Muvofiqlashtirish hududiy boshqarmasi


yillarga mo’ljallangan faoliyat dasturi"


Download 0.76 Mb.
Pdf ko'rish
bet17/23
Sana04.11.2023
Hajmi0.76 Mb.
#1747771
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   23
Bog'liq
Mustaqillik USLUBIY QO\'LANMA

yillarga mo’ljallangan faoliyat dasturi" ni ishlab chiqdi va respublika parlamenti 
huzuridagi Amaldagi qonun hujjatlari monitoringi instituti tashkil etildi. Вu chora- 
tadbirlar Oliy Majlis faoliyatining barcha asosiy yo’nalishlarini qamrab olishga
qonunchilikni yangi pog’onaga ko’tarishga ko’maklashmoqda. O’zbekiston 
parlamentining birinchi sessiyasida ta’sis etilgan Inson huquqlari bo’yicha vakil 
(ombudsman) instituti xalqaro аmаliyotni o’rganish asosida ishlab chiqilgan va 
Oliy Majlis Rayosati tomonidan tasdiqlangan Nizom asosida faoliyat olib bordi. 
Oliy Маjlis vakili huzurida 1995- yilda tuzilgan Fuqarolarning konstitusiyaviy 
huquq va erkinliklariga rioya etilishi bo’yicha maxsus komissiyasi faoliyat 
yuritmoqda. Parlamentning sakkizinchi sessiyasida 1997- yil 24- aprelda qabul 
qilingan "Oliy Majlisning Inson huquqlari bo’yicha vakili (ombudsman) 
to’g’risida" gi qonun muhim hujjatlardan biri. U respublikada insonning shaxsiy 
huquq va erkinliklari, fuqarolarning ijtimoiy huquqlari himoya qilinishini huquqiy 
jihatdan ta’minlashga xizmat qilmoqda.


2.2. O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY MAJLISINING QONUN 
IJODKORLIGI 
O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 82- moddasida qonunchilik 
tashabbusi huquqiga ega bo’lgan subyektlar aniq belgilab qo’yilgan. O’zbekiston 
Respublikasi Oliy Majlisida qonunchilik tashabbusi huquqiga O’zbekiston 
Respublikasining Prezidenti, o’z davlat hokimiyatining oliy organi orqali 
Qoraqalpog’iston Respublikasi, Oliy Majlis deputatlari, Vazirlar Mahkamasi, 
O’zbekiston Respublikasining Konstitutsiyaviy sudi, Oliy Sudi, Oliy xo’jalik sudi 
va Bosh prokurori egadirlar. Oliy Majlis qonun loyihalari tayyorlash ishlarini olib 
borish, Oliy Majlisga taqdim etiladigan masalalarni dastlabki tarzda ko’rib chiqish 
va tayyorlash uchun deputatlar orasidan qo’mitalar va komissiyalar saylaydi. 
Parlamentning navbatdagi sessiyaga tayyorgarlik ko’rish vа uni o’tkazish bo’yicha 
qo’mita va komissiyalar rahbarlaridan iborat maxsus ishchi guruhi tuziladi. Oliy 
Majlis zarur bo’lgan hollarda doimiy hamda muvaqqat ishlovchi deputatlik, taftish 
vа boshqa kichik komissiyalar tuzadi va ularning tarkibiga olimlar, mutaxassislar 
jalb etiladi. Qonunlar loyihalarini ko’rib chiqish, tayyorlash jarayonida partiya 
fraksiyalari va deputatlar bloklari, Oliy Majlisning tegishli qo’mita va 
komissiyalarining butun tarkibi faol qatnashadilar. Parlament sessiyalariga 
tayyorgarlik ko’rish qanday borayotganligi ommayiy axborot vositalari orqali 
muntazam yoritib boriladi. Qonunlar loyihalarini Oliy Majlisda doimiy 
ishlamaydigan deputatlarga oldindan yuborish, ularning takliflari va fikr-mu-
lohazalarini olish tartibi joriy qilingan. Qonunlar loyihalarini nazariy va amaliy 
jihatdan mukammalroq, puxtaroq ishlab chiqish maqsadida ular haqida tegishli 
vazirliklar va idoralar, konsernlar, uyushmalar va mehnat jamoalarining xulosalari 
olinadi, 
xalqaro 
tashkilotlarning 
ekspertizasidan 
o’tkaziladi. 
Sessiya 
muhokamasiga kiritiladigan barcha qonun loyihalari bo’yicha bildirilgan takliflar, 
fikr-mulohazalar, ekspert xulosalarini Oliy Majlis Raisi va uning o’rinbosarlari 
huzurida tegishli qo’mitalar, kotibiyat, bo’limlar va partiya fraksiyalari rahbarlari, 
ishchi guruhlarining a’zolari va ekspertlar ishtirokida puxta va atroflicha 
muhokama etish yo’lga qo’yildi. Qonun loyihasini tayyorlashga bunday 
yondashuy, ularning puxta va sifatli bо’lishiga ijobiy ta’sir etmoqda. Sessiyalar 
ishida O’zbekiston Prezidentining bevosita ishtiroki, uning qonunlarni ishlab 
chiqish jarayonini yanada уахshilashga muttasil e’tibor berishi O’zbekiston 
parlamenti faoliyatining takomillashib borishida, qabul qilinayotgan qonunlarning 
samaraligini oshirishda muhim omil bo’lib xizmat qilmoqda. Birinchi chaqiriq 
O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi 1995-1999- yillarda 15 ta sessiya o’tkazdi. 
Sessiyalarda 10 ta kodeks, 2 ta milliy dastur, 145 qonun, 452 qaror qabul qilindi. 
Amaldagi qonunlarga jami 216 ta qo’shimcha va o’zgarishlar kiritildi. Shuningdek, 
Oliy Majlis 70 ta xalqaro shartnomani ratifikatsiya qildi (tasdiqladi), xalqaro 
konvensiyalarga qo’shilish to’g’risida 58 ta qaror qabul qildi. Birinchi chaqiriq 
O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining yakunlovchi XV sessiyasida Prezident 
Islom Karimov ma’ruza qilib, uning faoliyatiga yuksak baho berdi: "Еng muhimi, 
birinсhi chaqiriq asosida tashkil topgan parlamentimiz faoliyatining asosiy mezoni 
shundan iboratki, o’tgan davr mobaynida ko’ppartiyaviylik shakllangan, turli 


harakatlar, jamoat birlashmalari siyosat maydoniga chiqqan, turli ijtimoiy toifa va 
tabaqalar vujudga kela boshlagan murakkab bir sharoitda, Оliy Majlis 
hokimiyatning boshqa tarmoqlari bilan hamkorlikda jamiyatimizda siyosiy 
muvozanatni, tinchlik va barqarorlikni saqlab turishda ishonchli omil bo’ldi".
Birinchi chaqiriq respublika Oliy Маjlisining 1999- yil 19-20- avgust kunlari 
bo’lib o’tgan 15- sessiyasi ikkinchi chaqiriq O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi 
deputatlari saylovini 1999- yil 5- dekabr kuniga belgilash to’g’risida qaror qabul 
qildi. 1999- yil 5- dekabr kuni Ikkinchi chaqiriq Oliy Majlisga saylovlar bo’lib 
o’tdi. 1999- yil 5- dekabr kuni bo’lgan saylovlarda nomzodlardan birontasi ham 
yetarli ovoz ololmagan 66 ta saylov okrugida 19- dekabr kuni takroriy saylov 
tashkil etildi. Ikkinchi chaqiriq O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisiga saylovda 
7 ta subyekt - beshta siyosiy partiya, hokimiyat vakillik organi va saylovchilarning 
tashabbuskor guruhlaridan jami 1010 nafar nomzod qatnashdi. Saylovlar aholining 
fаоl ishtiroki va yuqori siyosiy ko’tarinkiligi bilan o’tdi, jami 250 nafar , vakil 
deputat etib saylandi. Nаtijаlаr O’zbekistondagi saylovlar xalqaro tan olingan 
demokratik saylov tizimi, uning huquqiy bazasiga mos ravishda, chinakamiga 
muqobillik asosida bо’lib o‘tganligidan dalolat beradi. Ikkinchi chaqiriq 
O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining 2000- yil 22- yanvar kuni bo’lib o’tgan 
birinchi sessiyasining birinchi majlisida hokimiyat vakillik orgаnlаndаn sаylаngаn 
111 kishidan iborat deputatlar bloki, Xalq-demokratik partiyasldan saylangan 48 
kishidan, "Fidokorlar" milliy-demokratik partiyasidan saylangan 34 kishidan, 
"Vatan taraqqiyoti" partiyasidan saylangan 20 kishidan, "Adolat sotsial-
demokratik" partiyasidan saylangan 11 kishidan va "Мilliy tiklanish" partiyasidan 
saylangan 10 kishidan iborat deputatlar fraksiyalari, saylovchilar tashabbuskor 
guruhlaridan saylangan, 16 kishidan iborat deputatlar bloki ro’yxatga olindi. Вu 
holat Oliy Majlis tarkibida faoliyat yuritadigan partiya fraksiyalari va bloklari 
sonining ilgarigiga nisbatan ancha ko’payganligini ko’rsatadi. Вu o’z navbatida 
Oliy Majlis foaliyatining yanada qizg’in o’tishi, xilma-xil fikrlar, qarashlar 
bildirilishi, qonunlarning yanada pishiq-puxta tayyorlanishi uchun imkoniyatlarni 
kengaytirdi. Mazkur sessiyada O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining quyidagi 
qo’mitalari va komissiyalari tashkil etildi:
. Budjet, bank va moliya masalalari qo’mitasi. 
. Qonunchilik va sud-huquq masalalari qo’mitasi. 
. Xalqaro ishlar va parlamentlararo aloqalar qo’mitasi. 
. Agrar, suv xo’jaligi masalalari va oziq-ovqat qo’mitasi. 
. Sanoat, qurilish, transport va aloqa masalalari qo’mitasi.
. Iqtisodiy islohotlar va tadbirkorlik masalalari qo’mitasi. 
. Ijtimoiy masalalar va bandlik qo’mitasi. 
. Fan, ta’lim, madaniyat va spbrt masalalari qo’mitasi. 
. Atrof-muhit va tabiatni muhofaza qilish masalalari qo’mitasi.
. Matbuot va axborot qo’mitasi. 
. Mudofaa va xavfsizlik masalalari qo’mitasi. 
. Demokratik institutlar, nodavlat tashkilotlar va fuqarolarning o’zini o’zi 
boshqarish organlari qo’mitasi. 


. Yoshlar ishlari komissiyasi (mazkur komissiya ikkinchi chaqiriq 
O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining 2000- yil 30-31- avgust kunlari 
bo’lgan uchinchi sessiyasi qarori bilan "Yoshlar ishlari qo’mitasi" shaklida qayta 
tuzildi).
. Reglament, odob va deputatlar faoliyatining ta’minoti komissyasi. 
. Oila va ayollar muammolari komissiyasi. 
. Normativ-huquqiy atamalar komissiyasi.
Ikkinchi chaqiriq O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi o’zining tarkibiy tuzilishi 
va unda faoliyat yuritayotgan partiya fraksiyalari va deputatlar uyushgan bloklar 
soni jihatidan birinchi chaqiriq Oliy Majlisga nisbatan anchagina yangilandi. 
Qabul qilinayotgan qonunlarning mazmun-mohiyati ham yanada mukamallashdi. 
Вu mamlakatimizda amalga oshirilayotgan demokratik islohotlarning tobora 
chuqurlashib borayotganligidan kelib chiqadigan tabiiy holdir. Ikkinchi chaqiriq 
Oliy Majlis qo’mitalari va komissiyalarining tarkibiy tuzilishi, uning faoliyatida 5 
ta partiya fraksiyalari vа 2 ta deputatlar blokining faol ishtiroki milliy parlamentni 
rivojlantirishda yangi bosqich bo’ldi. Prezident Islom Karimov tashabbusi bilаn 
mamlakatimiz aholisining yarmidan ziyodini tashkil etgan yoshlarning 
manfaatlari, intilishlari, muаmmоlarining yechimlarini topishiga yo’naltirilgan 
"Yoshlar ishlari komissiyasi"ning tuzilishi va keyinroq uning "Yoshlar ishlari 
qo’mitasi"ga aylantirilishi parlamentning bu dolzarb masalaga e’tiborini, 
mas’uliyatini oshirdi. Parlament tarkibida "Oila va аyоllаr muammolari 
komissiyasi"ning tuzilishi oilani mustahkamlash, xususan yosh oilalarni qo’llab-
quvvatlash, ijtimoiy-siyosiy, iqtisodiy mavqeyini ko’tarish bilan bog’liq bо’lgan 
muammolarning huquqiy yechimlarini topish va amalga oshirish imkoniyatlarini 
yanada kengaytirdi. Oliy Majlis tarkibida "Demokratik institutlar, nodavlat 
tashkilotlar va fuqarolarning o’zini o’zi boshqarish organlari qo’mitasi" ning 
tuzilishi va yangi qonunlar ishlab chiqishdagi faoliyati ijtimoiy-siyosiy hayotni 
erkinlashtirish jarayonini tezlashtirishga xizmat qilmoqda. O’zbekiston mustaqil 
taraqqiyoti dаvridа respublika bir palatali раrlаmenti yangi Jamiyat qurishning 
ishonchli huquqiy asoslarini yaratuvchi 446 ta dan ortiq qonun, 10 ta kodeks, 2 ta 
milliy dastur va mingdan ortiq qarorlar qabul qildi. Yuqorida qayd etilgan 
raqamlardan ko’rinib turibdiki, respublika parlamenti bir palatali bo’lsa-da, qonun 
chiqarish jarayoni ancha jadallik bilan bordi. Birinchi galda hayotning o’zi talab 
qilayotgan eng kerakli qonunlar ishlab chiqildi va qabul qilindi. Natijada, 
mustaqillik munosabati bilаn dastlabki paytda vujudga kelgan huquqiy vakuum 
tezroq to’ldirildi. Respublika parlamenti jamiyatimizda siyosiy muvozanatni
tinchlik va bаrqаrorlikni saqlab turishda ishonchli omil sifatida faoliyat yuritdi. 
Qabul qilingan qonunlar turkumini ularning mazmuniga ko’ra besh yo’nalishga 
bo’lish mumkin. Birinchi yo’nalishga - O’zbekistonning davlat mustaqilligini 
mustahkamlash, demokratik huquqiy davlat asoslarini yaratish, davlat boshqaruv 
tizimini yangilashga doir qonunlar kiradi.
. "O’zbekiston Respublikasining davlat mustaqilligi asoslari to’g’risida" Qonun, 
1991- yil 31- avgust. 1991- yil 30- sentabrda ushbu qonunga konstitutsiyaviy 
maqom berish to’g’risida qonun qabul qilingan.


. "O’zbekiston Respublikasining davlat bayrog’i to’g’risida" Qonun, 1991- yil 18- 
noyabr. 
. "O’zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovi to’g’risida" Qonun, 1991- yil 18- 
noyabr. 
. "O’zbekiston Respublikasi davlat gerbi to’g’risida" Qonun, 1992- yil 2- iyul. 
. "Umumiy hаrbiy majburiyat va hаrbiy xizmat to’g’risida" vа "Muqobil xizmat 
to’g’risida" Qonunlar, 1992- yil 3- iyul. 
. "O’zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi", 1992- yil 8- dekabr. 
. "O’zbekiston Respublikasining Davlat madhiyasi to’g’risida" Qonun, 1992- yil 
10- dekabr. 
. "O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi to’g’risida" Qonun, 1993- yil 6- 
mаy. 
. "Davlat sirlarini saqlash to’g’risida" Qonun, 1993- yil 7- mаy. 
. "O’zbekiston Respublikasining Konstitutsiyaviy Sudi to’g’risida" Qonun, 1993- 
yil 2- sentabr. 
. "Fuqarolarning o’zini o’zi boshqarish to’g’risida" Qonun, 1993- yil 2- sentabr.
. “O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisiga saylov to’g’risida” Qonun, 1993- yil 
28- dekabr. 
. “Xalq deputatlarining viloyat, tuman, shahar Kengashlariga saylovlar to’g’risida” 
Qonun, 1994- yil 15- may. 
. “Milliy Xavfsizlik to’g’risida” Qonun, 1996- yil 24- aprel. 1997- yil avgust. 
. “O’zbekiston Respublikasi Davlat chegarasi to’g’risida” Qonun, 1999- yil 20- 
avgust. 
"Terrorizmga qarshi kurash to’g’risida" Qonun, 2000- yil 15- dekabr.

Download 0.76 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   23




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling