Muvaffaqiyat Omad va muvaffaqiyat sirlari Dunyoning eng buyuk savdogari og mandino


Download 392.51 Kb.
Pdf ko'rish
bet10/34
Sana07.10.2023
Hajmi392.51 Kb.
#1695153
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   34
Bog'liq
Dunyoning eng buyuk savdogarlari

 
 
 
 
 


38 
SAKKIZINCHI QISM 
Birinchi o’rama 
Bugundan e'tiboran men yangi hayot boshlayapman. 
Bugun men g'amlarim, uquvsizligim va taqdir zarbalari tamg'alangan 
eski terimni yechib tashlayman. Bugun men hammaga mevasi yetadigan 
uzumzorda qaytadan dunyoga kelaman. Bugun men eng baland toklarda 
joylashgan, mendan ilgari yashab o'tgan donishmandlar mevalarini terib 
olaman. Bugun men anashu mevalarning ta'mini bilaman va ularning 
ichida yashiringan muvaffaqiyat urug'ini o'z qalbimga yangi hayotga 
erishish uchun ekaman. Men tanlagan ishda, meni juda ko'p 
imkoniyatlar kutyabdi, lekin shuncha ko'p ko'ngilsizliklar ham. Agar bu 
hayotda omadsizlikka uchragan barcha odamlardan piramida 
yasaganlarida edi, u dunyodagi eng baland piramida bo'lur edi. Lekin 
men boshqalar kabi yutqazmayman. chunki mening qo'limda menga yo'l 
ko'rsatuvchi xarita bor. Unga tayangan xolda men shiddatli dengizlardan 
oshib o'z orzuyim qirg'og'iga yetaman. Bu kurashlarda men 
mag'lubiyatga uchramayman. Mening tanam og'riqni sezishni 
xohlamaydi, mening hayotim esa omadsizlikni tan olmaydi. Og'riq va 
omadsizlik mening tabiatimga zid tushunchalar. Endi men 
Omadsizlikdan yuz o'giraman va donolikka, meni omadga eltuvchi 
qoidalarga qarab yo'l boshlayman. Boqiy umr ko'ruvchiga vaqt hamma 
narsani o'rgatadi, lekin mening buncha vaqtim yo'q. Men uchun berilgan 
vaqt davomida men sabr san'atini o'rganmog'im lozim, chunki tabiatning 
o'zi hech qachon shoshma-shosharlik qilmaydi. Chunki daraxtlar 
malikasi bo'lmish zaytun daraxtini yaratish uchun 1000 yillar kerak, 


39 
piyoz esa atiga 9 haftalarda chiriydi. Men piyozday yashadim va baxtsiz 
edim. Endi esa qudratli zaytun daraxtiga aylanaman va buyuk savdogar 
bo'laman. Lekin bunga qanday erishish mumkin? Mening bilimim ham, 
saviyam ham yo'q, men ko'p martalab yiqilganman va o'z-o'zini ayash 
o'rasiga tushganman, bu yo'l har xil befoyda bilimlardan, 
ko'nikmalardan holidir. Tabiat meni hayvonlardan ustun qilgan holda, 
juda ajoyib sezgirlik va ziyraklik bilan taqdirlagan. Hamma ishda 
odamlarning o'zida donolik va to'g'ri fikrlash qobiliyati yetmaydi. 
Saviyali bo'lish uchun ko'p yillarni sarf qilish kerak, bu narsa esa ba'zida 
o'rganilayotgan darsni befoyda qilib qo'yishi mumkin. Zamonaning zayli 
tez o'zgaradi, siz esa zamonadan orqada qolib ketishingiz mumkin. 
Bugun sizga omad keltirgan harakat ertaga hech kimga kerak 
bo'lmasligi mumkin. Mening qo'limdagi o'ramalardan buyuklikka va 
muvaffaqiyatga olib boradigan qoidalarni o'rganish mumkin. Ular meni 
nafaqat omadsizlikdan asraydi va buyuk ishlarga yetaklaydi. Shu bilan 
birgalikda qoidalar menga muvaffaqiyat nima ekanligini ko'rsatadi. 
Muvaffaqiyat- bu aqlingizning ko'rsatgichidir. Mingtadan ikkita 
donishmand ham "Omad nima? degan savolga bir xil javob bera 
olmaydi, lekin omadsizlik haqida hammaning fikri bir xil.

Download 392.51 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   34




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling