Oliy taʼlim muassasalari rektorlari va filiallari direktorlari


Download 16.21 Kb.
Pdf ko'rish
Sana22.04.2023
Hajmi16.21 Kb.
#1380535
Bog'liq
ba1cd213-d5f9-48a4-9997-c441ce845824



2022-yil 15-noyabr
5/18-2/5-78-son
Oliy taʼlim muassasalari rektorlari
va filiallari direktorlari
Nusxasi: Oʻzbekiston Respublikasi
Mahalla va nuroniylarni qoʻllab-
quvvatlash vazirligi
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 9-sonli majlis bayoni
(№10-33/1-465 27.10.2022y.)ga koʻra har yili noyabr oyi “Keksalar uchun turizm
oyligi” oʻtkazilib kelinayotganligi sababli, Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi
tomonidan mazkur oylikni yuqori saviyada tashkil etish uchun ishlab chiqilgan
“Keksalar uchun turizm oyligi”ni oʻtkazish boʻyicha chora-tadbirlar dasturi
ijro uchun yuborilmoqda.
Respublika hududlariga tashrif buyurgan keksa avlod vakillarining sayohati
davomida ularga hamrohlik qilish boʻyicha turizm sohasidan yaxshi xabardor
boʻlgan iqtidorli talabalar orasidan koʻngilli hamrohlarni (volontyorlar) Mahalla va
nuroniylarni qoʻllab-quvvatlash vazirligining hududiy boʻlinmalari bilan birgalikda
keksa avlod vakillariga biriktirib, xavfsiz sayohatlarini tashkil etishingizni
soʻraymiz.
Vazir oʻrinbosari
S.Siddiqova
Ijrochi: L.Mingishov
Tel.: 71 207-16-81
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI
OLIY VA OʻRTA MAXSUS TAʼLIM VAZIRLIGI
MINISTRY OF HIGHER AND SECONDARY SPECIALIZED EDUCATION
OF THE REPUBLIC OF UZBEKISTAN
100095, Toshkent sh. 2-Chimboy koʻchasi, 96-uy. Tel: (998) 71 246-01-95, e-mail: devonxona@edu.uz, edu@exat.uz, veb-sayt: www.edu.uz
IJRO.GOV.UZ тизими орқали ЭРИ билан тасдиқланган, Ҳужжат коди: QM61158753


Vazirlikning 2022-yil 15-noyabrdagi
5/18-2/5-78-sonli xatiga ilova
Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi tomonidan ishlab chiqilgan Keksalar uchun turizm oyligi”ni
oʻtkazish boʻyicha chora-tadbirlar
DASTURI
T/r
Chora-tadbirlar nomi
Bajarish muddati
Masʼullar
1.
“Keksalar uchun turizm oyligi”ni oʻtkazish boʻyicha
chora-tadbirlar dasturi ishlab chiqish.
Bunda oliy taʼlim muassasalarida koʻp yillardan beri
faoliyat yuritib, bugungi kunda nafaqada boʻlgan keksa
pedagog-professorlarni ham kiritish tavsiya etiladi.
2022-yil noyabr
davomida
Oliy taʼlim muassasalari, Kasaba
uyushmalari bilan birgalikda
2.
Muqaddas qadamjolar va ularning tarixi haqida soʻzlab
berish uchun keksalarga hamrohlik qilish boʻyicha
turizm sohasidan yaxshi xabardor boʻlgan iqtidorli
talabalar orasidan koʻngilli hamrohlar (volontyorlar)
roʻyxatini shakllantirish va ularni keksa avlod
vakillariga biriktirish.
2022-yil noyabr
davomida
Oliy taʼlim muassasalari, Mahalla va
nuroniylarni qoʻllab-quvvatlash
vazirligining hududiy boʻlinmalari bilan
birgalikda
3.
Oylik doirasida madaniy meros obyektlari va “Nuroniy
maskani”larida,
shu
jumladan,
“Saxovat”
va
“Muruvvat” internat uylarida istiqomat qilayotgan
keksalar uchun talaba-yoshlar ishtirokida maxsus reja
ishlab chiqqan holda turli tadbirlar, koʻrgazmalar
tashkil etish.
2022-yil noyabr
davomida
Oliy taʼlim muassasalari, Mahalla va
nuroniylarni qoʻllab-quvvatlash
vazirligining hududiy boʻlinmalari bilan
birgalikda


4.
“Inson inson uchun aziz” shiori ostida uyida yotib
qolgan
hamda
shifoxonalarda
davolanayotgan
nuroniylar holidan xabar olish, ularni maʼnaviy
yordamlar koʻrsatish tadbirlarini uyushtirish.
2022-yil noyabr
davomida
Oliy taʼlim muassasalari, Mahalla va
nuroniylarni qoʻllab-quvvatlash
vazirligining hududiy boʻlinmalari bilan
birgalikda
5.
“Nuroniylar maskanlari” majmualari, mahalla guzarlari
hamda istirohat bogʻlarida keksa avlod vakillari uchun
“Ehtirom, eʼzoz, eʼtibor” konsert dasturlarini hamda
“Yangi Oʻzbekistonni barpo etishda nuroniylarning
oʻrni” mavzusida manaʼviy-maʼrifiy tadbirlarni tashkil
etish.
2022-yil noyabr
davomida
Oliy taʼlim muassasalari, Mahalla va
nuroniylarni qoʻllab-quvvatlash
vazirligining hududiy boʻlinmalari bilan
birgalikda

Download 16.21 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling