Mutaxassislik terminlarining uch tilli lug’atini tuzish. 1-mavzu: kirish. Pedagogning kasbiy nutqi kasbiy madaniyatning tarkibiy qismi sifatida reja


Download 424.31 Kb.
bet67/95
Sana28.03.2023
Hajmi424.31 Kb.
#1302312
1   ...   63   64   65   66   67   68   69   70   ...   95
Bog'liq
17.MUTAXASSISLIK TERMINLARINING UCH TILLI LUG’ATINI TUZISH

jadval
Hujjatlar turlari


t/r

Guruhlash belgilari

Hujjat turlari



Umumiy

Maxsus

1

2

3

4

1

Ob’ektiga qarab

*Xizmatga oid xuj jatlar. Lavozimli shaxs imzolaydi. Ob’ekt korxona

- *SHaxsiy huj-jatlar:
• ariza, xat,
tarjimai hol.
• Ob’ekt-xodim.
U o’z nomidan
yozadi va
imzolaydi.

1.

Ob’ektiga qarab

*Xizmatga oid xuj jatlar. Lavozimli shaxs imzolaydi. Ob’ekt korxona

- *SHaxsiy huj-jatlar:
• ariza, xat,
tarjimai hol.
• Ob’ekt-xodim.
U o’z nomidan
yozadi va
imzolaydi.

2.

Foydalanish joyiga qarab

*Ichki hujjatlar:
• buyruqlar
• aktlar
• qo’llanmalar
• nizomlar
• hisob hujjatlari
va h.k.
Bular korxonaning ichki faoliyati uchun qo’llaniladi.

*Tashqi hujjat-lar:
• xatlar
• iltimosnomalar
javoblar
• reklamatsiyalar
Boshqa korxonalar
va yuqori organlar
bilan yozishmalar.

3.

Rekvizitlar soniga qarab

*Oddiy xujjatlar
• ma’lumotnoma
• ilova xatlari
Bitta ko’rsatkich yoki
savoldan iborat
bo’ladi

*Murakkab hujjatlar:
• buyruqlar
• rejalar
• hisobotlar
Juda ko’p rekvi-
zitlar yoki savol-
lardan iborat
bo’ladi

4.

YUridik mavqeiga qarab

*Standart bo’lmagan hujjatlar:
• xatlar
• qarorlar
• aktlar
• buyruqlar
Bular yakka tartibda tayyorlanadi va erkin xarakterda bo’ladi.

*Standart hujjatlar:
• schetlar
• to’lov
talabnomalari
• nakladnoylar
Bular yuqori
tashkilotlar
tomonidan
tasdiqlangan rasmiy hujjatlardir

5.

Ijro etish muddatiga qarab

*SHoshilinch hujjatlar:
telegrammalar
• telefonogrammalar
• faks va hokozolar
Ma’lum muddat ichida
ijro etishni talab
qiladi.

*SHoshilinch
bo’lmagan
hujjatlar
Bu hujjatlar-ning ijro etish muddati belgilanmaydi.

6.

Aslligiga qarab

*Asl nusxadan ko’chirma hujjat-lar. Asl hujjat-larning ko’payti-rilgan hamda lavo-zmli shaxslar (koti-ba, ish yurituvchi) tomonidan imzo-langan nushalari.

*Asl nushadagi (original) hujjat. Dastlabki, tegishli tarzda rasmiylash-tirilgan va imzo-langan hujjat. Arxivda saqlanadi-gan hujjat tariqa-sida dalolatlarda saqlanadi.

7.

Boshqaruv funktsiyasiga qarab

*Umum ma’muriy hujjatlar:
1.Xizmat-axborot hujj-atlari:
• xatlar
• telegrammalar
• ma’lumotlar
• aktlar
2.Farmoish hujjatlari:
• buyruqlar
• qo’llanmalar
• qarorlar
• tsirkulyarlar
3.SHaxsiy tarkibga oid hujjatlar:
xodimlar ucheti
• guvohnomalar
• tavsiyanomalar
• xizmat safari
qog’ozlari

*Maxsus hujjatlar. Bu hujjatlarda funktsional xiz-matlar faoliyati aks ettiriladi. Jumladan:
• fan-texnika
• texnologiya
• iqtisodiyot
• hisob-kitob
• moliyaga oid
• yuridik
• reja
• statistikaga
oid hujjatlar







Umumiy ma’muriy xujjatlarda tash-kiliy jarayonlar aks ettiriladi.




8.

Konfiditsialli-giga qarab

*Oshkor hujjatlar, ya’ni hamma o’qiy-digan va bosib chiqa-rishga ruxsat etil-gan hujjatlar. • Oshkor qilish
ta’qiqlangan
hujjatlar

*YOpiq hujjatlar, (maxfiy, mutloqo maxfiy) Bularni ruxsatnomasi bo’lgan kishilargina o’qiy oladi. Bosishga rux-sat etilmaydi.

9.

Bajarilishiga qarab

*Qo’lda yozilgan hujjatlar, ya’ni qo’lda siyoh yoki qalamda yozilgan hujjatlar.

*Bosma qilingan, ya’ni mashinka yoki kompyuterda teril-gan hujjatlar.

Hujjatlar mazmuniga ko’ra ikki turda bo’ladi:
1.sodda hujjatlar (muayyan bir masalani o’z ichiga oladi);
2.murakkab hujjatlar (ikki yoki undan ortiq masalani o’z ichiga oladi).
Mazmuni bayonining shakli jihatidan xususiy (individual), namunali va qolipli (trafaretli) hujjatllar farqlanadi. Matnning o’ziga xosligi, betakrorligi, hamisha ham bir andozada bo’lmasligi xususiy hujjatlarning asosiy belgilaridir (masalan, xizmat yozishmalari va shu kabilar). Bunday hujjatlarda ham muayyan doimiy tarkib mavjud bo’lsa-da, bevosita mazmun bayoni bir qadar erkin bo’ladi. Namunali hujjatlar tashkilot faoliyatini boshqarishning muayyan bir xil vaziyatlari bilan bog’liq, bir-biriga o’xshash va ko’p takrorlanadigan masalalar yuzasidan tuzilgan matnlarni o’z ichiga oladi. Qolipli hujjatlar, odatda, oldindan tayyorlangan bosma ish qog’ozlariga yoziladi, bunday hujjatlarda ikki turli axborot aks etadi, ya’ni o’zgarmas (oldindan tayyor bosma matnda ifodalangan) va o’zgaruvchi (hujjatni tuzish paytida mashinkada yoki qo’lda yoziladigan) axborotlar; shuning uchun bu tur hujjatlarga nisbatan ko’pincha “yozmoq” emas, balki “to’ldirmoq” so’zi ishlatiladi. SHu o’rinda aytish kerakki, hujjatlarning qolipli turlarini kengaytirish ish yuritishni takomillashtirishdagi istiqbolli yo’llardan biridir. CHunki bunday qilish hujjat matnlarini bir xillikka olib kelish va hujjat tayyorlash uchun ketadigan vaqt hamda inson mehnatini anchagina tejash imkoniyatini beradi. Qolipli hujjatlar sirasiga, masalan, ish haqi yoki yashash joyi haqidagi ma’lumotnomalar, ayrim dalolatnomalar, xizmat safarlari guvohnomalar va boshqa ko’plab hujjatlarni kiritish mumkin.
Hujjatlar tegishlilik jihatiga ko’ra, xizmat yoki rasmiy hujjatlar va shaxsiy hujjatlarga ajratiladi. Xizmat hujjatlari tayyorlanishiga ko’ra tashkilot yoki mansabdor shaxslarga tegishli bo’lsa, shaxsiy hujjatlar yakka shaxslar tomonidan yozilib, ularning xizmat faoliyatlaridan tashqaridagi yoki jamoat ishlarini bajarish bilan bog’liq masalalarga tegishli bo’ladi (masalan, shaxsiy ariza, shikoyat va h.k).
Hujjatlarning tayyorlanish xususiyati va darajasi ham benihoya muhim. Bu jihatiga ko’ra hujjatlar quyidagicha tasniflanadi: qoralama; asl nusxa; ikkinchi nusxa (dublikat); ko’chirma. Aksar hujjatlar dastlab qoralama nusxada tayyorlanadi, bu hujjat muallifi, ya’ni tayyorlovchining qo’lyozma yoki dastlabki mashinkalangan nusxasidir. Bu nusxa tuzatilib, qayta ko’chirilishi mumkin. Aytish lozimki, qoralama hujjat huquqiy kuchga ega emas. Asl nusxa har qanday hujjatning asli, birinchi rasmiy nusxasidir. Asl nusxaning aynan qayta ko’chirilgan shakli nusxa deb yuritiladi, odatda nusxaning o’ng tomonidagi yuqori burchagiga “namuna” degan belgi qo’yiladi.
Hujjatchilikda, shuningdek, aynan (faksimal) va erkin nusxalar ham farqlanadi. Aynan nusxa asl nusxaning barcha xususiyatlarini -hujjat zaruriy qismlarining joylashishi, mavjud shakliy belgilar (gerb, yumaloq muhr, to’rtburchak muhr, nishon kabi), matndagi bosma, yozma harf shakllari va shu kabilarni aniq va to’liq aks ettiradi, masalan, fotonusxani shu tur hujjatlar qatoriga kiritish mumkin. Erkin nusxada esa hujjatdagi axborot to’lasicha ifodalansa-da, bu nusxa tashqi xususiyatlar jihatdan bevosita muvofiq kelmaydi, ya’ni erkin nusxada asl nusxadagi muhr o’rniga “muhr” deb, imzo o’rniga “imzo” deb, gerb o’rniga “gerb” deb yozib qo’yiladi va h.k. Ba’zan muayyan hujjatga to’lasicha emas, balki uning bir qismiga ehtiyoj tug’iladi. Bunday hollarda hujjatdan nusxa emas, balki ko’chirma olinadi (masalan, majlis bayonidan ko’chirma, buyruqdan ko’chirma va h.k.). Nusxa va ko’chirmalar, albatta, notarius, xodimlar bo’limi va shu kabilar tomonidan tegishli tartibda tasdiqlangan taqdirdagina huquqiy kuchga ega bo’ladi. Asl nusxa yo’qolgan hollarda hujjatning ikkinchi nusxasi (dublikati) beriladi, ikkinchi nusxa asl nusxa bilan bir xil huquqiy kuchga egadir.
Ma’muriy-boshqaruv faoliyatida xizmat mavqeiga ko’ra hujjatlar hozirgi kunda, asosan, quyidagicha tasniflanadi: tashkiliy hujjatlar; farmoyish hujjatlari; ma’lumotsimon-axborot hujjatlari; xizmat yozishmalari.
Tashkiliy hujjatlar mazmunan tashkilot va korxonalarning huquqiy maqomi, tarkibiy tarmoqlari va xodimlari, boshqarish jarayonining borishida jamoa ishtirokining qayd qilinishi, boshqa tashkilotlar bilan aloqalarning huquqiy tomonlari kabi masalalarni aks ettiradi. Nizomlar, yo’riqnomalar, majlis bayonlari, shartnomalar ana shunday tashkiliy hujjatlar sirasiga kiradi.
Farmoyish hujjatlari guruhiga buyruq, ko’rsatma, farmoyish kabilar kiradi.
Ma’lumotsimon-axborot hujjatlari anchayin katta guruhni tashkil qiladi, bunday hujjatlarning ish yuritish jarayonidagi ishtiroki ham juda faol. Bu guruh dalolatnoma, ma’lumotnoma, ariza, tushuntirish xati, hisobot, ishonchnoma, tavsifnoma kabi hujjatlarni o’z ichiga oladi.
Xizmat yozishmalari mazmunan xilma-xil bo’ladi. Ularda tashkilot faoliyatining turli masalalari bilan bog’liq talab, iltimos, taklif, kafolat kabilar aks ettiriladi. Bu ma’noda xizmat yozishmalari hujjatlarning yuqorida ko’rsatilgan har uch guruhi bilan ham aloqadordir, ularning muayyan bir guruhiga xizmat hujjatlarini kiritish shuning uchun ham maqsadga muvofiq emas. SHularni hisobga olib, xizmat yozishmalari hozirgi zamon hujjatshunosligida mazkur guruhlardan keyin to’rtinchi alohida guruh sifatida tasniflangan va bu mantiqan o’rinli.

Download 424.31 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   63   64   65   66   67   68   69   70   ...   95




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling