Muvofaqlashtirish hududiy boshqarmasi


Shpindal va uning tayanchlari


Download 433.68 Kb.
bet4/17
Sana22.06.2023
Hajmi433.68 Kb.
#1649517
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   17
Bog'liq
BMI.docx Allayarov J (2)

2.2 . Shpindal va uning tayanchlari
Metall kesish dastgoxlaridan mashinasozlik sanoatida oqilona foydalanish uchun ishlab chiqarish vositalarining faqat foydalanish koeffitsiyentini emas, balki foydali ish koeffitsiyenti va ish unumini xam oshirish, shu bilan birga ularni xar qaysi ish uchun tо‘g‘ri tanlash zarur.
Bu masalalarni dastgox bilan tanishmay va uning pasportini tuzmay xal qilish mumkin emas. Pasport tuzish ishlab chiqarish vositalaridan tо‘liq va oqilona foydalanishda yordam beradi. Pasport - dastgoxning konstruktiv, kinematik va dinamik xususiyatlarini ifodalaydigan ma’lumotlar yig‘indisidir.
Metall kesish dastgoxlari pasportining ikki turi maqsadga muvofiqdir:
1. qisqartirilgan pasport texnologlar va normalovchilarga mо‘ljallanib, dastgoxdan foydalanish davridagi joriy tavsiflarini о‘z ichiga oladi va ular texnologik jarayonlarni ishlab chiqish xamda dastgox ishlarini normallashtirish uchun zarur.
2. Tо‘lik. pasport dastgoxni ishlab chiqargan zavodda tо‘ldiriladi. Yangi dastgoxning tavsiflari ifodalangan bu pasport dastgox bilan birga beriladi.
Dastgoxning tipi pasportning sarlavxasida (masalan, frezalash dastgoxi deb) kо‘rsatiladi. Keyin ishlab chiqargan zavodning nomi va qaysi shaxarda joylashgan (masalan, «Krasniy proletariy», Moskva deb) yoziladi. Dastgoxning modeli - uning shartli belgisi, zavodda qо‘yilgan markasi (masalan, 1616, 1K62, 6N82 va boshqalar) kо‘rsatiladi. Model dastgoxning xujjatlaridan olinadi.Dastgoxning tashqi о‘lchamlari (gabaritlar): uzunligi, balandligi va eni о‘lchash bilan aniqlanadi. Dastgoxning suriladigan qismlari uchun ularning eng oxirgi xolatdagi chetki nuqtalar oralig‘i olinadi. О‘lchashlar natijasi 0,01 mm aniqlikda yaxlitlanadi.
Dastgoxning asosiy parametrlari (4.1- rasm).
Shpindel о‘qidan stolgacha eng katta oraliq A dastgox stolini eng pastki xolatga о‘rnatib, vertikal о‘k bо‘yicha о‘lchab aniqlanadi.
Shpindel о‘qi bilan xartum oraligi - B kattalik vertikal bо‘yicha о‘lchab aniqlanadi.
Shpindel toretsidan podshipnikkacha eng katta masofa V kattalikni о‘lchab aniqlanadi.
Stolning о‘rtasidan shpindel toretsigacha eng katta oraliq G kattalikni о‘lchash bilan aniqlanadi.
Stolning о‘rtasidan vertikal yо‘naltiruvchilargacha eng katta oraliq D kattalikni о‘lchab aniqlanadi.
Shpindel. Shpindel kallagidagi teshikning konussimonligi va konusning nomeri normal konuslar tо‘plami yordamida aniqlanadi.



4.1-rasm
Shpindel teshigining diametri shpindelning orqa uchidan о‘lchanadi.
Shpindel oldingi uchining eskizida uning kesimi va о‘lchamlari kо‘rsatiladi.
Dastalarni bir vaqtda ulash bilan blokirovka qilish. Tekis xarakat mexanizmida shunday blokirovka bor-yо‘qligi kо‘rsatiladi.
Stol. Stolning foydali uzunligi 4.2-rasmga muvofiq. о‘lcham L1 bilan mm da о‘lchanadi.
Stolning foydali eni 4.2-rasmga muvofiq, о‘lcham L2 bilan mm da aniqlanadi.

4.2-rasm.
Stolning eng katta burilish burchagi о‘lcham yerdamida, 4.2-rasmga muvofiq graduslar shkalasidan olinadi.
Stolning eng katta bо‘ylama yurishi, 4.3-rasmga muvofiq, ulcham a + v bilan mm da aniqlanadi.
Stolning eng katta kо‘ndalang yurishi, 4.1-rasmga muvofiq, о‘lcham d + p bilan mm da о‘lchanadi.
Stolning eng katta vertikal yurishi, 4.1-rasmga muvofiq, о‘lcham A bilan mm da о‘lchanadi.

4.3-rasm.
Uzib qо‘yuvchi tayanchlar supportning surilishini avtomatik ravishda о‘chiradi - uzatish о‘arakatining mexanizmlarida bunday mexanizm bor-yо‘qligi kо‘rsatiladi.
Buylama, kо‘ndalang va vertikal yо‘nalishlar bо‘yicha stolning tezlatilgan uzatish xarakatlari «bor» yoki «yо‘q» deb kо‘rsatiladi.
Stolning bо‘ylama, kо‘ndalang va vertikal yо‘nalishlarda limbning bitta bо‘limiga surilishi vintning qadami va limbning bо‘limlari soni yordami bilan mm. da aniqlanadi.
Limbning bitta aylanishi xisobiga stolning surilishi lineyka yordamida о‘lchanadi xamda vintning aylanishlari soni va qadami orqali mm. da aniqlanadi.
Dastalarning bir vaqtda ulanishidan blokirovkalash. Bunday qurilma bor bо‘lsa, kо‘rsatiladi.
Moslama. Tiski lablarining eni, 4.4-rasmga muvofiq, ulcham S bilan mm da aniqlanadi.
Tiski lablarining eng katta siljishi, 4.4-rasmga muvofiq, ulcham q - d bilan mm da aniqlanadi.
Tiskining eng katta burilish burchagi uning limbi bо‘yicha gradusda о‘lchanadi.

4.4- rasm
Vertikal frezalash kallagi «bor» yoki «yо‘q» deb kо‘rsatiladi.
Yuritma. Yuritmaning turi. Dastgox qaysi energiya manbai xisobiga ishlashi kо‘rsatiladi (statsionar, ya’ni individual dvigateldan; qо‘zg‘aluvchan, ya’ni ish mashinalarida qо‘llanadigan, xarakatlanadigan va x.).
Elektr dvigatel. Vazifasi - dastgoxning qaysi qismiga xarakat uzatilishi (bosh xarakat, stolni uzatish xarakati, nasos uchun va x.) kо‘rsatiladi.
Elektr dvigatelning bir minutdagi aylanish chastotasi unga yopishtirilgan tablichkadan olinadi.
Elektr dvigatelning quvvati uning о‘zida kо‘rsatilgan. Inventar nomeri inventar rо‘yxatida kо‘rsatilgan.
Bosh xarakat mexanikasi.
Pog‘onalar nomeri shpindelning eng kichik aylanish chastotasidan boshlanadi.
Shpindelning aylanish chastotasi. Shpindelning aylanish chastotasi shesternyali uzatmalar mavjudligida quyidagi formula bо‘yicha aniqlanadi:

Download 433.68 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   17




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling