Mutaxassislik fanlaridan o‘quv va malakaviy pedagogik amaliyotni tashkil etish va o‘tkazishning ilmiy-nazariy asoslari
Talabalarning malakaviy amaliyot jarayonida bajargan ishlarini hisobga olish va baholash
Download 154.61 Kb.
|
Mirzayeva Baxtiniso
- Bu sahifa navigatsiya:
- Amaliyot rahbarining majburiyatlari
- Metodistlarning vazifalari
Malakaviy amaliyot davrida talabalar olib borgan o‘quv-tarbiyaviy ishlari, kuzatishlari bo‘yicha kundalik daftar yuritadilar. Unda amaliyot dasturi bo‘yicha olingan topshiriqlarning bajarilishi xaqidagi ma’lumotlar, o‘quv-pedagogik tavsifnomaga taalluqli ma’lumotlar ifodalanadi. Amaliyot yakunida hisobotlar tayyorlashda talabalar daftardan foydalanadilar. Malakaviy amaliyotining yakuniga bag‘ishlab o‘quv yurtida yakuniy konferensiya o‘tkaziladi. Amaliyot rahbarining majburiyatlari Dastur asosida ishchi reja tuzish; Amaliyot o‘tkazilayotgan muassasa va tashkilotga muntazam qatnab turish; Talaba-amaliyotchilar tomonidan mazkur ishchi dastur talablarining bajarilishini nazorat qilish; Talabaning amaliyot talablariga munosabati va ongli mehnat intizomini nazorat qilish; Maktab direktori, ilmiy bo‘lim mudiri, tarbiyaviy ishlar tashkilotchisi, ilg‘or o‘qituvchi va murabbiylarning maslahatlarini olish hamda ular bilan suhbat uyushtirish; Talabaning ona tili va adabiyot, odobnoma darslarini kuzatish va maslahatlar berish; Talabalarning amaliyotga doir hujjatlari bilan tanishish va o‘rgatish; Tegishli jurnal yuritish, talabaning amaliyot bo‘yicha hisoboti, tavsifnomasini o‘rganish, pedagogik kengashda qatnashish, reyting nazoratini tashkillash hamda kafedra, fakultet dekanatiga hisobot yozish. Metodistlarning vazifalari: Malakaviy amaliyotning maqsadi va mazmunini talabalarga tushuntirish. Malakaviy amaliyot rahbari va kafedralar tomonidan tayinlangan metodistlarning maslahatlari va ko‘rsatmalarini eshitish. Tashkilot va muassasalar bilan umumiy tanishish, fan xonalarini kirib ko‘rish. Maktab rahbarlari, o‘qituvchilari jamoasi, sinf rahbarlari bilan tanishish, suhbatlashish. Amaliyotchilarni sinflarga taqsimlash, mutaxassislik darslarini kuzatish. Ta’lim muassasalarida davlat o‘quv rejalari va dasturlarning bajarilishi, dars jadvali to‘g‘risida maktab ilmiy bo‘lim mudiri bilan suhbat. Pedagogik amaliyot burchagini tayyorlatish, uning mazmuni qanday shaklda bo‘lishi yuzasidan metodik ko‘rsatma berish. Tajribali o‘qituvchi va mutaxassislar bilan shu fanlarni o‘tish usullari haqida suhbat tashkil qilish. Tajribali o‘qituvchilarining darslarini kuzatish va uni tahlil qilish. Amaliyotchilarning darslarini kuzatish, tahlil qilib borish, metodik maslahatlar berish. Tayyorlangan ko‘rgazmali qurollar sifatini tekshirib borish. Iqtidorli o‘quvchilarni aniqlash, ularni olimpiadalarga tayyorlanishiga ko‘maklashish. Bo‘sh o‘zlashtiruvchi o‘quvchilar bilan ishlash yo‘llarini o‘rgatish. Amaliyot davomida metod birlashma ishida qatnashish. Metod birlashma hujjatlari bilan tanishish. Fanga oid kechalar uyushtirishlarini nazorat qilish, turli tadbirlar o‘tkazishga undash. Malakaviy amaliyot yakuniga bag‘ishlangan konferensiya o‘tkazish kunini belgilash va ishtirok etish. Malakaviy amaliyotga aloqador hujjatlarni tahlil etish. Pedagogik amaliyot yuzasidan talabalarning ishini baholash. Pedagogik amaliyot yig‘ilishiga doir hisobotlar yozdirish va kafedraga topshirish. Pedagogik amaliyotga bag‘ishlangan konferensiyada amaliyotchilar ishi yuzasidan so‘zga chiqish. Amaliyotchilar hujjatlari asosida ko‘rgazma tashkil etish. Download 154.61 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling