga mos turli o‘yinchoqlar yasash, o‘yinlar o‘tkazish;
Maktabdan tashqari talim muassalari va oromgoh ichki tartib qoidalariga rioya qilish, tozalik va ozodalikka etibor berish, navchilar ishini tashkil qilish
Muassasa kengashlarida ishtirok etish;
Ishchi qog‘ozlar, hujjatlar bilan tanishish va ularni yuritishni o‘rganish.
Do'stlaringiz bilan baham: |