Mutaxassislikka Kirish fanining mohiyati Fanning
dastlabki yillaridan boshlab o‘quv rejalariga «Mutaxassislikka
Download 22.11 Kb. Pdf ko'rish
|
1 2
Bog'liqAnvarov Sunnatillo
dastlabki yillaridan boshlab o‘quv rejalariga «Mutaxassislikka
kirish» tanlov fani sifatida o‘qitib kelinmoqda. Bundan ko‘zlangan maqsad, talabalarni oliy o‘quv yurti hayotiga tezroq moslashtirish, uning sharoitini o‘zlashtirib olishda ko'maklashish bolib, oqibatda fanlarni yaxshi o‘zlashtirishlarida yordam berish, o‘zlashtirmaslikning oldini olishdan iboratdir. Mutaxassislikka kirish» fani talabalarni hozirgi xalqaro ahvol, davlatimizning ichki va tashqi siyosati, o‘quv yurtlarining qisqacha taraqqiyoti tarixi, ularning tuzilishi va vazifalari, o‘quv jarayonini ilmiy asosda tashkil etish, o‘qitish jarayonining asosiy formalari, o‘quv rejalari mazmuni, ilmiy tekshirish ishlari, o'qish va ilmiy ishlarni bajarishda texnika vositalaridan foydalanish, talabalarning huquq va burchlari, kunlik ish rejimi va mustaqil ishlashni to'g'ri tashkil etish, axborot resurs markazlaridan foydalanish, kitob ustida ishlash, tabiat muhofazasi, bibliografiya texnikasi kabilar bilan tanishtiradi. Ushbu kursda materiallarning o‘zlashtirilishi uchun nimalar qilinishi lozimligi, o‘zlashtirishni hisobga olish, talabalarni reyting tizimi va test usullar orqali bilmini aniqlashga tayyorlash hamda ularni o‘tkazishni tashkil etish, talabalar o‘quv tadqiqot va ilmiy tekshirish ishlarining asosiy mazmuni, ularning turmushi, madaniyati va dam olishini tashkil etish, o‘quv mehnati va turmush nafosati singari sohalarga ham alohida o‘rin ajratiladi. Barkamol, komil shaxsni kamol toptirmay turib, jamiyatning moddiy bazasini, intellektual boyligini yaratmay turib, demokratik jamiyatni takomillashtirib boimaydi. Hukumatimiz qo‘ygan bu vazifa har birimizning zimmamizga katta mas’uliyat yuklaydi. Bu ulug‘vor vazifani amalga oshirish uchun yangi kishini shakllantirish qonunlarini aniq va ravshan bilib olishimiz kerak. Ayniqsa, yoshlarni o‘qitish va tarbiyalash ishida bevosita band boigan kishilar buni chuqur bilishlari zarur. Prezidentimiz Islom Karimov «Farzandlarimiz bizdan ko‘ra kuchli, bilimli, dono va albatta baxtli bo‘lishlari shart» yana «Bilimga chanqoq, iste'dodli yoshlarni topib, ularni Vatanga fidoyi insonlar qilib tarbiyalash muqaddas vazifadir» deb ta’lddlaganlar. Ushbu murakkab vazifani ado etishlari uchun vatanga sadoqat va insonga xos boigan 1 azilatlar samimiylik. oddiylik, kamtarinlik, yuksak prinsipiallik, do‘stona munosabat va talabchanlik, kishilarga hurmat va isbonch, ularning taqdiri uchun qayg‘urish kabilarni o‘zlashtirish, o‘ziga singdirib borish har bir mamlakatimiz kishisi uchun, ayniqsa, yoshlarimiz uchun g‘oyat muhimdir. Bugungi mamlakatimiz talabalari dunyoda yangi o‘zgarishlar yuz berayotgan davrda yashamoqda, o‘qimoqda. Mamlakatimizda sogiom va uyg‘un barkamol avlodni tarbiyalash uchun zarur imkoniyatlar hamda shart sharoitlarni yaratish, XXI asr - intellektual qadriyatlar ustuvorlik qiladigan asr ekanligini e’tiborga olgan holda, Vatanimiz vigit va qizlarini har tomonlama barkamol shaxslar etib shakllantirish borasidagi keng ko‘lamli chora tadbirlar kompleksi mamlakatimiz Prezidenti va hukumatimiz tomonidan ishlab chiqilgan dasturlar. ko‘rsatmalar asosida olib borilmoqda. S Shu sababli bugungi kun yosh mutaxassisi - bu mohir tashkilotchi, mehnatni ilmiy asosda tashkil qilish masalasini amalga oshira oladigan xodim hisoblanadi. U odamlar bilan ishlaydi, jamoani boshqaradi, jamoa tajribasiga tayanib ish ko'radi, o‘z o‘rtoqlarining maslahatiga quloq soladi, qolga kiritilgan yutuqlarga tanqidiy yondashadi. Bunday kishi yuqori madaniyatH, keng mulohazali. tadbirkor, o‘z ishining ustasi, qisqasi, jamiyatimizning haqiqiy ziyolisidir. Download 22.11 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
1 2
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling