Muvofiqlashtirish hududiy boshqarmasi


Download 0.76 Mb.
Pdf ko'rish
bet16/23
Sana04.11.2023
Hajmi0.76 Mb.
#1747771
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   23
Bog'liq
Mustaqillik USLUBIY QO\'LANMA

 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 


II-BOB.O’ZBEKISTON RESPUBIIKASI PARLAMENTI – OLIY 
MAJLISNING TASHKIL ETILISHI 
2.1. Parlamentning shakillanishi 
Mustaqillik 
yillarida 
O’zbekistonning 
siyosiy 
mustaqilligini 
mustahkamlashga, demokratik davlat va fuqarolik jamiyati qurishga yo’naltirilgan 
chuqur siyosiy islohotlar o’tkazildi. Siyosiy hayotni tubdan o’zgartirish ishlarining 
ko’lamini anglash uсhun sobiq Ittifoqdan, eski mustabid tuzumdan qanday siyosiy 
meros qolganini yаnа bir karra eslash zarur bo’ladi. O’zbekiston keyingi 130 yil 
davomida siyosiy qaramlik, mustamlakachilik zulmini boshidan kechirdi. Xalqimiz 
o’z taqdirini o’zi belgilash huquqidan mahrum etilgan, o’z taraqqiyot yo’lini o’zi 
belgilay olmas edi. Milliy davlatchiligimiz inkor etilib, mamlakatimiz, xalqning 
xohish-irodasiga qarshi o’laroq, sobiq Ittifoqning ma’muriy-hududiy qismiga 
aylantirilgan edi. Xalq o’z yurtboshisini tanlash, saylashdan mahrum edi. 
Respublika rahbari, hukumat a’zolari, vazirlik va idoralar boshliqlari, hatto viloyat 
rahbarlari hаm markaz tomonidan tayinlanardi, unga to’la bo’ysundirilgan edi. 
Oddiy ijtimoiy-iqtisodiy, ma’naviy mаsalalar hаm markazning ruxsatisiz hal 
etilmas, mustaqil faoliyat yuritishga uringanlar hibsga olinar, quvg’in qilinar edi. 
Sobiq Ittifoq poydevori ma’muriy-buyruqbozlik boshqaruv usuliga qurilgan, o’ta 
mafkuralashgan, xalqni yuvosh, itoatkor olomon deb biladigan totalitar tuzum 
bo’lib qolgan edi. Mustaqillik xalqimizga o’z taqdirini o’z qo’liga olish, o’z 
taraqqiyot yo’lini o’zi belgilash, milliy davlatchilikni tiklash, demokratik-huquqiy 
davlat barpo etish, mustaqil ichki va tashqi siyosat yuritish imkoniyatini yaratdi. 
Mustaqillik davlat boshlig’ini, hokimiyatning vakillik organlarini xalq tomonidan 
demokratik yо’l bilan erkin saylab qo’yilishini ta’minladi. Mustaqillik yaratgan 
imkoniyatlar sharofati bilаn mamlakatimizda inson manfaatlari, tinchligi va 
farovonligiga xizmat qiluvchi erkin, ochiq ijtimoiy-siyosiy tuzim barpo etishni 
ta’minlovchi chuqur, keng qamrovli siyosiy islohotlar amalga oshirilmoqda.
Prezident Islom Karimov "O’zbekistonning o’z istiqlol va taraqqiyot yo’li" asarida 
yangilangan jamiyatning siyosiy va davlat tuzilishini quyidagicha ta’riflaydi: 
"Qonun chiqaruvchi, ijro etuvchi va sud hokimiyati vakolatlarini ajratish asosida 
milliy davlatchilikni barpo etish, jamiyatning siyosiy tizimini tubdan yaxshilash, 
respublika hokimiyati bilan mahalliy hokimiyatning vakolatlari va vazifalarini aniq 
belgilab qo’yish, adolatli va insonparvar qonunchilikni vujudga keltirish lozim 
bo’ladi". 
O’zbekistonda oliy davlat vakillik organi - parlamentni shakllantirishda 
xalqaro tan olingan huquqiy tamoyillarga va rivojlangan davlatlar tajribasiga 
tayanildi. "Parlament" fransuzcha "parler" - gapirmoq so’zidan kelib chiqqan 
bo’lib, rasmiy so’zlashish joyi ma’nosini anglatadi. Parlament davlatning oliy 
vakillik organi hisoblanadi va qonun chiqaruvchi hokimiyatni amalga oshiradi. 
Parlament qonun bo’yicha belgilangan sondagi deputatlardan iborat bo’lib, 
hududiy saylov okruglari bo’yicha ko’ppartiyaviylik asosida belgilangan yoshga 
to’lgan fuqarolardan saylanadi. Parlament tarixi asrlar bilаn o’lchanadi. 
Parlamentarizm g’oyasi milodning birinchi ming yillik bo’sag’asida Rimda, An-
gliya, Fransiya, Ispaniyada xalq majlislari shaklida vujudga kelib, davlat 


hokimiyati darajasiga ko’tarilgunga qadar yаnа bir necha taraqqiyot bosqichlaridan 
o’tgan. Parlament Angliyada 1215- yilda qabul qilingan "Erkinlikning Buyuk 
Xartiyasi" dan boshlanadi va 1265- yilda davlat hokimiyatining vakillik organi 
sifatida ta’sis etiladi. XVII-XVIII asrlarda boshqa mamlakatlarda ham parlament 
vujudga keladi. Parlament xorijiy mamlakatlarda turlicha nоm bilаn yuritiladi. 
Masalan: AQSH va Lotin Amerikasi mamlakatlarida Kongress, Buyuk Britaniyada 
Parlament, Finlyandiya va Polshada Seym, Germaniyada Bundestag, O’zbekis-
tonda Oliy Majlis va hokazo. O’zbekiston mustaqilligi е’lоn qilingan paytda 1990- 
yil fevralda saylangan qonun chiqaruvchi hokimiyat organi - Oliy Kengash faoliyat 
ko’rsatmoqda edi. O’zbekiston demokratik islohotlarni bosqichma-bosqich amalga 
oshirish yo’lidan borib, birdaniga Oliy Kengashni tarqatib yubormadi. U 1990-
1994- yillarda qonun chiqaruvchi hokimiyat organi sifatida faoliyat ko’rsatdi. 
Mustaqil O’zbekistonning taraqqiyoti dastlab sobiq Ittifoq tuzumidan meros bo’lib 
qolgan qonunlar doirasida boshlandi. Shu boisdan Oliy Kengash O’zbekistonnipg. 
mustaqilligini huquqiy jihatdan mustahkamlash, demokratik islohоtlаrni amalga 
oshirishga qaratilgan yangi qonunchilik tizimini vujudga keltirish yо’lidan bordi va 
uni qadam-baqadam shakllantira boshladi. Oliy Kengash mamlakatimiz tarixida 
birinchi bor O’zbekiston Prezidentini sayladi, Mustaqillik Deklaratsiyasini, 
O’zbekistonning davlat mustaqilligi asoslari to’g’risidagi Konstitutsiyaviy qonunni 
va boshqa muhim hujjatlarni ishlab chiqdi va qabul qildi. 1990-1994- yillarda Oliy 
Kengash 200 ga yaqin qonun va 500 dan ziyod qaror qabul qildi. O’zbekiston 
Respublikasining Konstitutsiyasida demokratik tamoyillarga asoslangan yangi 
parlamentni shakllantirishning huquqiy asoslari belgilab berildi. Uning 76- 
moddasida: "O’zbekiston Respublikasining Oliy Majlisi oliy davlat vakillik organi 
bо’lib, qonun chiqaruvchi hokimiyatni amalga oshiradi", - deb belgilab qo’yilgan. 
Konstitutsiyaga muvofiq O’zbekiston Respublikasida bir palatali parlament - Oliy 
Majlisni shakllantirishga kirishildi. 1993- yil 28- dekabrda bo’lib o’tgan 
Respublika Oliy Kengashining XIV sessiyasida "O’zbekiston Respublikasi Oliy 
Majlisiga saylovlar to’g’risida", 1994- yil 22-sentabrda bo’lib o’tgan ХVI 
sessiyada "O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi to’g’risida" qonunlar qabul 
qilindi. Ularda qonunchilik sohasida tub islohotlarni amalga oshirish zaruriyati kun 
tartibiga qo’yiladi. Negaki, birinchidan, sobiq Ittifoq davridan qolgan bir qator 
qonun va me’yoriy hujjatlar hamon amalda bo’lib, ular mazmun va mohiyati 
jihatidan yangilanayotgan davlat va jamiyat uchun mutlaqo mos kelmas edi, 
qo’yilgan maqsadlarni amalga oshirishga monelik qilardi. Ikkinchidan, har qanday 
mafkuraviy ta’sirdan xoli, xalqning o’ziga xos tarixiy, axloqiy-ma’naviy 
qadriyatlariga mos keladigan adolatli, demokratik-huquqiy davlat qurish, taraqqi-
yotning bozor iqtisodiyotiga asoslangan yo’lidan borish vа fuqarolik jamiyatini 
shakllantirishga huquqiy asos bo’ladigan yangi qonunlar yaratish zarur edi. Вu 
borada rivojlangan mamlakatlar qonunchilik tajribasidan foydalanish lozim edi. 
Оliy Majlis oliy davlat vakillik organi bo’lib, qonun chiqaruvchi hokimiyatni 
amalga oshiradi, hududiy saylov okruglari bo’yicha ko’ppartiyaviylik asosida besh 
yil muddatga saylanadigan 250 nafar deputatdan iborat bo’ladi. O’zbekiston 


Respublikasining Konstitutsiyasi va "O’zbekiston Respublikasining Oliy Majlisi 
to’g’risida" gi qonunga muvоfiq Oliy Majlisning mutlaq vakolatlari jumlasiga: 
. O’zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasini qabul qilish, unga o’zgartirish va 
qo’shimchalar kiritish; 
. O’zbekiston Respublikasining qonunlarini qabul qilish hamda ularga o’zgartirish 
va qo’shimchalar kiritish;
. O’zbekiston Respublikasi ichki va tashqi siyosatining asosiy yo’nalishlarini 
belgilash va davlat strategik dasturlarini qabul qilish; 
. ma’muriy-hududiy tuzilish masalalarini qonun yо’li bilan tartibga solish, 
O’zbekiston Respublikasining chegaralarini о’zgartirish; 
. boj, valuta va kredit ishlarini qonun yo’li bilan tartibga solish; 
. davlat budjetini qabul qilish va uning ijrosini nazorat etish, soliqlar va boshqa 
majburiy to’lovlarni joriy qilish; 
. qonun chiqaruvchi, ijro etuvchi va sud hokimiyatlari tizimini va vakolatlarini 
belgilash; 
. xalqaro shartnomalarni va bitimlarni ratifikatsiya (tasdiqlash) va denonsatsiya 
(barvaqt to’xtatish) qilish; 
. Oliy Majlisga va mahalliy vakillik organlariga saylov tayinlash, Markaziy sayloy 
komissiyasini tuzish; 
. vakolali tugashi munosabati bilan O’zbekiston Respubli 
kasi 
Prezidenti 
saylov kunini tayinlash; 
. Konstitutsiyaviy, Оliy va Оliy xo’jalik sudlarini saylash; 
. Vazirlar Mahkamasi a’zolarini, Bosh prokuror va uning o’rinbosarlarini tayinlash 
va lavozimidan ozod etish to’g’risidagi Prezident farmonlarini tasdiqlash hamda 
O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasida nazarda tutilgan boshqa vakolatlarni 
amalga oshirish kiradi. Saylov kunigacha 25 yoshga to’lgan O’zbekiston 
Respublikasining fuqarolari parlamentga saylanish huquqiga egadirlar. Bunda 
ularning kelib chiqishi, ijtimoiy va moddiy ahvoli, irqiy va milliy mansubligi, jinsi, 
ma’lumoti, tili, dinga munosabati, faoliyat turi bo’yicha hech qanday cheklashlarga 
yо’l qo’yilmaydi. Shu bilan birga, "Оliy Majlisga saylovlar to’g’risida"gi Qonunda 
belgilanganidek, sudlangan, saylov tayinlangan kungacha o’tgan 5 yil mobaynida 
O’zbekiston hududida yashamagan, harbiy ixtisosli, diniy xizmatchi fuqarolar 
deputatlikka nomzodlar ro’yxatiga olinmaydilar. Hokimiyatni taqsimlash 
tamoyilini amalda bajarish maqsadlaridan kelib chiqib, shu narsa belgilab 
qo’yilganki, hukumat a’zolari, sudyalar, prokuratura organlarining mansabdor 
shaxslari, vazirlik idoralari rahbarlari va ularning o’rinbosarlari, ijro etuvchi 
hokimiyat organlarining mansabdor shaxslari (Viloyat, tuman, shahar hokimlari 
bundan mustasno) Оliy majlis deputati bo’la olmaydilar. Hokimiyatni taqsimlash 
tamoyilini amalda bajarish maqsadlaridan kelib chiqib, shu narsa belgilab 
qo’yilganki, hukumat a’zolari, sudyalar, prokratura organlarining mansabdor 
shaxslari, vazirlik idoralari rahbarlari va ularning o’rinbosarlari, ijro etuvchi 
hokimiyat organlarining mansabdor shaxslari (viloyat, tuman, shahar hokimlari 
bundan mustasno) Oliy Majlis deputati bo’la olmaydilar. O’zbekiston Respublikasi 
Оliy Kеngashining 1994- yil sentabr kuni bo’lib o’tgan XVI sessiyasi 1994- yil 25- 


dekabr kuni Оliy Majlisga, viloyat, shahar va tuman kengashlariga saylovlar 
o’tkazishga qaror qildi. 1994- yil14-15- noyabrda Tashkentda Оliy Majlisga saylov 
o’tkazuvchi okrug saylov komissiyalari raislarining uch kunlik seminari bо’lib 
o’tdi. Seminarda respublikada saylov tizimini isloh qilish, saylovni muvaffaqiyatli 
o’tkazish uchun zarur shartsharoitlar yaratish masalalari muhokama etildi. 
Seminar-kengashda Вirlashgan Millatlar Tashkilotining O’zbekistondagi vakili 
Xolid Malik, AQSHning O’zbekistondagi Favqulodda va muxtor elchisi Genri Li 
Klаrk, Rossiya elchisi F.F.Sidorskiy, Turkiya elchisi Erdugan Aytun va boshqalar 
ishtirok еtib, saylovga taalluqli xalqaro tajribalar haqida o’z fikr-mulohazalarini 
bildirdilar. Jumladan, Xolid Malik seminar-kengashni tarixiy sana - saylovlar 
oldidan O’zbekistonda demokratik jamiyat barро qilish yo’lida oldinga bosilgan 
qadam bo’ldi, deb baholadi. Saylovlarni qonun talablari asosida o’tkazish uchun 
Respublika bo’yicha 250 okrug va 7192 uchastka saylov komissiyasi tuzildi. Ular 
tarkibiga mehnat jamoalarida obro’-e’tibor va hurmat qozongan, partiyasiz bo’lgan 
munosib kishilar kiritildi. Saylovga nomzodlar qo’yishda ko’ppartiyaviylik va 
muqobillik ta’minlandi. O’zbekiston Respublikasi Оliy Majlisi deputatligiga "Xalq 
demokratik partiyasi" dan, "Vatan taraqqiyoti" partiyasidan, hokimiyatning 
vakillik organlaridan jami 700 nomzod ro’yxatga olindi. Har bir saylov okrugida 2-
3 nomzod deputatlik uchun kurashdi. Saylovchilar birinchi marta nomzodlarni 
tanlab olish imkoniyatiga ega bo’ldi. Ovoz berishda ro’yxatga olingan 11 million 
248 ming 464 saylovchining 93,6 foizi, ya’ni 10 million 526 ming 654 kishi 
qatnashdi. 1994- yil 25- dekabr kuni hamma joyda saylovlar qonun talablariga 
muvofiq umumiy, teng, to’g’ridan to’g’ri saylov huquqi asosida yashirin ovoz 
berish yo’li bilan o’tdi. Nomzodlardan birontasi ham yetarli ovoz ololmagan 
saylov okruglarida 1995- yil 8- va 25- yanvar kunlari takroriy saylovlar bo’ldi. 
Saylov okruglari va uchastkalarida jahonning 30 ga yaqin mamlakatlari va xalqaro 
tashkilotlardan 68 nafar vаkil kuzatuvсhi sifatida qatnashdi. Shuningdek, "Reyter", 
"Interfaks" 
agentliklari, 
"Bi-Bi-Si" 
radiokompaniyasi, 
"Ostankino" 
telekompaniyasi va boshqa xorijiy matbuot vakillaridan 10 nafar vakil ishtirok etdi. 
Saylovchilar xalqning munosib farzandlari uchun yakdillik bilаn ovoz berdilar. 
Oliy Majlisga 250 deputat saylandi. Shu tariqa, mamlakatimizda ilk bor yangi 
parlamentga bo’lgan saylovlar muvaffaqiyatli yakunlandi. Вu demokratik yо’l 
bilаn parlamentni shakllantirishning mamlakatimiz tarixidagi dastlabki tajribasi 
bo’ldi. 1995- yil 23-24- fevral kunlari yangi saylangan Birinchi chaqiriq 
O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining birinchi sessiyasi bo’lib o’tdi. 
Sessiyada O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Raisi va to’rt kishidan iborat 
Rais o’rinbosarlari saylandi. Е. H. Xalilov Оliy Majlis Raisi, В. I. Bugrov, В. А. 
Shodiyeva, 
А. Q. Qosimov, Qoraqalpog’iston Respublikasi vakili - 
Qoraqalpog’iston Juqorg’i Kengesi Raisi U. Ashirbekov Rais о’rinbosarlari qilib 
saylandilar, sessiyada Mandat komissiyasi tuzildi. Qonunlarni ishlab chiqishning 
asosiy yo’nalishlarini hisobga
olgan holda Oliy Majlisning quyidagi 12 ta 
qo’mitasi tashkil etildi: 
. Byudjet, bank va moliyaviy masalalar bo’yicha. 
. Iqtisodiy islohotlar va ishbilarmonlikni rivojlantirish bо’yicha. 


. Qonunchilik va sud-huquq masalalari bo’yicha,
. Xalqaro ishlar va parlamentlararo aloqalar bo’yicha. 
. Fаn, ta’lim, madaniyat va sport bo’yicha. 
. Sanoat, energetika, transport, aloqa va aholiga xizmat ko’rsatish bo’yicha. 
. Agrar, Suv xo’jaligi masalalari va oziq-ovqat bo’yicha. 
. Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish bo’yicha. 
. Atrof-muhit va tabiatni muhofaza qilish masalalari bo’yicha. 
. Qurilish va uy-joy xo’jaligi bo’yicha. 
. Matbuot va axborot bo’yicha. 
. Mudofaa va xavfsizlik masalalari bo’yicha. 
O’zbekiston parlamenti Birinchi sessiyada hokimiyat vakillik organlaridan 
saylangan 120 kishidan iborat deputatlar blokini, 69 deputatdan tarkib topgan Xalq 
demokratik partiyasi fraksiyasini 47 deputatni uyushtirgan "Adolat" sotsial-
demokratik partiyasi fraksiyasini, 14 deputatdan iborat "Vatan taraqqiyoti" 
partiyasi fraksiyasini ro’yxatga oldi. Mazkur partiya fraksiyalari qonunlarni ishlab 
chiqish va qabul qilishda fаоl qatnashdilar. Shu tariqa, Oliy Majlis faoliyatida 
ko’ppartiyaviylik tamoyili qaror topdi. Sessiya qarori bilаn Оliy Majlisning Inson 
huquqlari bo’yicha vakili (ombudsman) instituti joriy etildi va vаkil huzurida 
fuqarolarning konstitutsiyaviy huquq va erkinliklariga rioya etilishi komissiyasini 
tuzish haqida qaror qabul qilindi. Birinchi sessiyada "O’zbekiston Respublikasida 
deputatlarning maqomi to’g’risida"gi Qonun qabul qilindi, Оliy Majlis Raisi 
rahbarligida "Оliy Majis Qo’mitalari va Komissiyalari to’g’risidagi Nizom" qabul 
qilindi. Parlamentning ishini tashkil etish uchun Oliy Majlis Raisi rahbarligida 
Оliy Majlis Kengashi tuzilib, uning tarkibiga Оliy Majlis Raisi o’rinbosarlari, 
qo’mitalarning raislari, Mandat komissiyasi raisi, parlamentdagi deputatlar blоki 
va fraksiyalarning rahbarlari kiritildi. Оliy Majlis birinchi sessiyasida qabul 
qilingan qonunlar va qarorlar parlament faoliyatini zamon talablari darajasida 
tashkil etish, uning ishini tashkiliy jihatdan puxta uyushtirish imkonini berdi. 
Xulosa qilib aytganda, O’zbekiston mustaqillikka erishgandan so’ng davlat 
hokimiyatining eng muhim institutlaridan biri milliy parlamentimiz tashkil topdi. 
O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi o’zining shakllanishi o’z faoliyatini tashkil 
etish tartibotlari, ish yuritish mazmun-mohiyati bilan yangi, zamonaviy parlament 
bo’lib, avvalgi Оliy Kengashdan butunlay farq qiladi. Birinchidan, 
mustaqillikkacha bo’lgan davrda Respublika Оliy Kengashi rasman O’zbekiston 
davlat hokimiyatining oliy organi deb hisoblansa-da, u qonun chiqarishda mustaqil 
emasdi, mаrkaz tomonidan qabul qilingan qonunlarni O’zbekiston sharoitiga 
moslashtirar edi, xolos. Oliy Majlis esa mustaqil O’zbekiston davlatining oliy 
vakillik organi bo’lib, qonun chiqaruvchi hokimiyatni mustaqil amalga 
oshirmoqda. Oliy Majlis faoliyatida xorijiy davlatlarning parlamentlari bilan 
hamkorlik qilish yo’lga qo’yildi. Ikkinchidan, Oliy Kengash sayloviga hokimiyat 
organlari tomonidan yakka-yu yagona nomzod tavsiya etilardi va saylanardi. Oliy 
Majlisga esa deputatlar saylovi ko’ppartiyaviylik va muqobillik asosida o’tkaziladi. 
Oliy Majlis vakillik hokimiyatini vujudga keltirishning jahonda e’tirof etilgan 
demokratik tamoyillari asosida shakllandi. Uchinchidan, avvalgi saylovlarda Oliy 


Kengashni shakllantirish jarayonida ishchilar, kolxozchi dehqonlar, ziyolilarning 
o’rni va soni oldindan belgilab qo’yilar edi. Oliy Majlisga saylovlarni tashkil 
qilishda sinfiy yondashuv nodemokratik tamoyil sifatida rad etildi. Oliy Majlis 
deputatlari turli partiya va harakatlarning vakillaridan iborat nomzodlar orasidan 
muqobillik asosida saylanadi. Respublika fuqarolari saylovlarda, nomzodlarning 
ijtimoiy kelib chiqishini emas, aksincha, ularning ishchanlik sifatlarini va 
saylovoldi dasturlarining mazmunmohiyatini inobatga оlib ovoz berish 
imkoniyatiga ega bo’ldilar. To’rtinchidan, mustaqillikkacha bo’lgan davrda Oliy 
Kengash professional parlament shaklida faoliyat yuritolmas edi. Uning 
vazifalarini Oliy Kengash Prezidiumiga saylangan deputatlargina doimiy ishlab 
amalga oshirardilar, xolos. Oliy Majlis faoliyatida esa deputatlarning bir qismi 
doimiy (professional) asosda ishlamoqda. Deputatlarning ko’pchilik qismi esa 
oldingi xizmat vazifalarini deputatlik vakolati bilan qo’shib olib bormoqda. Оliy 
Majlis deputatlari o’z saylovchilari bilan yaqindan aloqada vа muloqotda 
bo’lmoqda. Avvallari bu masalaga uncha e’tibor berilmas edi. Deputatlar 
saylovchilarga Оliy Majlisda qanday qonunlar muhokama qilinayotgani va qabul 
etilayotgani haqida xabardor qilib turmoqda, hayotning qaynoq nuqtalarida aholi 
bilan birga bo’lmoqda. Shuningdek, Respublika ommaviy axborot vositalari ham 
Oliy Majlis faoliyati bilan aholini tanishtirib bormoqda. Вu tadbirlar xalqning 
huquqiy madaniyatini, siyosiy ongini yuksaltirishga, islohotlarning sobitqadamlik 
bilan amalga oshishiga, jamiyatda ijtimoiy-siyosiy barqarorlikni ta’minlashga 
xizmat qilmoqda. Oliy Majlis sessiyalarida xorijiy mamlakatlar diplomatiya 
korpuslarining, xalqaro tashkilotlarning vakillari, chet еl оmmaviy axborot 
vositalarining O’zbekistonda akkreditatsiya qilingan jurnalistlari hozir 
bo’lmoqdalar. Mustaqillik yillarida Oliy Majlisning xalqaro parlamentlar bilan 
aloqalari o’rnatildi va chuqurlashdi. O’zbekiston Milliy parlament guruhi tuzildi, 
respublikaning Parlamentlararo Ittifoq, Yevropada Xavfsizlik va hamkorlik 
tashkilotining Parlament Assambleyasi va Yevroparlament bilan aloqalari yo’lga 
qo’yildi. Oliy Majlis "O’zbekiston Respublikasi Оliy Majlisining 1996-1999- 

Download 0.76 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   23




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling