Muvaffaqiyatni pul yoki shon-shuhrat bilan o‘lchamang


Download 257.6 Kb.
Sana08.01.2022
Hajmi257.6 Kb.
#250500
Bog'liq
Muvaffaqiyatni pul yoki shon


“Muvaffaqiyatni pul yoki shon-shuhrat bilan o‘lchamang”. Milliarder Uorren Baffet yoshlar uchun to‘rtta maslahat berdi

Berkshire Hathaway rahbari, milliarder Uorren Baffet kamdan-kam intervyu beradi, ammo bir paytlar o‘zi tamomlagan Nebraska-Linkoln universiteti bitiruvchilari uchun istisno qildi. 90 yoshli milliarder diplom topshirish onlayn marosimida so‘zga chiqib, 20 yoshdagilarga karyera qilish va muvaffaqiyatga erishishga yordam beradigan to‘rtta maslahat berdi. Quyida Inc ushbu maslahatlarni keltirdi.



Foto: Reuters



Ish faoliyati har kuni zavq bag‘ishlaydigan joydagina ishlash

Bundan kamiga rozi bo‘lmang. O‘zingizga yoqqan kompaniya yoki odamlar qo‘lida ishlang. Pulga juda muhtoj bo‘lsangiz ham etalab turib jon deb boradigan ishni tanlang. Baxtimga, men shunday ishga muyassar bo‘ldim va shuni aytishim mumkinki, bunga teng keladigani yo‘q. Ishingiz ish emas, balki siz har kuni orziqib kutadigan narsaga aylanadi.



Kommunikativ qobiliyatni rivojlantirish

Kommunikativ ko‘nikmalarini rivojlantirish juda muhim. Siz yozishni va gapirishni yaxshi bilishingiz kerak. Miyangizni to‘ldiring. Hozir hayotingizdagi eng ajoyib davrni boshdan kechiryapsiz, bu har kuni yangi bilimlarga ega bo‘lish uchun eng yaxshi davr, ilgari buning imkoni yo‘q edi.



Ko‘proq o‘qish

Sinchkov aqlga ega bo‘lmochi bo‘lsangiz, o‘qishdan yaxshisi yo‘q. Ba’zida odamlar “Agar tirik yoki o‘lgan biror kishi bilan tushlik qilmoqchi bo‘lsangiz, kimni tanlagan bo‘lardingiz?” deb so‘rashadi. Kitob o‘qiganingizda Benjamin Franklin bilan ham tarixdagi boshqa istalgan mashhur shaxslar bilan ham tushlik qilishingiz mumkin. Bu jarayon istagancha davom etishi, siz esa bu vaqt davomida olgan yangi g‘oyalardan zavqlanishingiz mumkin.



Muvaffaqiyatni pul yoki shuhrat bilan o‘lchamaslik

90 yoshga kirgunimcha juda boyib ketgan, ammo hayoti omadsiz va baxtsiz odamlarni ko‘rdim. O‘z ishlari bilan dong‘i ketgan, lekin omadsiz kishilarni ham ko‘rdim. Lekin yaqinlari muhabbati qurshovida 70 yoshgacha yetib buni baxt deb hisoblamagan biror kishini ko‘rmadim. Bolalaringiz, umr yo‘ldoshingiz, hamkasblaringiz — hammasi 65 yoki 70 ga chiqqaningizda ham sizni yaxshi ko‘rishda davom etsa, muvaffaqiyatga erishgan bo‘lasiz. Men qobiliyatlari, puli va mashhurligi yuqori bo‘lgan, lekin hayotlarida muhabbat bo‘lmagan ko‘plab odamlarni ko‘rdim, ularning hayotlari ma’nosiz edi.
Download 257.6 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling