Metallarga sovuq ishlov berishda xavfsizlik texnikasi
Texnikalarni ta’mirlashda turli xil metall kesuvchi jihozlar va stanoklardan, jumladan, tokar, parmalash, frezerlash, charxlash va silliqlash stanoklaridan keng foydalaniladi.
Metallarga ishlov berish stanoklari bilan ishlash jarayonida sodir bo‘lgan jarohatlanishlarning tahlili, ular asosan xavfli me- xanizmlarda to‘siqlarning bo‘lmasligi,
nosoz jihozlardan va moslamalardan foydalanish, metallqirindilar hamda charxlash va silliqlash charx toshlarining abraziv zarralarini otilishi, belgilangan kesish rejimining
buzilishi, elektr tokidan foydalanish qoidalariga rioya etmaslik oqibatida kelib chiqishini ko‘rsatadi. Metallarga ishlov beruvchi barcha stanoklarda ishlashda birinchi navbatda
ishchi maxsus kiyim-bosh bilan ta’minlanishi kerak.
Do'stlaringiz bilan baham: |