Dars o‘quv maqsadi: talabalarga hujjatlar matnining o‘ziga xos xususiyatlari. Sodda hujjatlar. Murakkab hujjatlar. Rasmiy hujjatlar. Xizmat hujjatlari. Tashkiliy hujjatlar. Farmoyish hujjatlar. Shaxsiy hujjatlar. Hujjat tili va uslublarihaqida ma’lumot berish
Tushunchalar va tayanch iboralar: Hujjatlar matnining o‘ziga xos xususiyatlari. Sodda hujjatlar. Murakkab hujjatlar. Rasmiy hujjatlar. Xizmat hujjatlari. Tashkiliy hujjatlar. Farmoyish hujjatlar. Shaxsiy hujjatlar. Hujjat tili va uslublari.
Asosiy savollar:
Xujjat turlari. Ichki xujjatlar, tashqi xujjatlar
Soda va murakkab xujjatlar
Ish yuritish tili va uslubiga rioya qilish
Asosiy o‘quv materiali qisqacha bayoni:
Ma’lumki, hujjatlar har xil va miqdoran juda ko’p. Hujjatlarning maqsadi, yo’nalishi, hajmi, shakli va boshqa bir qator sifatlari ham turlichadir. SHunday ekan, hujjatlar turiga, tiliga, mazmuniga, hujjatlarning tegishliligiga, ularning tayyorlanish xususiyati va qoidalariga, hujjatlarning xizmat mavqeiga qarab qo’yiladigan umumiy talablar bilan bir qatorda har bir turkum hujjatlar oldiga qo’yiladigan ko’pgina til talablar ham mavjud. Muayyan turdagi hujjat, albatta, o’ziga xos til xususiyat va sifatlar bilan belgilanadi. Bu xususiyat va chuqur tasavvur qilmasdan turib, mukammal hujjatchilikni yaratish haqida gap ham bo’lishi mumkin emas. SHuning uchun bu o’rinda hujjatlar tasnifi masalasi alohida ahamiyat kasb etadi.
Hozirgi hujjatshunoslikda hujjatlar bir necha jihatlarga ko’ra tasnif qilinadi. Tasniflashda garchi mutlaqo bir xil guruhlashtirish mavjud bo’lmasada, har qanday, bir qadar yagonalashgan guruhlashtirish bor.
Hujjatshunoslikdagi ana shu an’anaga ko’ra ish yuritish (munshoot)dagi hujjatlar eng avvalo yaratilish o’rniga ko’ra tasnif qilinadi, bu jihatdan ichki va tashqi hujjatlar farqlanadi. Ichki hujjatlar ayni tashkilotning o’zida tuziladigan va shu tashkilot ichida foydalaniladigan hujjatlardir, muayyan tashkilotga boshqa tashkilot yoki ayrim shaxslardan keladiganlari esa tashqi hujjatlardir. Korxonalarda hilma-hil va turli-tuman xujjatlardan foydalaniladi. Ularni quyidagicha turkumlash mumkin. (13.3-jadval).
Do'stlaringiz bilan baham: |