Mutaxassisliklar nomi Mos
Download 367.97 Kb.
|
1 2
Bog'liqturdosh
Belgilansinki:
Respublikada belgilangan tartibda tashkil etilgan xorijiy davlatlar oliy ta’lim muassasalari yoki filiallari, shuningdek, nodavlat oliy ta’lim muassasalari bitiruvchilari mos (muvofiq) ta’lim yo‘nalishlari bo‘yicha tanlovda qatnashadi. Magistratura mutaxassisliklari bo‘yicha tanlovda ishtirok etishga talabgor bitiruvchilar tamomlagan bakalavriat ta’lim yo‘nalishlarining shifri va nomi amaldagi “Oliy ta’lim yo‘nalishi va mutaxassisligi klassifikatori”ga muvofiqlashtirilib, inobatga olinadi. Diplomli mutaxassis malakasiga ega bo‘lgan shaxslar muvofiq bakalavriat ta’lim yo‘nalishlari ro‘yxatidagi mutaxassisliklarning birida tanlovda qatnashadi. “Kasb ta’limi (bakalavriat ta’lim yo‘nalishlari bo‘yicha)”, “Servis texnika va texnologiyasi (xizmat ko‘rsatish sohalari bo‘yicha)”, “Korxonalar servisi (sohalar bo‘yicha)”, “Servis (tarmoqlar bo‘yicha)”, “Xizmatlar sohasi (faoliyat turlari va yo‘nalishlari bo‘yicha)”, “Xizmat ko‘rsatish texnikasi va texnologiyasi (xizmat ko‘rsatish tarmoqlari bo‘yicha)” va “Tarjima nazariyasi va amaliyoti (tillar bo‘yicha)” ta’lim yo‘nalishlari bo‘yicha bitirgan bakalavrlar soha (tarmoq, faoliyat turi, yo‘nalish, til)ga mos va turdosh yo‘nalish mutaxassisliklari bo‘yicha tanlovda qatnasha oladi. Turdosh ta’lim yo‘nalishlari ro‘yxatiga kirmagan yo‘nalishlarning bitiruvchilari faqat shu ta’lim yo‘nalishi mutaxassisliklari bo‘yicha tanlovda qatnashadi. Quyidagi holatlarda Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi tomonidan istisno kiritilishi mumkin: xorijiy oliy ta’lim muassasalarining diplomidagi yo‘nalish (mutaxassislik)lar mosligi; oliy ta’lim muassasasini amaldagi bakalavriat ta’lim yo‘nalishlari bo‘yicha bitirib, ushbu yo‘nalishlar negizida respublika oliy ta’lim muassasalarida magistratura mutaxassisliklari mavjud bo‘lmasa yoki magistratura mutaxassisliklari kvotasi bo‘lib, ularga muvofiq respublika oliy ta’lim muassasalari bakalavriati bitiruvchilari bo‘lmasa; tegishli oliy ta’lim muassasasining yozma murojaatiga ko‘ra, harbiy yoki diniy oliy ta’lim muassasalari bitiruvchilarining yo‘nalishlari mos (muvofiq) bo‘lgan holatda. Download 367.97 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
1 2
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling