Muvofiqlashtirish hududiy boshqarmasi olot tuman kasb hunar maktabi


Download 355.57 Kb.
bet98/103
Sana02.01.2022
Hajmi355.57 Kb.
#190337
1   ...   95   96   97   98   99   100   101   102   103
Bog'liq
melioratsiya mehnat muhofazasi to'plam

Baholash mezonlari:

t/r

Mazmuni

Baho

1.

Mavzu o`quvchi tomonidan mustaqil ravishda atroflicha to’liq yoritilsa

5

2.

Mavzu o`quvchi tomonidan mustaqil ravishda asosiy fikrlar atroflicha yoritilsa

4

3

Mavzu o`quvchi tomonidan mustaqil ravishda qisman yoritilsa

3

4

Mavzuning ba’zi elementlarini mustaqil ravishda qisman yoritilsa

2

5

Mavzuning yoritilishi yuqoridagi talablar darajasida bo`lmasa

1


(3-ilova)
Yong‘inning xavfli va zararli omillariga asosan quyidagilarni kiritishimiz

mumkin: ochiq alanga, atrof-muhitning va yong‘inda qolgan buyumlarning yuqori harorati, yonish vaqtida hosil bo‘ladigan turli xil zaharli gaz va bug‘lar, tutunlar,

kislorodning kam konsentratsiyada bo‘lishi, qurilish konstruksiyalari va materiallarining qulab tushayotgan qismlari, yong‘in vaqtida sodir bo‘ladigan portlash, portlashdagi to‘lqin zarbasi, portlash ta’sirida uchib ketgan materiallar hamda zararli moddalar va b.

Shunga bog‘liq holda оbyektning yong‘in xavfsizligi – yong‘inning oldini olish tizimi, yong‘inga qarshi himoya tizimi, yong‘inning tarqalishini oldini olish tizimi va tashkiliy-texnik tadbirlar orqali ta’minlanadi. Yong‘in xavfsizligi tizimiga qo‘yilgan talablar.Yong‘inning oldini olish tizimi – yong‘in sodir bo‘lish sha- roitlarini bartaraf etishga qaratilgan tashkiliy tadbirlar va texnik vositalar majmuidan iboratdir. Ushbu tadbirlar ishlab chiqarishda mumkin qadar ko‘proq yon- maydigan va qiyin yonadigan materiallarni ishlatish, texnologik jarayonlarni to‘liq mexanizatsiyalash va avtomatlashtirish, yong‘inga xavfli qurilmalar o‘rnatilgan xonalarni yonmaydigan materiallar bilan boshqalardan ajratish yoki ularni mumkin qadar tashqarida o‘rnatish, yonuvchi moddalar uchun germetik idishlar va jihozlardan foydalanish, bino havosi tarkibidagi yonuvchi gaz, bug‘ va changlar miqdorini ruxsat etilgan darajada saqlash, isitish jihozlaridan to‘g‘ri foydalanish va shu kabi boshqa tadbirlar orqali amalga oishiriladi. Yonuvchi muhitda yong‘inga olib keluvchi manbaning hosil bo‘lishini oldini olish esa ishlab chiqarishda yong‘in manbasini hosil qilmaydigan mashinalar, mexanizmlar va jihozlardan foydalanish, mashina va mexanizmlardan foydalanish qoidalari va rejimlariga to‘liq rioya etish, elektr statik zaryadlari va yashinga qarshi himoya vositalaridan foydalanish, materiallar va moddalarning issiqlik ta’sirida, kimiyoviy hamda mikrobiologik usulda o‘z-o‘zidan alangalanish sharoitlarini bartaraf etish, belgilangan yong‘inga qarshi tadbirlarni to‘liq amalga oshirish, bino chegarasini davriy ravishda tozalab turish kabi tadbirlar orqali amalga oshiriladi. Yong‘inga qarshi himoya tizimi – bu yong‘inning xavfli fak-torlarini insonga ta’sirini bartaraf etishga va yong‘in vaqtida material zararlar miqdorini cheklashga qaratilgan tashkiliy tadbirlar va texnik vositalar majmuidir. Barcha bino va inshootlar yong‘inga chidamliligi bo‘yicha 5 darajaga bo‘linadi:

I daraja yong‘inga chidamlilikdagi binolarga barcha kon- struksiyalari yonmaydigan, yuqori yong‘inga chidamlilik chegarasiga (0,5–2,5 soat) ega bo‘lgan binolar

kiradi.

II daraja yong‘inga chidamlilikdagi binolarga konstruktiv elementlari yonmaydigan, yuqori chidamlilik chegarasiga (0,25–2,0 soat) ega binolar kiradi.

III daraja yong‘inga chidamlilikdagi bino va inshootlar yon- maydigan va qiyin yonuvchi materiallardan tayyorlanadi.

IV daraja yong‘inga chidamlilikdagi binolarga barcha kon- struksiyalari qiyin yonuvchi materiallardan tashkil topgan binolar kiradi.

V darajadagi binolarga esa barcha konstruksiyalari yonuvchi materiallardan tashkil topgan binolar kiradi.

Suv o‘t o‘chirishda alohida yoki turli xil kimyoviy moddalar bilan aralashma holatida foydalaniladi. Suvning o‘t o‘chirish xususiyati yonuvchi moddani yonish haroratidan past haroratgacha sovutishga asoslangan. Suvning hajmi bug‘lanish davrida 1700 va undan oshiq martagacha ortadi hamda bug‘ yonish zonasidan kislorodni siqib chiqaradi.

Uglekislota (is gazi) va uglerod ikki oksidi rangsiz hamda havodan 1,5 marta og‘ir gaz. U yong‘in muhitida parda hosil qilib yong‘in zonasiga kislorod kirishini to‘xtatadi. Undan sig‘imlardagi yengil yonuvchi va yonuvchi suyuqliklar yong‘inini, elektr jihozlari yong‘inlarini va muzeylar, arxivlar kabi suvdan hamda ko‘pikdan foydalanish maqsadga muvofiq bo‘lmagan binolardagi yong‘inlarni o‘chirishda foydalaniladi.


Download 355.57 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   95   96   97   98   99   100   101   102   103




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling