Muvofaqlashtirish hududiy boshqarmasi
Download 433.68 Kb.
|
BMI.docx Allayarov J (2)
Stez.vert - konsolning tezlashtirilgan vertikal xarakati;
Stez.kо‘nd - stolning tezlashtirilgan kо‘ndalang xarakati. Amaliy ishi buyicha xisobotda ishning maqsadi, dastgoxning qismlari va ularning parametrlari, dastgoxning kinematik sxemasi, bosh xarakati mexanikasi, foydali ish koeffitsiyenti xamda moslama tо‘g‘risidagi ma’lumotlar quyidagi tartibda yoziladi, shundan keyin bajarilgan ish bо‘yicha xulosa chiqarib, talaba bilan о‘qituvchining imzolari quyiladi. Dastgoxning asosiy kursatkichlari: Shpindel о‘qidan stolgacha eng katta oraliq, mm. - ............................................... Shpindel о‘qi bilan xartumning oralig‘i, mm. - ................................................... Shpindel toretsi bilan serga podshipnikning eng katta oralig‘i, mm. - ........... Stol о‘rtasi bilan shpindel toretsining oralig‘i, mm. - .................................... Stol о‘rtasi bilan vertikal yо‘naltiruvchilar oralig‘i,mm. - ............................. Shpindel. Shpindel kallagi teshigining konussimonligi va nomeri - .............................. Shpindel teshigining diametri, mm. - .................................................................. Shpindel oldingi uchining eskizi. Shpindelning tormozlanishi. Dastalar bir vaqtda ulanishining oldini olish. Stol. Stolning foydali uzunligi, mm. - ........................................................................ Stolning foydali eni, mm. - .................................................................................. Stolning eng katta burilish burchagi, grad. - ....................................................... Stolning kо‘ndalangiga eng katta yurishi, mm. - ................................................... Stolning bо‘ylamasiga eng katta yurishi, mm. - .................................................... Stolning eng katta vertikal yurishi, mm. - .......................................................... Support yurishining avtomatik uzilish tayanchlari. Stolning tezlatilgan xarakati: bо‘ylamasiga..................................................................................................... kо‘ndalangiga.................................................................................................... vertikaliga...................................................................................................... Limbning bir bо‘limida stolning siljishi, mm. - .............................................. bо‘ylamasiga..................................................................................................... kо‘ndalangiga.................................................................................................... vertikaliga...................................................................................................... Limbning bir aylanishida stolning siljishi. Dastalar bir paytda ulanishidan blokirovkalash. Moslama - tiski Lablarining eni, mm. - ............................................................................................ Lablarining eng katta siljishi, mm. - ................................................................. Tiskning eng katta burilish burchagi, grad. - ....................................................... Elektr dvigatel. Kо‘rsatma.................................................................................................................... Aylanish chastotasi, min-1 - ................................................................................... quvvati, kVt. - .......................................................................................................... Bosh xarakat mexanikasi. Tezliklar pog‘onalarining soni............................................................................. Shpindel aylanish chastotalarining chegaralari.................................................. Shpindeldagi quvvat................................................................................................ FIK........................................................................................................................... Pog‘onalar nomeri.................................................................................................... 4.1 - jadval
UBK-D-250 universal bо‘lish kallagi UBK-D-250 universal bо‘lish kallagini diametri 250 mm gacha bо‘lgan tayyorlamalarga ishlov beriladigan, stoli 2-nomerli 6M82, 6R82 konsolli frezalash dastgoxlariga о‘rnatish tavsiya etiladi. Bо‘lish kallaklari konsolli frezalash dastgoxlarida razvyortkalar, metchiklar, frezalar, boltlarning kallaklari, gaykalarning toretslari, shlitslar, tishli gildiraklar, vintli vallar va boshqa detallarni tayyorlashga imkon beradi. Shuningdek, bо‘lish kallaklari tayyorlama о‘qini dastgox stoliga nisbatan zarur burchakka о‘rnatish uchun va tayyorlamani о‘z о‘qi atrofida ma’lum burchakka burib turish va vintsimon ariqchalarni qirqishda tayyorlamani uzluksiz aylantirib turish uchun zarur. Universal bо‘lish kallagi (5.1-rasm) ikkita tortqi yoy 9 li chо‘yan asos 8 ga korpus 10 о‘rnatilgan. Gaykalarni bо‘shatib korpusni shkala va nonius 11 buyicha aniqlangan ma’lum burchakka burish mumkin (5.1-rasm, v). Bо‘lish kallagi asosiga joylashgan tayanch tekislikda shpindelga parallel joylashgan ikkita suxar bо‘lib, ular kallakni frezalash dastgoxining stolidagi ariqchalariga о‘rnatish uchun muljallangan. Bо‘lish kallagi korpusida ochiq teshikli shpindel joylashgan bо‘lib, uning uchlari Morze konusi № 3 bо‘yicha yо‘nilgan. Ularning biriga markaz 12, ikkinchisiga differensial bо‘lish opravkasi о‘rnatilgan. Shpindelning oldingi uchida rezba va markazlovchi belbog‘ 13 bor. Ular shpindelga uch kulachokli о‘zi markazlovchi patronni maxkamlash uchun zarur. Shpindel burtigiga 24 ta teshikli bevosita bо‘lish diski 7 о‘rnatilgan. Shpindelning о‘rta qismida chervyakli g‘ildirak joylashgan bо‘lib, uning toretsida aylanma ariqcha bor (5.1-rasm). Unga qisqich 14 ning uchi kirib turadi. Chervyakli g‘ildirak 5 ekssentrik vtulka joylashgan chervyak 4 dan aylanadi (5.2-rasm). 5.1-rasm. Korpusning orqa tomoniga joylashgan sektorli dasta bilan vtulkani burib, chervyakni tishlashtirish yoki ajratish mumkin. Bо‘lish diski - limb 17 qopqoq 15 ga joylashgan sirpanish podshipniklariga о‘rnatilgan valga о‘tkazilgan. Bu valga konussimon va silindrsimon tishli g‘ildiraklar xam о‘rnatilgan (5.1-rasm). qopqoq. 15 korpus 10 ga markazlovchi kanavka yordamida qotirib, asosiga qо‘zg‘almas qilib maxkamlanadi. Limbga prujina yordamida qurilma chizg‘ichli sektor 16 qisilgan. Sektor ikkita chizg‘ich 22 va qisish vinti 18 dan iborat. Vint yordamida chizg‘ichlar zarur burchakka о‘rnatiladi. Prujina shayba sektorning burilib ketishiga yо‘l qо‘ymaydi (5.1-rasm). Dastgoxdan mexanik xarakat oladigan val 19 sirpanish podshipniklariga о‘rnatilgan va qopqoq 15 ga maxkamlangan vtulka 20 da joylashgan. Valning uchida konussimon tishli g‘ildirak bо‘lib, limb 17 ning valiga о‘tkazilgan konussimon tishli g‘ildirak bilan doimiy tishlashib turadi. Limb 17 zarur paytda qotirgich 6 bilan qattiqlab qо‘yiladi. Ketingi babka markazini gorizontal va vertikal yо‘nalishlarda siljitish mumkin. Asos 1 da korpus 2 joylashgan. U shtift orqali reyka bilan tutashgan. Tishli valning kallagini aylantirib, korpusni yukoriga surish va shtift о‘qiga nisbatan burish mumkin. Ketingi babka zarur paytda bolt va gaykalar yordamida dastgox stoliga maxkamlanadi (5.1-rasm, a). Vintga maxkamlangan dasta 5 aylantirilsa, pinol 3 yarimmarkaz 4 bilan birga suriladi. Ketingi babka asosining tayanch tekisligida pinol о‘qiga nisbatan tо‘g‘rilangan ikkita yо‘naltiruvchi suxar bor. Dastgox stoliga о‘rnatish vaqtida bо‘lish kallagi bilan ketingi babka markazlarining tо‘g‘ri kelishi ta’minlanadi. Uzun va ingichka yetarlicha bikirmas tayerlamalarga ishlov berishda lyunet qо‘shimcha tayanch vazifasini bajaradi (5.1-rasm, b). Lyunet korpus 3 ning ichiga joylashgan prizmasimon 5.2-rasm. kallakka ega. Kallakni gayka 2 yordamida yuqoriga va pastga suriladi. Prizmani kerakli balandlikda qotirgich vint 4 bilan maxkamlanadi. UBK-D-250 bо‘lish kallagini oddiy bо‘lishga sozlash UBK-D-250 dan foydalanishda uni oddiy bо‘lishga sozlash eng qulay va keng tarqalgandir. Uning kinematik sxemasi 5.2- rasmda kо‘rsatilgan. Oddiy bо‘lishda avval chervyak 4 chervyak g‘ildirak 5 bilai kallak korpusining orqa tomoniga joylashgan sektorli dasta yordamida tishlashtirilishi kerak. qotirgich 7 yordamida limb 6 qо‘zg‘almas qilib qо‘yiladi. Shu sababli val IV ga aylanma xarakat konussimon tishli g‘ildiraklar jufti 11 orqali uzatilmaydi. Aylanma xarakat shpindel 1 ga yurgizish plankasi 9 dagi dasta 10 dan silindrsimon tishli g‘ildiraklar jufti 13 orqali shpindel 1 ning о‘rta qismiga joylashgan chervyak 4 va chervyakli g‘ildirak 5 dan uzatiladi. Bunda bevosita bо‘lish diskining fiksatori 3 uzilgan bо‘lishi lozim. Download 433.68 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling