Mutaxassislik fanlaridan o‘quv va malakaviy pedagogik amaliyotni tashkil etish va o‘tkazishning ilmiy-nazariy asoslari


Sinov darsining o‘ziga xos xususiyatlari


Download 154.61 Kb.
bet32/42
Sana18.02.2023
Hajmi154.61 Kb.
#1210321
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   42
Bog'liq
Mirzayeva Baxtiniso

Sinov darsining o‘ziga xos xususiyatlari
3.2-jadval




3.3 Darsni kuzatish, tahlil qilish turlarining
qisqacha tavsifnomasi
Dars tahlili – o‘quv-tarbiya jarayonini takomillashtirish va uni yuksak darajaga ko‘tarishga qaratilgan faoliyatdir.
Dars tahlilining tiplari:
To‘la tahlil –o‘quv-tarbiya jarayonini tashkil qilish sifatini nazorat qilish va o‘qituvchilarning ish uslubini o‘rganish maqsadida o‘tkaziladi.
Qisqa tahlil –uning sifatini umumiy baholash maqsadida o‘tkaziladi.Faqat asosiy didaktik kategoriyalarni (darsda asosiy maqsadlarning amalga oshirilganligi, barcha bilish topshiriqlarning bajarilganligi, rejaning bajarilganligi) nazarda tutadi.
Kompleks tahlil darsning maqsadi, uslubi, mazmuni, uni tashkil qilish shakllarining har tomonlama birlikda va o‘zaro bog‘liqlikda ko‘rib chiqishni nazarda tutadi.
Aspektli tahlil – dars tahlilining biror bir turini mo‘ljallaydi. Bu asosan nuqsonlarni aniqlash yoki o‘qituvchi faoliyatining ilg‘or pedagogik usullarini aniqlash maqsadida qo‘llaniladi.
Dars tahlilining turlari - Dars tahlilining turlariii quyidagi to‘rt guruhga bo‘lish mumkin: ilmiy tahlil, uslubiy tahlil, didaktik (ta’limiy) tahlil, umumpedagogik tahlil.
Ilmiy tahlil. Ilmiy tahlil berilayotgan bilimlarning ilmiy-nazariy jihatini, o‘quvchi bajarayotgan mustaqil ishning esa maqsadga yo‘nalishi jihatidan to‘g‘riligini aniqlash demakdir. Darsning ilmiy tahlilida asosan quyidagilarga e’tibor berish talab etiladi:
a) qoida va ta’riflarning to‘g‘ri bayon etilishi;
b) mavzuga nisbatan o‘qituvchining ilmiy va ijodiy yondashishi;
v) o‘qituvchi va o‘quvchining nutq madaniyati;
g) darslik materiallarini qo‘shimcha adabiyot materiallari bilan boyitish va o‘quvchi bajarayotgan mustaqil laboratoriya ishlarining maqsadga muvofiq yo‘nalishi;
d) o‘quvchi xulosasining ilmiy jihatdan to‘g‘ri, qisqa va mukammal bayon etilishining nazorat qilinishi;
y) o‘quv fanining o‘ziga xos xususiyatlari;
Darsni ilmiy tahlil etishda o‘quvchi va o‘qituvchi faoliyati chuqur o‘rganilmog‘i zarur. Qoida va ta’riflarning to‘g‘ri bayon etilishi va mavzuga ilmiy yondashish bir-biridan ajralmagan holda tahlil qilinishi kerak, ular bir-birini to‘ldiradi. Ilmiy tushuncha, qoida, ta’rif, nazariy bilimlar, malaka va ko‘nikmalarga o‘quvchilar tomonidan berilgan javoblar, o‘quvchilar faolligi ham tahlilda aks etishi lozim.
Qoida, ta’riflarning to‘g‘ri bayon etilishi ko‘p jihatdan o‘qituvchi nutqining ravonligiga, talaffuzidagi aniqligiga bog‘liqdir.

Download 154.61 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   42




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling