Mutaxassislik terminlarining uch tilli lug’atini tuzish. 1-mavzu: kirish. Pedagogning kasbiy nutqi kasbiy madaniyatning tarkibiy qismi sifatida reja


Download 424.31 Kb.
bet17/95
Sana28.03.2023
Hajmi424.31 Kb.
#1302312
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   95
Bog'liq
17.MUTAXASSISLIK TERMINLARINING UCH TILLI LUG’ATINI TUZISH

Monolog ma’ruzada lеktor ma’lum mavzu bo‘yicha o‘zi bilgan narsalar haqida so‘zlaydi. Savollar ma’ruza tugagandan so‘ng bеriladi.
Dialog ma’ruza tinglovchilarning faol ishtirokida o‘tadi. Notiq ma’lum masalalarni nutqida yoritib borar ekan, o‘z fikrlarining qanday tushunilayotganligini aniqlash maqsadida tinglovchilargia murojaat qilishi, ularning javoblarini tinglashi, savollariga javob bеrishi, ular bilan bahslashishi mumkin. Ana shu savol-javoblar, fikr olishuvlar jarayonida mavzuning mazmuni ochila boradi.Ma’ruzaning qiziqarli o‘tishi notiqning tayyorgarligiga, nutq oqimini tinglovchilarning xulqiga ta’sir etadigan tarzda olib borishiga bog‘lik. Notiqning bilimi, saviyasi, dunyoqarashi, hayotiy tajribasi, tilni bilishi va undan mohirona foydalana olishi muvaffaqiyatlarning garovi sanaladi.
Ma’ruzaga tayyorlanish ham xuddi ommaviy ma’ruzaga tayyorlanish kabidir. Albatta, dalillar to‘plamasdan, nazariy adabiyotlar bilan tanishib chiqmasdan turib yaxshi ma’ruza qilib bo‘lmaydi.
Tezis – (yunoncha thesis qoida, isbot) degan ma’nonni anglatadi. 1) keng ma’noda – bahsda yoki biror nazariyani bayon qilishda aytilgan har qanday fikr; 2) tor ma’noda – asosiy fikr, prinsip; 3) mantiqda isbot qilishni talab etuvchi fikr, mulohaza; 4) ma’ruza, ma’lumot, xabarning asosiy mazmunini qisqacha aks ettiirish.
Rezyume - fransuzcha so‘z bo‘lib, yozilgan, aytilgan yoki o‘qilgan narsaning qisqa holatda aks ettirish, qisqacha xulosa, biror narsaning yakuniy natijasi.
Ilmiy ishni yozish haqida
Mavzuning ilmiy-metodik adabiyoti o‘rganilib, ishlab chiqiladi, mavzu bo‘yicha faktik material to‘planib, dastlabki tasnif amalga oshiriladi. Shu bilan ilmiy ish olib borishga tayyorgarlik bosqichi asosan tugab, bevosita ilmiy ishning o‘zini yozish bosqichi boshlanadi.
Ma'lumki, ilmiy tadqiqot mavzusi tanlanganidan keyin ilmiy ishning xomaki rejasi tuziladi.
Ilmiy ish, odatda kirish, asosiy qism, xulosa, foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati, mundarija qismlaridan iborat bo‘ladi; mavzuning tabiatiga qarab ilova qismi ham beriladi.
Ilmiy ishni yozish odatda "Kirish" qismini yozish bilan boshlanadi. Ilmiy ishning "Kirish" qismi ikki bo‘limdan tarkib topadi:
1. Ishning umumiy tavsifi. 2. Mavzuning o‘rganilish darajasi (ilmiy - metodik adabiyotlarga tavsif). Ishning umumiy tavsifi bo‘limida mavzuning dolzarbligi asoslanadi, tadqiqotning maqsadi va vazifalari kabi bir qancha masalalar qisqa tarzda bayon qilinadi.
"Kirish" qismining ikkinchi bo‘limida dissertatsiya mavzusi bo‘yicha o‘rganib chiqilgan ilmiy-metodik adabiyotlarga tavsif beriladi, ularning yutuq va kamchiliklari tahlil qilinadi.
Kurs ishining asosiy qismi mavzuning tabiatiga qarab turlicha bo‘ladi. Bu qismning boshlanishida ilmiy ish qanday boblarga bo‘lingani qisqa izohlanadi, so‘ngra sarlavhalar ostida har bir bobning matni boshlanadi.
Ilmiy ishning asosiy qismi oldiga qo‘yiladigan talablardan biri - ajratiladigan bo‘limlar, boblar, sarlavhalar mazmunan asosli bo‘lishi, izchil joylanishi, hajman ham mumkin qadar mutanosib bo‘lishi kerak.
Xulosalar ikki turli bo'ladi: 1) Ilmiy ishning har bir bobi o‘z xulosalari bilan yakunlanadi; 2) Ilmiy ishning oxiriga umumiy xulosalar chiqariladi. Shuni hisobga olib, muhim xulosalarni boblar oxirida bermay, dissertatsiya oxiridagi xulosalarda berish lozim. Xulosalar lo‘nda, aniq va ishonarli bayon qilinishi zarur; bu yerda ortiqcha so‘zga o‘rin yo‘q. Xulosalar odatda raqamlanadi.
Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxatini tuzish alifbo tartibida amalga oshiriladi: avval birinchi harfi asosida, birinchi harfi bir xil bo‘lsa, ikkinchi harfi asosida, bular ham bir xil bo‘lsa, uchinchi harfi asosida va hokazo joylanadi. Bir avtorning bir necha asari ham odatda alifbo tartibida joylanadi.
"Foydalanilgan adabiyotlar" qismidan keyin (agar "Ilova" qismi bo‘lmasa) "Mundarija" joylanadi. "Mundarija"ni ilmiy ishning boshlanishida (sarlavhasidan keyin) joylash ham uchraydi. Mundarija dastlab tuzilgan ish rejasini hisobga olgan holda ilmiy ishning amalda ajratilgan bo‘lim, bob, sarlavhalari asosida tuziladi. Mundarijada eng yirik bo‘limlarning nomi katta harflar bilan, ikkinchi darajali sarlavhalar kichik qora harflar bilan, uchinchi darajali sarlavhalar och kichik harflar bilan hoshiyadan boshlab yoziladi. Mundarijada qo‘yilgan sahifa raqamlari ishning shu sarlavhalar aks etgan sahifalariga mos bo‘lishi lozim.
Mavzuning tabiatiga qarab kurs ishida "Ilova" qismi ham berilishi mumkin.Bunday qism mundarijadan oldin joylashadi.
Ilmiy tadqiqotning barcha qismlari yozib bo‘linganidan keyin ilmiy ish matni bir butun holda maxsus kuzatilib, yo‘l qo‘yilgan nuqsonlar bartaraf qilinadi. Ilmiy ish matnini uslubiy jihatdan ham sinchiklab kuzatish kerak: fikr bildirishda, so‘z ishlatishda, qo‘shimcha ishlatishda voqe bo‘lgan qaytariqlarni, uslubiy g‘alizliklarni bartaraf qilish lozim.

Download 424.31 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   95




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling